3.8. Bank kreditlari va qarzga olingan mablag’larni hisobga olish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank krediti korxonalarning qarzga oladigan
mablag’larining muhim manbai bo’lib hisoblanadi. Bozor munosabatlarini tartibga
soluvchi qonunlar ta’sirida ko’p tarmoqli davlat va tijorat banklari shakllanib, ular
korxonalarning tashkiliy - huquqiy shakllaridan qat’iy nazar hisob - kitob, kassa
muomalalarini amalga oshirish bo’yicha xizmat qiladi.
Korxonalarning banklar bilan olib boriladigan kredit - hisoblashish
munosabatlari ixtiyoriy asosda bo’lib, ikkila tomonlarning manfaatdorligi asosida
tuziladi. Kreditlar xo’jalik hisobida turgan, mustaqil balansi va o’z aylanma
mablag’lariga ega bo’lgan korxonalarga, odatda, yiriklashtirilgan kredit obyektlari
uchun beriladi.
Hisob - kitob munosabatlari tamoyillari va talablarini inobatga olgan holda
obyektlar uchun kredit berishdan subyektga, aniq yuridik va jismoniy shaxsga
yoki iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar majmuini kreditlashga o’tish amalga
oshirilmoqda.
Banklar amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan va tomonlar bilan
kelishilgan holda kreditni qaytarib berish, muddatlilik, to’lovlik va
126
ta’minlanganlik tamoyillariga qat’iy amal qilib beradi. Banklar faoliyatining
huquqiy asosini qonuniy va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi.
16
Kredit berish va uni qaytarish bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar bank
qoidalari va bank bilan kredit oluvchi korxonalar o’rtasida tuzilgan shartnomalar
asosida tartibga solinadi. Тuzilgan kredit shartnomalarda quyidagilar kelishib
olinadi: kredit berish obyekti va kreditning muddati, kredit berish sharti, uni berish
va qaytarish tartibi, majburiyatlarni ta’minlash sharti, foiz stavkalari, ularni to’lash
tartibi, kredit berish va qaytarish bo’yicha tomonlarning majburiyatlari, huquqlari
va mas’uliyati, hujjatlar ro’yxati va ularni topshirish muddatlari va boshqa
shartlar.
Kredit olishda korxonalar bankka asoslangan ariza va unga quyidagi
hujjatlarni ilova qilib kreditni qaytarilishini ta’minlanishini tasdiqlovchi ta’sis va
boshqa hujjatlar topshiradi.
Shartnoma tuzilmasdan bank korxonaning to’lash qobilyatini sinchiklab
tekshiradi. Buning uchun bank korxonadan olgan hujjatlardan va hisobotlardan
foydalanadi, kerak bo’lsa joylarda oldindan tekshiruv o’tkaziladi. Agar bu
hujjatlarning barchasi talabga javob bersa, bank xodimlari korxonaga kredit
berishga qaror qiladi. Keyinchalik, xo’jalik yurituvchi subyekt kredit olgandan
so’ng kreditni to’liq qaytargunga qadar kredit shartnomasida ko’rsatilgan tartib va
muddatlarda bankka buxgalteriya hisoboti va korxonaning xo’jalik - moliyaviy
faoliyati ustidan nazorat qilish uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlarni topshirib
turadi.
Muddatiga qarab bank kreditlari qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi.
Kreditning muddatliligi uning qaytarish muddati bilan belgilanadi. Chunonchi,
qisqa muddatli kredit bir yildan kam muddatga beriladi, masalan, yuklangan
16
Ўзбекистон Республикасининг «Банклар ва банклар фаолияти тўғрисида» 1996 йил 25 апрел, Ўзбекистон
Республикаси Қонуни «Марказий банк тўғрисида» ги қонунлари 2005й 25 декабрь.
127
tovarlar uchun beriladigan kredit muddati haqiqiy tovaraylanish muddatiga teng,
lekin 30 kundan oshmasligi kerak.
Uzoq muddatli kreditlar bir yildan ortiq muddatga, odatda, yangi texnikani
tadbiq etishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, uning qaytadan tiklanishiga,
qimmat asbob - uskunalarni sotib olishga va boshqa maqsadli dasturlarni amalga
oshirishga olinadi.
Bank kreditlarini olish bilan bog’liq bo’lgan muomalalar hisobi 6810 «Qisqa
muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida
aks ettiriladi. Bu schyotlar passiv bo’lib, ularning qoldiqlari hisobot davri boshiga
qaytarilmagan qarzlar summasini ko’rsatadi, debet oboroti - kreditni qaytarilishini,
kredit oboroti esa olingan kredit summasini aks ettiradi.
Kreditlar olinganda 6810 va 7810 schyotlar kreditlanib quyidagi schyotlar
debetlanadi: 5010, 5110, 5210, 5510, 6010 schyotlar.
6810 va 7810- schyotlarning debetida kreditlarni qisman yoki to’liq
qaytarilishi aks ettirilib 5110, 5210 va 5510- schyotlar bilan korrespondentlanadi.
Хarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan qisqa muddatli va uzoq
muddatli kreditdan foydalanganligi uchun to’lanadigan foiz summasi moliyaviy
faoliyat bo’yicha xarajatga o’tkaziladi. Demak kreditdan foydalanganligi uchun
hisoblangan foiz summasiga 9610 «Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar» schyoti
debetlanib, 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti kreditlanadi. Foiz summasi bank
muassasalariga o’tkazib berilganda 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti
debetlanib, 5110 «Hisob - kitob» schyoti kreditlanadi.
Bank kreditlarining analitik hisobi kredit turlari va kredit bergan banklar va
alohida muddatida qaytarilmagan kreditlar bo’yicha yuritiladi. Bank kreditlarining
hisobi 4- jurnal - orderda olib boriladi.
Hozirgi vaqtda ishchi va xizmatchilarga yakka uy - joy qurish, dalabog’
uylarini qurish, ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha savdo
128
tashkilotlari bilan hisob - kitob qilish uchun banklardan kredit olish keng
rivojlanmoqda.
Yuqorida aytib o’tilgan kreditlar ham qaytarish muddatiga qarab 6810 «Qisqa
muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida
hisobga olinadi. Bu muomalalar bo’yicha xodimlar bilan olib boriladigan hisob -
kitoblar 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi» va 4720
«Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi» schyotlarida yuritiladi. Bu
schyotlar aktiv bo’lib, debetida xodimlarga berilgan qarzlar, kreditida ushbu
qarzlarning qaytarilishi aks ettiriladi. Bu muomalalar quyidagi yozuvlar bilan
rasmiylashtiriladi:
Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha topshiriq - majburiyatni to’lash uchun
bankdan kredit olindi, D-t 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning
qarzi», K-t 6810 yoki 7810 schyoti.
Ishchi va xizmatchilar kreditga olingan tovarlar bo’yicha o’z qarzlarini
qaytarganda, D-t 5010 yoki 6710, K-t 4710 schyoti.
Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha banklardan olingan qarz qaytarilganda, D-t
6810 yoki 7810, K-t 5110 «Hisob - kitob schyoti» schyoti.
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi, dalabog’ qurilishi uchun banklardan
kredit olinganda, D-t 5010 yoki 5110, K-t 6810 yoki 7810 schyoti.
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi va dalabog’ uylarini qurish uchun
kredit berilganda, D-t 4720 «Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi», K-t
5010 «Milliy valutadagi pul mablag’lari» yoki 5110 «Hisob-kitob schyoti»
schyotlari. Ushbu qarzlar qaytarilganda, D-t 5010 yoki 6710, K-t 4720 schyot.
Bankdan olingan qarz to’langanda, D-t 6810 yoki 7810, K-t 5110 schyot.
Yuqorida aytib o’tilgan kreditlardan tashqari, ishchi va xizmatchilar ga
foizsiz kreditlar ham berilishi mumkin. Bu kreditlar qurilish, kapital ta’mirlash,
uy-joylarini kengaytirish uy-ro’zg’orlari bilan ta’minlanish uchun korxonaning
bo’sh mablag’lari hisobidan beriladi. Bunday kreditlar berilganda quyidagicha
129
buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi: D-t 4790 «Хodimlarning boshqa qarzi», K-
t
5010
yoki
5110
schyot.
Ushbu
kreditlar
qaytarilganda
aksincha
rasmiylashtiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar boshqa korxona va tashkilotlardan
kredit (qarz) olishi mumkin. Qaytarish muddatiga qarab bu kreditlar qisqa
muddatli (bir yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga)
bo’lishi mumkin. Korxonaning qarz beruvchilar bilan bo’ladigan hisob-kitob
muomalalari 6820 «Qisqa muddatli qarzlar» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar»
schyotlarida hisobga olinadi.
Bu schyotlar passiv bo’lib, mamlakat ichidagi va xorijdagi qarz
beruvchilardan davlat va xorijiy valutalarda olingan kreditlar va boshqa jalb
qilingan mablag’lar bo’yicha hisob-kitoblar holati to’g’risidagi axborotni
umumlashtirish uchun tayinlangan.
Bunday qarzlar olingan vaqtda 5110, 5210 - schyotlar debetlanib 6820 va
7820 schyotlari kreditlanadi. Bunday qarzlar qaytarilganda aksincha provodkalar
beriladi. Korxona tomonidan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar,
xususan aksiyalar, obligatsiyalar chiqarib sotish yo’li bilan chetdan mablag’lar jalb
qilish, shuningdek berilgan veksellar bo’yicha qarzlar bilan bog’liq bo’lgan
muomalalar 6830 «Тo’lanadigan obligatsiyalar», 6840«Тo’lanadigan veksellar»,
7830 «Тo’lanadigan obligatsiyalar» va 7840 «Тo’lanadigan veksellar»
schyotlarida hisobga olinadi.
Bu schyotlar passiv bo’lib qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar chiqarib sotilsa
yoki veksellar berilsa, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib
6830 yoki 6840- schyotlar kreditlanadi. Qimmatli qog’ozlar sotib olinsa yoki
berilgan veksellar summasi to’lansa, aksincha o’tkazmalar amalga oshiriladi. Uzoq
muddatli qimmatli qog’ozlarning sotilishi yoki veksellarning berilishi va ularning
sotib olinishi yoki veksellar summasining to’lanishi 7830 va 7840- schyotlarini
qo’llagan holda shunday rasmiylashtiriladi.
130
Qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar summasiga
9610 «Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar» schyoti debetlanib, 6920 «Hisoblangan
foizlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu foizlar to’lansa 6920- schyoti debetlanib
5010, 5110- schyotlari kreditlanadi.
Yuqorida keltirilgan schyotlarning analitik hisobi olingan qarzlarning
shakllari, qarz beruvchilar va kreditni qaytarish muddatlari bo’yicha yuritiladi.
Qisqa muddatli qarzlar ko’pincha qarz majburiyatlari bo’yicha olingan tijorat
kredit xarakteriga ega.
Dostları ilə paylaş: |