4.2. Materiallarning harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik
hisobini tashkil etish
148
Materiallar harakatini hisobi materiallarni hisobi bo’yicha asosiy nizom
talablariga javob beradigan va axborotlarni avtomatlashtirishga moslashgan
tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni
va ularning hujjat aylanishi korxonaning xarakteriga, ishlab chiqarishni tashkil
etish xususiyatlariga, moddiy – texnik ta’minotiga va hisobni tashkil etish tizimiga
qarab belgilanadi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni minimal bo’lib,
EҲMdan foydalanilsa bir nusxa, hisob qo’lda yuritilsa – ikki nusxadan oshmasligi
kerak.
Odatda materiallarni omborga ekspeditor olib keladi va unga korxona rahbari
va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan, muhrlangan (M-2-shakl va M-2a-
shakl) ishonchnoma yozib beriladi hamda (M-2b-shakl) maxsus daftarga qayd
qilinadi. Materiallarni o’z vaqtida kelib tushishi ustidan nazoratni marketing
bo’limi olib boradi. Marketing bo’limi mol yuboruvchilar tomonidan shartnoma
majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilib boradi, materiallarning sifati va
kamomadi bo’yicha da’volarni rasmiylashtiradi, agar yuklar o’z vaqtida kelib
tushmasa ularni qidirib topadi.
Тransport tashkilotlaridan yuklarni qabul qilib olishda ekspeditor idishlar,
plombalar holatiga alohida etibor berishi kerak. Agar ular shikastlangan bo’lsa,
yuklarni tekshirish va topshirishni talab qiladi. Basharti kamomad yoki
nobudgarchilik aniqlansa, transport tashkilotiga yoki mol yuboruvchiga da’vo
qilish uchun tijorat dalolatnomasi tuziladi.
Ekspeditor tomonidan materiallar omborga topshirilishda moddiy javobgar
shaxs kelib tushgan materiallarning soni, sifati va assortimentini mol
yuboruvchining
hujjatlarini solishtirib ko’radi. Haqiqiy kelib tushgan
materiallarning miqdori mol yuboruvchilarning hujjatlarida ko’rsatilganiga to’liq
mos kelsa, moddiy javobgar shaxs tomonidan kirim orderi (M-4 shaklidagi kirim
orderi) yoziladi.
149
Dastlabki hujjatlar miqdorini kamaytirish maqsadida kelib tushgan
materiallarni kirimga olishda kirim orderi yozilmasdan, mol yuboruvchining
hujjatlariga (nakladnoylariga) kirim orderining asosiy rekvizitlari ko’rsatilgan
mahsus shtampa qo’yib, uni to’ldiradi.
Agar materiallar mol yuboruvchining omboridan avtotransport bilan
markazlashgan holda olib kelinsa, to’rt nusxada tovar-transport nakladnoyi (M-5 -
shakl va M-6- shakl) tuziladi: mol xarid qiluvchiga – kirim orderini o’rniga
materiallarni kirimga olish uchun; mol yuboruvchiga – material qiymatliklarini
hisobdan chiqarish uchun; avtotransport xaydovchilariga ish haqi hisoblash uchun;
bankka topshirish uchun.
Тo’lov hujjatlarisiz kelib tushgan materiallarni mol yuboruvchining hujjatlari
bilan solishtirgan vaqtda aniqlangan (son, sifat) tafovutlarni rasmiylashtirishda
materiallarni qabul qilish to’g’risida dalolatnoma (M-7-shakl) tuziladi.
Dalolatnoma qabul komissiyasi tomonidan tuzilib, unda quyidagilar qatnashishi
shart: mol yuboruvchining vakili yoki betaraf tashkilotning vakili, ombor mudiri
va korxonaning ta’minot bo’limi vakili. Komissiyani korxona rahbari tayinlaydi.
Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: birinchisi – kam yoki ortiqcha chiqqan
materiallar summasini schyotlarda aks ettirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi;
ikkinchisi – da’vo rasmiylashtirish, ortiqcha chiqqan materiallar bo’yicha
qo’shimcha to’lov talabnomasi yuborish to’g’risida mol yuboruvchilarga xabar
berish uchun marketing bo’limiga topshiriladi. Dalolatnoma tuzilgan bo’lsa kirim
orderini tuzish shart emas. Kirim orderlari materiallar kelib tushgan kuni tuziladi.
Ombordan omborga materiallarni topshirishda yoki foydalanilmay qolgan
materiallarni yoki ishlab chiqarishning qimmatli chiqindilarini, yaroqsiz mahsulot
chiqindilarini, asosiy vositalar, inventar va xo’jalik jihozlarini tugatishdan olingan
material qiymatliklarini sexlar tomonidan omborga topshirishda nakladnoy-
talabnomalar (M-11-shakl) tuziladi. Materiallarni topshiruvchi moddiy javobgar
shaxslar nakladnoylarni ikki nusxada tuzadi: bittasi - materiallarni hisobdan
150
chiqarish uchun sexga beriladi, ikkinchisi – materiallarni qabul qilib olish uchun
omborchiga beriladi.
Materiallarni ishlab chiqarishga jo’natish, xo’jalik extiyojiga ishlatish,
xo’jalik faoliyatida ishlatilmaydigan ortiqcha materiallarni chetga sotish
muomalalari limit-zabor kartalar, to’lov nakladnoylari bilan rasmiylashtiriladi.
Limit-zabor kartasi (M-8-shakl va M-9-shakl) marketing bo’limi tomonidan
ma’lum bir ishlab chiqarish xarajatlari kodi (buyurtmasi)ga o’tkaziladigan bir yoki
bir necha materiallar turlari bo’yicha yoziladi. Sex tomonidan ishlab chiqarish
dasturini bajarish uchun zarur bo’ladigan materiallarning hajmi va turlari
korxonaning reja-ishlab chiqarish bo’limi tomonidan hisoblab chiqiladi.
Materiallarni sarflash va jo’natish limiti materiallarning mazkur turi bo’yicha sex
omborida oy boshiga qolgan qoldiq miqdoriga kamaytiriladi.
Limit - zabor karta ikki nusxada yozilib, bittasi sexga, ikkinchisi omborga
beriladi. Materiallarni ombordan jo’natishda omborchi sexning limit-zabor
kartasiga, material oluvchi ombordagi limit-zabor kartaga imzo qo’yadi. Ikkala
limit-zabor kartasida har gal materiallar olingandan so’ng foydalanilmagan limit
summasi chiqarib qo’yiladi. Limitdan foydalanilganda oy oxirida limit-zabor
kartalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Ularga asosan materiallarni ishlab
chiqarishga sarflash hisobi rasmiylashtiriladi va belgilangan limitga rioya qilish
ustidan nazorat qilinadi.
Limit - zabor kartasiga binoan ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallar
hisobi ham yuritiladi. Bunda hech qanday qo’shimcha hujjat tuzilmaydi. Limit -
zabor kartalar sonini kamaytirish maqsadida oylik qirqib olinadigan talonlari
bo’lgan choraklik limit-zabor kartalaridan ham foydalanish mumkin. Agar limit-
zabor kartalar materiallar doim uzluksiz jo’natiladigan hollarda foydalanilsa,
xo’jalik va boshqa extiyojlari uchun bir yo’la materiallar jo’natilganda M-10
shakldagi akt-talabnoma qo’llaniladi. Akt-talabnoma materiallarni iste’mol
qiluvchi bo’limlar tomonidan ikki nusxada yozilib, bittasi omborchining imzosi
151
qo’yilib, material oluvchida qoladi, ikkinchisi mol oluvchining imzosi qo’yilib
omborchida qoladi.
Ishlab chiqarishga barcha limitdan ortiqcha jo’natiladigan materiallar uchun
yoki materiallarni almashtirish uchun sababini va ortiqcha sarf aybdorlari kodini
ko’rsatib maxsus talabnoma yoziladi. Bunday hollarda materiallar ombordan
korxona direktori, bosh muhandisi, yoki ular tomonidan tayinlangan shaxslarning
ruxsati bilan jo’natiladi.
Materiallar chetga yoki korxona hududidan tashqarida joylashgan o’zining
xo’jaliklari uchun jo’natilganda nakladnoylar (M-11-shakl) qo’llaniladi. Ular
ta’minot bo’limi tomonidan naryadlar va shartnomalarga asosan uch nusxada
yoziladi. Materiallar chetga avtotransportda jo’natilsa, tovar – transport
nakladnoyi yoziladi.
Materiallarning tayinlanishi va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishini
turkumlash korxona buxgalteriyasi tomonidan ularning sintetik hisobini to’gri
tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har bir guruhi
tegishli schyotlarda hisobga olinadi. Bu 1000- «Materiallar» sintetik schyot
bo’yicha ochilgan ikkinchi tartibli schyotlarda ularning analitik hisob ma’lumotlari
bo’yicha to’liq ma’lumotlar hisobga olinadi.
«Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar» - 002, «Qayta
ishlovga qabul qilingan materiallar» esa – 003 balansdan tashqari schyotlarda
hisobga olinadi.
Material
qiymatliklar
pul
o’lchovida
hisobga
olinib,
19-sonli BHMSga muvofiq saqlash joylari bo’yicha davriy inventarizatsiya
o’tkaziladi. Materiallarning qoldig’i va kirimi schyotning debetida haqiqiy tannarx
summasida, sarflanishi – FIFO va AVEKO usullarida haqiqiy tannarx summasida
aks ettiriladi. Material qiymatliklar hisobdor shaxslardan, o’zining ehtiyoji uchun
yordamchi ishlab chiqarishlardan tushishi mumkin. Bundan tashqari, sexlar
tomonidan tejalgan xomashyo, materiallar, ishlab chiqarish chiqindilari, yaroqsiz
152
mahsulotdan, asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan olingan materiallar
omborga qabul qilinadi.
Materiallarni sarflanishi bo’yicha tuzilgan barcha dastlabki hujjatlar sintetik
schyotlar, foydalanish joylari va xarajatlarni yo’nalishlari bo’yicha guruhlanadi.
Materiallar harakatining hisobi oy davomida yagona hisob bahosida yuritiladi, oy
tugagach foizi va transport-tayyorlov xarajatlari yoki farqi hisoblab chiqilgandan
so’ng haqiqiy tannarxda hisobga olinadi. Shunday qilib, qabul qilingan
materiallarning haqiqiy tannarxini tashkil etuvchi ma’lumotlar buxgalteriya
hisobining turli jurnal-orderlarida (1, 3, 6, 7, 10/1, 13) aks ettiriladi, Bosh daftarda
esa jamlanadi. Foydalanilgan va chetga jo’natilgan materiallarning haqiqiy
tannarxi 10 va 10/1 jurnal-orderlarida va Bosh daftarda aks ettiriladi.
Materiallar harakati hisobini boshqa variantini qo’llasa ham bo’ladi. Bunda
materiallarni sotib olish va tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar 1510
- «Materiallar tayyorlash va sotib olish» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning
debetida materiallarni sotib olish qiymati, tayyorlash va materiallarni korxonaga
yetkazib kelish xarajatlari D-t 1510, K-t 2310, 6010, 4200, 4800 schyotlarda
hisobga olinadi.. Haqiqiy qabul qilingan materiallarning hisob qiymatiga D-t 1000
schyotning tegishli schyoti, K-t 1510 schyot. Bunda sotib olingan va tayyorlangan
materiallarning haqiqiy tannarxi bilan qabul qilingan materiallarning hisob bahosi
(reja, shartnoma tannarxi, o’rtacha sotib olish qiymati va b.) orasidagi farqi 1610 -
«Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida hisobga olinadi. 1610 - schyotning
debetida yig’ilgan farqlar summasi belgilangan tartibda ishlab chiqarish
schyotlarining debetiga hisob bahosida yozilgan materiallar qiymatiga mutanosib
o’tkaziladi. Bunda quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: D-t
2010,2310,2510 schyotlar, K-t 1610 schyot.
Materiallar qabul qilinganda va ularni sotib olish bo’yicha xarajatlar sodir
bo’lganda buxgalteriya hisobida tegishli yozuvi bilan rasmiylashtiriladi.
153
1000 «Materiallar» ni hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi
Schyotning kreditiga
Debet
Schyotning debetiga
Kredit
2010, 2310, 2510, 2610, 3100 –
schyotlar – FIFO va AVEKO baholari
buyicha asosiy ishlab chiqarish
mahsulotini tayyorlashga;
6010 –mol yuboruvchilardan tushgan
qiymatliklar - olingan qiymatliklarni
tashish va olib kelish qiymatiga;
2710 – xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar
ehtiyoji uchun materiallar sarflanganda
4200 –hisobdor shaxslar hisobidan sotib
olingan
qiymatliklar
summasiga,
hisobdor shaxslar tomonidan to’langan
yuklash
–
tushirish
xarajatlari
summasiga;
9220–materiallarni chetga jo’natish va
sotish
bo’yicha;
chetga
sotilgan
mahsulotga tegishli transport-tayyorlov
xarajatlariga.
6710 –yuklovchilarga hisoblangan ish
haqiga;
1510–«Materiallar tayyorlash va sotib
olish» schyotida yo’ldagi material
qiymatliklar to’g’risidagi joriy axborot
aks ettiriladi.
6520 –yuklovchilarga hisoblangan ish
haqidan ijtimoiy sug’urtaga ajratma;
2310 –yordamchi ishlab chiqarish
sexlari tomonidan tayyorlangan va
omborga
topshirilgan
buyumlar
qiymatiga-
omborga
topshirilgan
chiqindilar
va
tejalgan
materiallar
qiymatiga;
9210 –asosiy vositalarni tugatilishidan
olingan
va
omborga
topshirilgan
chiqindilar qiymatiga;
154
2610 –batamom yaroqsiz mahsulotdan
olingan
va
omborga
topshirilgan
chiqindilar qiymatiga;
2010
–asosiy ishlab chiqarishdan
olingan
va
omborga
topshirilgan
chiqindilar
va
tejalgan
materiallar
qiymatiga.
FIFO yoki AVEKO usulida baholash qo’llanilganda material qiymatliklar
haqiqiy tannarx bo’yicha baholanadi. Bunda 1610 «Materiallar qiymatidagi
farqlar» schyoti qo’llanilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |