5.3. Asosiy vositalar kirimining hisobi
Korxonalarga asosiy vositalar turli manbalardan kirim qilinadi. Asosiy
vositalarni kirim qilish jarayonida turli xarajatlar sarflanadi va ularning
174
boshlang’ich qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida hisobga olinadi. Ushbu
muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilish jarayonini misollarda ko’rib
o’tamiz.
Misol. "Sitroniks" AJ 2006 yil 10 martda italiyalik xorijiy sherik bilan
umumiy qiymati 2500000 yevro bo’lgan to’qimachilik uskunasini sotib olish
bo’yicha shartnoma tuzdi. Yetkazib berish shartnomasiga muvofiq, sotib oluvchi
uskuna qiymatining 50 foizni yetkazib beruvchining akkreditiv hisob varag’iga
oldindan o’tkazishi kerak. AJ 2006 yil 15 martda yetkazib beruvchining bankida
akkreditiv hisob varag’ini ochdi. Akkreditiv hisobvarag’i ochilgan sanada
yevroning O’zbekist’on Respublikasi Markaziy banki tomonidan so’mga nisbatan
belgilangan kursi bo’yicha (keyinchalik so’mga nisbatan 1 yevroning kursi deb
yuritiladi) 1 yevro 1440 so’mni tashkil etdi. Akkreditiv hisobvarag’ini ochish
bilan bog’liq xarajatlar o’tkaziladigan valuta summasining 0,2 foizini, akkreditiv
o’tkazish uchun bank haqi o’tkazilgan summaning 1,2 foizini, kontraktni
tayyorlash uchun yuridik firma 200 yevroni, kontraktni ro’yxatdan o’tkazish va
yopish bilan bog’liq garflar kontrakt summasining 0,05 foizini tashkil etdi. Bunlan
tashqari, milliy valutani yevroga konvertatsiya qilishda konvertatsiya qilingan chet
el valutasi summasining 0,2 foiz miqdorida komission haq to’landi. 2006 yil 18
martda uskuna k o’llandi. Uskunani tashish (transportda tashish, jo’natish,
ortishtushirish ishlari, yetkazib berish) da xavfsizlikni taminlash, fransport uchun
to’lov va boshqalar bo’yicha sarflar 250.000 yevroni tashkil etdi. 2006 yil 25
martda invoysda ko’rsatilgan qiymatdan 5 foizni tashkil etadigan bojxona
to’loviga muvofiq yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etildi. Yuk bojxona
deklaratsiyasi taqdim etilgan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan so’mga nisbatan o’rnatilgan yevro kursi 1 yevro uchun 1470 so’mni
tashkil etli. Хorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan uskunani o’rnatish.
Montaj qilish, sinash va ishga tushirish, sozlash ishlari bo’yicha sarflar 100000
yevroni tashkil etdi. Bu xususda ular 2006 yil 10 aprelda hisob-kitob taqdim
175
etishdi (bu sanada kurs bo’yicha 1 yevro 1472 so’mni tashkil etdi). Uskuna 2006
yil 1 2 aprelda ishga tushiriddi.
Ishlab chiqarish uskunasini sotib olish bilan bog’liq operatsiyalar "Sitroniks"
AJ buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: 2006 yil 15 martda
yetkazib beruvchi bankida akkreditiv hisob varag’ini ochishni aks ettirish: Dt
25510 - «Akkreditivlar" - 1800000 m.so’m; Kt 5210 - «Mamlakatlar o’rtasidagi
valuta hisoblari" schyoti - 1800000 m.so’m. 1800000 m.so’m = (1 250000 yevro
x 1440 so’m 1800000 m.so’m);
Sotib olingan asosiy vositalarning to’lovi bilan bog’liq sarflar summasiga: Dt
9430 - «Boshqa operaiion xarajatlar" - 34200 m.so’m; Kt 5210 - «Mamlakatlar
o’rtasidagi valuta hisoblari" schyoti - 34200 m.so’m. (23750 yevro x 1440 so’m =
34200 m. so’m).
Sarflar summasining hisob-kitobi quyidagi ko’rinishga ega:
Akkreditiv hisobvarag’ini ochish bilan
bogliq xarajatlar
1250000 yevro x 02 foiz yevro;
Akkreditiv o’tkazish uchun bank haqi
1250000 yevro x 1,2 foiz - 15000
yevro;
Kotraktni tayyorlash uchun to’lov
200 yevro;
Kontraktni ro’yxatdan o’tkazish va yopish
bo’yicha sarflar
2500000 yevro x 0,05 foiz - 1250
yevro;
Chet el valutasining konvertatsiyasi
bo’yicha xarajatlar
2500000 yevro x 0,5 foiz - 5000
yevro;
Jami
23750 yevro.
2006 iil 18 mart buxgalteriya o’tkazish talab etilmaydi; 2006 yil 25 martda
a) uskuna xarid qiymati summasiga: Dt 0820 -"Asosiy vositalarni sotib
olish" - 3675000 m.so’m; Kt 6010 -"Yetkazib beruvchi va vositachilarga to’lov
176
hisobi" schyoti - 3675 000 m. so’m. 2500 000 yevro x 1470 so’m = 3675 000 m.
so’m;
b) uskunani tashish bo’yicha sarflar summasiga: Dt 0820 -"Asosiy
vositalarni sotib olish" - 367 500 m.so’m; Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar"
schyoti - 367500 m. so’m. (250 000 yevro x 1470 = 367 500 m.so’m).
v) uskuna bo’yicha bojxona to’lovlari summasiga: Dt 0820 - "Asosiy
vositalarni sotib olish" - 183750 m.so’m; Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar"
schyoti - 183750 m.so’m (2500 000 yevro x 5 foiz - 125000 yevro x 1470 so’m
=183750 m. so’m)
2006 yil 10 aprel o’rnatish, montaj qilish, sinov va ishga tushirish-sozlash
ishlari xarajati summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni sotib olish" - 147 200
m.so’m, Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 147 200 m.so’m. (100 000
yevro x 1472 so’m = 147200 m.so’m).
2006 yil 2 aprel uskunani foydalanishga topshirishni aks ettirish: Dt 0130 -
"Mashina va uskunalar” - 4373 450 m.so’m, Kt 0820 -"Asosiy vositalarni sotib
olish" schyoti - 4373 450 m.so’m.
Korxona ustav kapitaliga kiritiladigan ulush hisobiga olingan asosiy
vositalarning boshlang’ich qiymati bo’lib, korxona ta’sischilari tomonidan
kelishilgan ularning pul bahosi hisoblanadi, agar O’zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlarida boshqalar nazarda tutilmagan bo’lsa. Masalan, "Хususiy korxona
to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq,
mulkdor xususiy korxon^ning ustav fondiga o’zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil
baholaydi.
Shuningdek "Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli
jamiyatlar to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 15-moddasiga
muvofiq, jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi
shaxslar tomonidan jamiyatning ustav kapitaliga qo’shiladigan pulsiz hissalarning
177
puldagi bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig’ilishining jamiyatning barcha
ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.
Korxonaning o’z kuchi bilan qurilgan, shuningdek pulrat shartnomasi
bo’yicha qurilgan asosiy vositalar 0100 -"Asosiy vosigalarni hisobga oluvchi
schyotlar"larning tegishli schyotlari debetiga, 0810 -"Тugallanmagan qurilish"
schyotining krediti bo’yicha kirim qilib olinadi.
Тasischilar tomonidan korxonaning ustav kapitalidagi ulushlari hisobiga
kiritilgan asosiy vositalarning kirim qilib olinishi asosiy vositalarni hisobga
oluvchi schyogning (0100) debeti va 4610- "Тasischilarning ustav kapitaliga
ulushlari buyicha qarzi" schyotining krediti bo’yicha aks ettiriladi.
Boshqa korxonalar yoki shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning
kirimi, 8530 - "Тekinga olingan mulk" schyot bilan bog’lanishida, asosiy
vositalarni hisobga oluvchi schyotning (0100) debeti bo’yicha aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni hisobga olish (0100) schyoti bo’yicha aks ettiriladi. Biroq
soliqqa tortish maqsadida tekinga olingan asosiy vositalarning summasi daromad
(foyda) solig’ini hisoblaganda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi.
Shu bilan birga "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 33-moddasi,
jamiyatni ta’sis etish chog’ida aksiyaga to’lanadigan haq sifatida topshirilayotgan
mol-mulkning puldagi bahosi muassislar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq
chiqarilishini belgilab beradi.
Agar jamiyatning shu yo’sinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa
qimmatli qog’ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam
miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan ko’pni tashkil etsa, jamiyat
aksiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol-
mulkning puldagi bahosini mustaqil baholovchi chiqarishi kerak.
Misol.
"Oniks"AJ 2006 yil 10 yanvarda "Sapfir" kompaniyasidan tosh
jinslarini qayta ishlash bo’yicha ishlab chiqarish uskunasini sotib oldi,
178
Shartnomaga muvofiq uskunaning qiymati 10800 m.so’mni, shu jumladan QQS
1800 m.so’mni tashkil etadi. Shartnoma shartlariga ko’ra "Oniks" AJ xarid uchun
2006 yil 7 yanvarda uskuna qiymatidan 30 foiz miqdorida bo’nak to’lovini amalga
oshirdi. Uskunani sotib olishda "Oniks" AJ mazkur uskunaning texnik va boshqa
tavsiflarini baholagan "Avtomatika" injiniring kompaniyasi xizmatidan foydalandi
va shartnomaga muvofiq xizmat qiymati 600 m.so’mni tashkil etdi. Aktivdan
maqsadli foydalanish uchun uni ishchi holatiga keltirish bilan bog’liq boshqa
sarflar quyidagilarni tashkil etdi: yukni yuklashtushirish ishlari 80 m.so’m;
avtomobil transportida yetkazib berish xarajatlari 500 m.so’m; uskunalarni
yetkazib berishga ma’sul AJ ekspeditorining xizmat safari xarajatlari 100 m.so’m;
uskunani yetkazib berish bo’yicha xavfsizlikni taminlash bo’yicha xarajatlar 50,4
m.so’m; ixtisoslashgan montaj kompaniyasining uskunani o’rnatish va montaj
qilish qiymati 200 m.so’m; uskunani sinovdan o’tkazishda foydalanilgan
materiallarning qiymati 65,6 m.so’m va uskunani ishga tushirish va sozlash bilan
bog’liq boshqa sarflar 135,0 m.so’m, 2006 yil 5 yanvarda uskuna ishlatishga
berildi va asosiy vositalarni qabul qilish berish haqidagi dalolatnoma
rasmiylashtirildi. Yuqorida ko’rsatilgan operaaiyalar "Oniks" AJ buxgalteriya
hisobida aks ettirilishi tartibini ko’rib chiqamiz:
2006 yil 7 yanvar uskunani yetkazib beruvchiga bo’nak to’langanining
ifodasi: Dt 4320 - «Uzoq muddatli aktivlar ostida yetkazib beruvchi va
pulratchilarga bo’naklar" – 3244000, Kt 5110 - hisob -kigob schyoti- 3240000.
2006 yil 10 yanvar a) yetkazib beruvchilarga to’langan, uskunaning
qiymatiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish» - 10.800.000; Kt «Mol
yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lash schyotlari" – 10800000.
b) uskunani mol yetkazib beruvchilarga berilgan bo’naklarning qoldig’ini
yopish; Dt "Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lash schyoti" -3240000;
Kt 4320 - «Uzoq muddatli aktivlar ostida yetkazib beruvchi va pudratchilarga
berilgan bo’naklar" schyoti – 3240000.
179
v) uskunaning texnika ishlari va boshqa tavsiyalarini baholash summasiga; Dt
0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" – 600000, Kt "Mol yetkazib beruvchi va
pudratchilarga to’lash schyoti" - 600000.
g) uskunalarni yetkazib berish, yukni ortish-tushirish yetkazib berishda
xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha, sarflar summasiga, shuningdek uni o’rnatish va
montaj qilish ishlari qiymatiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" -
830400, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti - 830400.
d) uskunani korxonaga yetkazib berishga vakil bo’lgan ekspeditorning xizmat
safari xarajatlari summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" – 100000,
Kt 4220 - «Хizmat safariga berilgan bo’naklar" yoki 6970 - «Hisobdor shaxslarga
qarz" schyotlari - 100000;
e) uskuna sinovi paytida foylalanilgan materiallar qiymati, shuningdek
korxona kuchi bilan amalga oshirilgan ishga tushirish, sozlash ishlari bo’yicha sarf
summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti – 200600, Kt 1000-
«Materiallar», 6710 «Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitob»,
6500 «Sug’urta va davlat maqsadli fondiga to’lash bo’yicha qarzlar hisobi» va
6900 «Boshqa majburiyatlar» schyotlari- 200600.
2006 yil 15 yanvar sotib olingan uskunani ishlatishga berishni aks ettirish: Dt
0130 - «Mashina va uskunalar" schyoti – 12531000, Kt 0820 - «Asosiy vositalarni
sotib olish" schyoti 12531000.
Kreditdan foydalanish uchun foizlar to’lash harajatlari qarz kapitali xisobiga
to’liq yoki qisman to’lab sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga
kiritilmaydi.
Faraz qilaylik, "Oniks" AJ 2006 yil 15 yanvarda uskuna sotib olish bo’yicha
kreditorlik qarzining qolgan qismini to’lash uchun Depozit bankdan har oyda
foizlarni yillik 36 foiz stavka bo’yicha to’lash bo’yicha uch yil muddatga kredit
oldi. Bunda kredit bo’yicha to’lanadigan foizlar "Oniks" AJ buxgalteriya hisobida
2006 ychl 31 yanvarda quyidagi tarzda akg ettiriladi: Dt 9610 - «Foiz
180
ko’rinishdagi xarajatlar" schyoti- 126760, Kt 6920 - «O’tkazilgan foizlar"
schyoti- 126760.
Dostları ilə paylaş: |