181
Asosiy vositalar obyektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya
hisoblanishi
to’xtatilmaydi,
qonunchilikda
o’rnatilgan
tartibda
ularni
konservatsiyaga o’tkazish hollaridan hamda obyektning foydalanishi to’liq
to’xtatilgan sharoitda ularning qo’shimcha qurilishi, qo’shimcha jihozlanishi,
rekonstrukiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik
qayta qurollantirilishi
davridan tashqari.
Asosiy
vositalar
obyektlari
bo’yicha amortizatsiya ajratmalarining
hisoblanishi, korxonaning hisobot davridagi faoliyati natijalaridan qat’iy nazar,
amalga oshiriladi va u mos holatda hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks
ettiriladi.
21son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar obyektlari bo’yicha hisoblangan
amortizatsiya summasi buxgalteriya hisobida tegishli summalarni to’plash yo’li
bilan asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarda (0200) aks
ettiriladi.
19
Хo’jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobida asosiy
vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya hisoblanishi
quyidagi tarzda aks
ettiriladi:
a) ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha
ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasini hisoblash va
xarajatlarni mahsulot birligi tannarxiga olib borish usuliga qarab: Dt «Asosiy
ishlab chiqarish» yoki 2510 «Umumishlab chiqarish», Kt «Asosiy vositalarning
eskirishi» schyoti.
b) yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar
uchastkalarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha: Dt 2310 - «Yordamchi
ishlab chiqarish" schyoti yoki 2710 - «Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar" schyoti, Kt
«Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
19
21-сонли БҲМС "Хўжалик юритувчи субъектларнинг молиявий-хўжалик фаолияти бухгалтерия ҳисоби
счётлар режаси ва уни қўллаш бўйича Йўриқнома".
182
v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishda foydalanilayotgan,
ma’muriy maqsalda, malaniymarifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda ishlatilayotgan
asosiy vositalar bo’yicha: Dt «Davr xarajatlari» schyoti, Kt «Asosiy vositalarning
eskirishi» schyoti.
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya summasi
quyidagi usullardan birini qo’llash yo’li bilan hisoblanishi mumkin:
1) amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli)
hisoblash;
2) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash
(ishlab chiqarish usuli);
3) ikki karrali amortizatsiya meeri bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli;
4) yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul).
Amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati
shundan iboratki, asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib
chiqib, ularning foydali xizmat qilish muddati davomida amortizatsiya bir tekisda
va teng ulushlarda hisoblab boriladi.
Ushbu usulga muvofiq, asosiy vositalar
obyektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning foydali xizmat muddati
davomida tegishli xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi).
Mazkur usul bo’yicha amortizatsiya qilish meyorining miqdori foydali xizmat
muddatining davomiyligiga bog’liq bir davr uchun amortizatsiya ajratmasi
summasi amortizatsiyalanadigan qiymatini obyekt foydalaniladigan hisobot
davrlari soniga bo’lish yo’li bilan hisob-kitob qilinadi.
Amortizatsiya hisoblashning bir tekisda (to’g’ri chiziqli)
hisoblash usulila
amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obyektining
boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali
va mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: