323
ishonchliligini chegaralovchi kamchiliklar ishlatiladi va ular quyidagilardan
iborat:
yalpi xarajatlar va mahsulotni sotishdan tushgan daromad qat’iy
belgilangan va chiziqli hisoblanadi;
hamma xarajatlar doimiy va o’zgaruvchanlarga bo’linadi;
doimiy sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydoni darajasida
mustaqil bo’lib qoladi;
o’zgaruvchan sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydonida
hajmga nisbatan to’g’ri mutanosib; mahsulot sotish narxi o’zgarmaydi;
ishlab chiqarishda ishlatiladigan material va xizmatlarga bo’lgan narxlar
o’zgarmaydi;
tizimli siljishlar yo’q;
ishlab chiqarish hajmi sotish hajmiga teng, yoki sotilmagan mahsulotning
boshlang’ich va yakuniy zaxiralarining o’zgarishlari orasidagi farq uncha ko’p
emas.
Shunday qilib, xatolar doimo qayta ko’rib chiqiladi, chunki biznes dinamikali
emas. Boshqaruv hisobi xarajatlarning xulqi haqida doimo ma’lumot tayyorlaydi
va vaqti-vaqti bilan sinish nuqtasini ya’ni kritik nuqtani aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: