169
uchun mo’ljallangan barcha moslamalar va ashyolar yoki alohida konstro’ktiv
jihozlangan o’sko’nalari bo’lgan obyekt inventar obyekti, deb e’tirof etiladi.
Masalan, ishlab chiqarish binosini ishga tushirishda unga, odatda, yong’indan
saqlash, ventilyatsion va isitish tizimlari biriktiriladi. Buxgalter hisobida bunday
qurilmalar bino bilan birga bir inventar obyekt sifatida qaraladi. Ammo asosiy
binoga biriktirilgan passajir yoki yuk liftlari, sovutgich kameralari, sanoat
pechlari, odatda, alohida inventar obektlar sifatida qaraladi. Malum ishni
bajarishga mo’ljallangan va o’zida bir butunlikni ifodalovchi konstruktiv birikkan
predmetlarning alohida kompleksi ham o’z navbatida invetar obekti bo’lishi
mumkin. Konstruktiv birikkan predmetlar kompleksi deganda kompleksga
kiruvchi har bir predmet mustaqil emas, balki faqat o’z vazifasini kompleks
tarkibida bajarishi natijasida umumiy moslama va xususiyatga ega bo’lgan bitta
yoki turli vazifaga ega bo’lgan bitta yoki bir necha predmet tushuniladi. Biroq
bitta asosiy vositaning turli foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil obekti
bo’lsa, har bir bunday obekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar
obekti sifatida e’tirof etiladi. Yuqorida keltirilgan -misolga qaytsak, faraz qilaylik,
foydali xizmat muddati 40 yilga m o’ljallangan ishlab chiqarish binosiga ega
bo’lgan korxonada foydali xizmat muddati yetkazib beruvchi tomonidan
kafolatlangan va 25 yilni tashkil etadigan zamonaviy yong’indan saqlash tizimi
montaj qilindi. Mazkur holatda binoning yong’indan saqlash tizimi asosiy
vositalarning alohida inventar obyekti sifatida hisobga olinishi kerak.
Dostları ilə paylaş: