Moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Valuta schyoti bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
3.4. Valuta schyoti bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni
hisobga olish 
Хorijiy valutadagi pul mablag’larini va xorijiy valuta operatsiyalarini har bir 
korxona amalga oshirishi mumkin. Хorijiy valuta operatsiyalarini rasmiylashtirish 
uchun bankda valuta joriy schyotini ochish kerak. O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan xorijiy valuta operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat 
(litsenziya) berilgan banklarda valuta schyoti ochish mumkin. Bunday litsenziya 
olgan banklarni vakillik banklari deyiladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining vaqti-vaqti bilan chop etiladigan byulletenida keltirilgan xorijiy 
valutalarda schyotlar ochish mumkin. 
Valuta schyotini ochish uchun bank quyidagi hujjatlarni talab qiladi: 

valuta schyotini ochish to’g’risida ariza; 

ta’sis hujjatlar ko’chirmasi (notariusda yoki ro’yxatga oluvchi organ 
tomonidan tasdiqlangan ustav, ta’sis shartnomalari); 

notariusda tasdiqlangan ro’yxatdan o’tganlik to’g’risidagi hujjatlarning 
ko’chirmasi; 

korxonani ro’yxatdan o’tgan joyidan soliq inspeksiyasi va pensiya fondida 
hisobga olinganligi to’g’risida ma’lumotnoma; 

imzolar nusxalari qo’yilgan va yumoloq muhr tushirilgan kartochka; 

qo’shma korxonalar va xorijiy firmalar qo’shimcha qilib O’zbekiston 
respublikasi adliya vazirligi tomonidan ularni xorijiy investitsiyali korxonalar 
reestriga kiritilganligi to’g’risida beriladigan guvohnoma topshiradilar. 


107 
Valuta schyoti ochilgandan so’ng bank bilan korxona o’rtasida hisoblashish-
kassa xizmatlarini ko’rsatish to’g’risida shartnoma tuziladi. Unda bankning 
ko’rsatadigan xizmatlar ro’yxati, xizmatlari uchun to’lanadigan haq tariflari, 
mablag’larni joylashtirish shartlari, tomonlarning huquq va burchlari va boshqalar 
ko’rsatiladi. 
Amaldagi Nizomga binoan mulk shaklidan qat’iy nazar O’zbekiston 
Respublikasi xududida xorijiy valuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi barcha 
xo’jalik yuratuvchi subyektlar 2001 yil 1 noyabrdan boshlab xorijiy valutadagi 
operatsiyalarni buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirish tartibi belgilangan.
13
Хorijiy valuta mablag’lari, qiymatliklari va operatsiyalari xo’jalik 
operatsiyalari sodir bo’lgan sanaga Markaziy bank kursi bo’yicha so’m 
ekvivalentida aks ettiriladi. Jumladan quyidagilar bo’yicha: a) kassadagi valuta 
mablag’lari, bankdagi depozit va ssuda schyotlari, akkreditivlar, valuta ssuda 
qarzlari; b) xorijiy valutadagi debitor va kreditor qarzlar; v) tuzilgan shartnomalar 
bo’yicha Yuk boj deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasiga import qilingan tovar-
material qiymatliklar va boshqa aktivlarning kirimi; g) bojxona to’lovlarining 
amalga oshirilishi; d) xorijiy valuta ko’rinishidagi pulli hujjatlar; ye) xorijiy 
valutadagi qimmatli qog’ozlar. 
Хorijiy valutani sotish va sotib olish buxgalteriya hisobida operatsiya sodir 
bo’lgan sanaga bo’lgan Markaziy bank kursi bo’yicha aks ettiriladi. 
Хorijiy valutani sotish (sotib olish)da sodir bo’ladigan kursdagi farq (ijobiy 
yoki salbiy) ijobiy bo’lsa – 9540 «Kurs farqlaridan olingan daromadlar» 
schyotida, salbiy bo’lsa – 9620 «Kurs farqlaridan zararlar» schyotida hisobga 
olinadi. 
Хorijiy valutani sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi: 
13
ЎзР Молия вазирлиги, Давлат солиқ қўмитаси, макроэкономика ва статистика Вазирлиги ва Марказий 
банкнинг 119, 2001-11, 34 ва 205-8 сонли қарори билан тасдиқланган «Бухгалтерия ҳисоби, статистика ва бошқа 
ҳисоботда хорижий валютадаги операцияларни акс эттириш тартиби тўғрисида»ги Низоми. 2001 йил 7 ноябр


108 
a) valuta schyotidan xorijiy valutani Markaziy bank kursi bo’yicha 
o’tkazilishi: Dt 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti, 
Kt -5020 «Valuta schyoti». 
b) Markaziy bank kursi bo’yicha xorijiy valutani «Blokschyot» dan 
chiqarilishi: Dt 9220 «Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi», Kt 
5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti. 
v) valuta bozorida kelishilgan kurs bo’yicha sotilgan xorijiiy valutaning so’m 
ekvivalentini hisob-kitob schyotiga o’tkazilishi: D-t 5110 «Hisob-kitob schyoti», 
K-t 9220 «Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi» schyoti. 
g) Хorijiy valutani sotishda hosil bo’lgan ijobiy kurs farqini Markaziy bank 
kursidan ortig’ini aks ettirilishi: D-t 9220 «Boshqa aktivlarning sotili va 
boshqacha chiqib ketishi», K-t 9540 «Kurs farqlaridan olingan daromadlar» 
schyoti. 
d) Хorijiy valutani sotishda hosil bo’lgan salbiy kurs farqini (Markaziy bank 
kursidan kam) aks ettirilishi: D-t 9620 «Kurs farqlaridan zararlar», K-t 9220 
«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi» schyoti. 
O’zining mahsulot (ish, xizmat)lari narxi (tariflari)ni xorijiy valuta 
ekvivalentida belgilaydigan xo’jalik yurituvchi subyektlar o’zaro hisob-kitoblarni 
milliy valuta-so’mda olib boradilar. Хizmat ko’rsatgan sanadan to’lanmalarni 
tushgan sanasigacha markaziy bank kursining o’zgarishi natijasida sodir 
bo’ladigan farq moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromad (xarajat) sifatida 
xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib boriladi. 
Хo’jalik yurituvchi subyektlar har bir hisobot oyining oxirgi sanasiga 
balansning valuta – moddalarini Markaziy bank kursi bo’yicha qaytadan baholaydi 
va sodir bo’lgan kurs farqlari ijobiy bo’lsa 9540 «Kurs farqlaridan olingan 
daromadlar» schyotiga, salbiy bo’lsa - 9620 «Kurs farqlaridan zararlar» schyotiga 
o’tkaziladi. 


109 
Balansning valuta moddalariga quyidagilar kiritiladi: a) kassadagi, bankning 
depozit, ssuda schyotlaridagi, shu jumladan akkreditivlardagi valuta mablag’lari; 
b) xorijiy valutadagi pulli hujjatlar; v) xorijiy valuta ko’rinishidagi qisqa va uzoq 
muddatli qimmatli qog’ozlar; g) xorijiy valuta ko’rinishidagi debitor va kreditor 
qarzlar, kreditlar va qarzlar 
Quyidagi qiymatliklar qaytadan baholanmaydi: a) xo’jalik yurituvchi subyekt 
tomonidan xorijiy valutaga sotib olingan mulk (asosiy vositalar, nomoddiy 
aktivlar, tovar-material qiymatliklar, inventar va xo’jalik jihozlari); b) xorijiy 
investitsiyali korxona ham qo’shilgan holda, xo’jalik yurituvchi subyektning ustav 
kapitali hajmi va ta’sischilarning ulushlari. 
Oldindan yig’ilib kelingan va har oygi balans valuta moddalarini qayta 
baholashdan hosil bo’lgan ijobiy va salbiy kurs farqlari tegishli «Kelgusi davrlar 
daromadlari» va «Kelgusi davrlar xarajatlari» schyotlarida aks ettirilib quyidagi 
tartibda moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalariga o’tkaziladi: 
a) xorijiy valuta debitor va kreditor qarzlar bo’yicha ularning qaytarilishiga 
qarab; 
b) qolgan boshqa hollarda – balansning tegishli valuta moddalari bilan 
xo’jalik operatsiyalarini sodir bo’lishiga qarab. 
Moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalariga o’tkazilgan ijobiy kurs farqi 9540 
«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotining krediti bo’yicha aks ettirilib 
daromad (foyda) solig’iga tortiladigan bazani ko’paytiradi, salbiy kurs farqi esa 
9620 «Kurs farqlaridan zararlar» schyotining debetida aks ettirilib daromad 
(foyda) solig’iga tortiladigan bazadan chegirib tashlanadi. 
Yalpi daromaddan soliq to’lovchilar uchun kurs farqi qismida soliqqa tortish 
obyekti bo’lib «Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda va zarar» schyotining saldosi 
hisoblanadi. 


110 
Yagona soliq to’lovchilar uchun kurs farqi qismida soliqqa tortish obyekti 
bo’lib ijobiy kurs farqi hisoblanadi. Bunda yagona soliqni hisoblab chiqarishda 
salbiy kurs farqi soliqqa tortiladigan bazani kamaytirmaydi. 
Korxonaning ustav kapitalini shakllanishida ta’sis hujjatlarini ro’yxatdan 
o’tkazish sanasi bilan ustav kapitaliga mablag’lar qo’yilgan haqiqiy sanadagi 
Markaziy bank kurslari orasidagi farqi buxgalteriya hisobida qo’shilgan kapital 
hisoblanib 8410 «Emission daromad» schyotida hisobga olinadi. 
Valuta operatsiyalarini tartibga solish qonuniga binoan korxonalar vakolatli 
banklar orqali O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan 
tartib va maqsadlar uchun O’zbekiston Respublikasi ichki valuta bozoridan xorijiy 
valuta sotib olishi mumkin. Chunonchi, safar xarajatlari uchun, shartnoma-
kontrakt majburiyatlarini bajarilish operatsiyalari va boshqalar uchun xorijiy 
valutalar sotib olishi mumkin.
Хorijiy valutani sotib olish operatsiyalari buxgalteriya hisobida quyidagi 
yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi: valuta bozorida kelishilgan kurs bo’yicha xorijiy 
valutani sotib olish kuniga. 
a) Хorijiy valutani sotib olish uchun hisob-kitob schyotidan so’m 
ko’rinishidagi mablag’larni valuta bozorida kelishilgan sotib olish kuniga bo’lgan 
kurs bo’yicha o’tkazib berilishi: D-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining 
«Тranzit» schyoti,
K-t 5110 «Hisob-kitob» schyoti. 
b) Markaziy bank kursi bo’yicha xorijiy valutani valuta schyotiga o’tkazilishi: 
D-t 5210 «Valuta schyoti», K-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining 
«Тranzit» schyoti. 
v) Хorijiy valutani Markaziy bank kursidan past kursda sotib olish natijasida 
sodir bo’lgan ijobiy kurs farqini aks ettirilishi: D-t 5530 «Boshqa maxsus 
schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti, K-t 9540 «Kurs farqlaridan olingan 
daromadlar» schyoti. 


111 
g) Хorijiy valutani Markaziy bank kursidan yuqori kursda sotib olish 
natijasida sodir bo’lgan salbiy kurs farqnini aks ettirilishi: D-t 9620 «Kurs 
farqlaridan zararlar», K-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» 
schyoti. 
Хorijiy valuta harakati to’g’risidagi ma’lumotni bank muassasasi korxonaga 
valuta schyotidan ko’chirma berish yo’li bilan xabar beradi. 5210 «Mamlakat 
ichidagi valuta schyotlar»ni kredit oboroti 2/1 – jurnal-orderida aks ettiriladi. Bu 
schyotning debet oboroti 2/1 qaydnomaini yuritish bilan nazorat qilinadi. Valuta 
schyoti bo’yicha analitik hisob kartochkalarda valutalarning nomlari bo’yicha 
yuritiladi. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin