167
aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan almashtirish opera iiyasi natijasida uning
qiymati aniqlanadi. Shu bilan birga, agar aktiv xo’jalik subyektining o’z kuchi
bilan vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli baholash tashqi taraflar bilan
materiallar, ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani barpo etish jarayonidagi
boshqa sarflar asosida amalga oshirilishi mumkin.
5-BHMSning 4-bandida quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy
akgivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan:
a) bir yildan ko’proq xizmat muddati;
b) O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik
baravari miqdoridan ko’proq qiymatlagi predmetlar, bir donasi uchun.
Korxona rahbari hisobot yilida asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi
uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilash huquqiga ega.
Asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam
miqdorini belgilashda xo’jalik subyekti rahbari sohaning xususiyatlariga, korxona
ko’lami hamda korxonaning xo’jalik operatsiyalari xususiyatiga asoslanishi
mumkin.
Shu 5-BHMSda xizmat muldash va qiymatidan qat’iy nazar quyidagilar
asosiy vositalar tarkibiga kiritilmasligi belgilab qo’yilgan: a) maxsus asbob va
qurilmalar; b) maxsus va sanitar kiyim, maxsus poyabzal; va yotar joy buyumlari;
I) kanselariya buyumlari; d) oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona sochiq-
dasturxonlari;) qurilish bo’yicha sarflar qurishmontaj ishlari qiymatiga
kiritiladigan vaqtinchalik moslama va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir
yildan kam bo’lgan almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari.
Dostları ilə paylaş: