Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Bahoni shakllantirish bo’yicha qarorlar qabul qilish



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

9.5. Bahoni shakllantirish bo’yicha qarorlar qabul qilish 
Mahsulotga sotuv narxini o’rnatish- subyektning asosiy masalasi va 
menejerning san’ati hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoni 
shakllantirishning bir necha yondashuvlari mavjud. Birinchi yondashuv- shunday 
narx qo’yish kerakki, u sotuvchini jalb qilsin; boshqasi- o’zi uchun ma’lum narx 
chegarasini belgilash maqsadida raqibning o’rnatgan narxidan foydalanish; 
uchinchisi- rentabellik pog’onasini, o’zgaruvchan xarajatlar va marjinal 
daromadning qiymatini aniqlash uchun mahsulot tannarxi haqidagi ma’lumotdan 
foydalanish. 
Хarajat narxi ko’pchilik tomonidan real narxni belgilashda eng ishonchli yo’l 
deb ko’riladi, chunki u narxda foydaning qiymatini aniq shakllantirishga imkon 
beradi. Lekin xarajat narxlari bozor holatini va mazkur bozorda mahsulotning 
o’rnini va raqobatchilikni hisobga olmaydi. Ko’pgina ilg’or kompaniyalar uchta 
keltirilgan yondashuvlarning kombinatsiyalangan usulini qo’llaydilar. 
Mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarga quyidagi narx va tariflar o’rnatilishi 
mumkin: sotuvchi va xaridorlar uchun majburiy bo’lgan- rasmiy, subyektning 
mazkur mahsulotini hamma sotib oluvchilari uchun bir xil bo’lgan- 
muqobillashtirilgan, sotish-sotib olish dalolatnomasining har birida- kelishuv. 
Rasmiy va muqobillashtiriladigan narxlar jahon bozori narxlari yoki ishlab 


331 
chiqarishning asoslangan xarajatlari asosida o’rnatiladi. Kelishuv narxlari esa yoki 
individual xarajatlar, yoki foydalanish parametrlari, yoki talab va taklifning 
o’zgarishi asosida aniqlanadi. Real narxni shakllantirish masalasi hozirgi davrda 
subyektlarda ishlab chiqarishning tushib ketishida ortiqcha quvvatlarning vujudga 
kelishi, ularni ta’minlash sarflarining oshishi, mehnat unumdorligining pasayishi, 
inflatsiya va qo’shimcha qiymat solig’ini hisoblash uslubining mavjudligi uchun 
qiyinlashgan. 
Subyektning ma’muriyati iqtisodiy asoslangan narxni o’rnatish uchun qator 
muammolarni yechishi kerak: qaror qabul qilishda hisobga olinadigan 
xarajatlarning tarkibini asoslash; kalkulatsiya qilish uslubini tanlash; doimiy 
xarajatlar minimal bo’lgan ishlab chiqarish darajasini o’rnatish; subyekt 
foydasining summasini hisoblab chiqish. 
Birinchi uchta masala ishlab chiqarish faoliyati haqidagi bobda ko’rib 
chiqilgan. Subyektning foydasini formula bo’yicha va foyda bilan ishlab chiqarish 
hajmining o’zaro aloqasini aks ettiruvchi grafik usuli yordamida hisoblab chiqish 
mumkin. 
Formula bo’yicha foydani hisoblash usuli sof foyda tenglamasi va kapitalning 
qaytimiga asoslangan: 
Fond qaytimi x Ustav kapitali 


O’tgan yil uchun ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarning 
umumiy summasi 

100 
bu yerda, R- mahsulot rentabelliginining darajasi. 
Fond (kapital) qaytimining me’yori

Sof foyda 
Hissadorlik kapitali 


332 
Masala. Mazkur sanoat tarmog’i uchun fond qaytimining o’rtacha me’yori 10 
%. Ustav kapitali- 200 mln. so’m. Mahsluot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar- 
400 mln. so’m, shunda rentabellik
R = 10% x 200000 

100 = 5 % tashkil etadi. 
400000 
Agar subyektning foydasi hisob narxidan past bo’lsa. unda narxni 
kalkulatsiya qilishda foydaning o’rtacha me’yoridan yoki uning ozmuncha 
o’sishini hisobga olgandan kelib chiqadi. Inflyatsiya sharoitlarida foydaning 
o’rtacha me’yoriga subyektda inflatsiyani kompensatsiya qilish uchun tuzilgan 
zaxiralarning qiymati qo’shiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, inflatsiya sharoitlarida 
va subyektning xarajatlarni pasaytirishga qaratilgan qiziqishlari bo’lmagan paytda 
formulalarning ma’luomtlari juda muammoli hisoblanadi. 
Narxni o’rnatishga xarajatlar eng katta ta’sirni ko’rsatadi. Хarajatlarning 
tarkibini tanlashda quyidagi formula qo’llaniladi: 
1. O’zgaruvchan ishlab chiqarish sarflari + daromad. 
2. Umumiy o’zgaruvchan sarflar + daromad. 
3. Ishlab chiqarish tannarxi + daromad. 
4. Тo’liq tannarx + daromad. 
Хarajatlarning ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligi zararsizlikni tahlil qilishda 
o’rganib chiqilgan. Bu yerda asosiy e’tibor foydaning ishlab chiqarish hajmiga 
bog’liqligiga qaratilgan, chunki mahsulotga bo’lgan narxning o’zgarishi ishlab 
chiqarish hajmining o’zgarishi bilan yoki sotishdan olingan yalpi foydaning 
o’zgarishi bilan bog’liq. 
Narxlarni, mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar, doimiy 
xarajatlar va ishlab chiqarish hajmining o’zgarishlari o’rtasidagi o’zaro aloqa 
quyidagi 9.5-chizmada ko’rsatilgan. 


333 
A. Sotish narxining 
o’zgarishi 
B.Mahsulot birligiga to’g’ri 
keladigan o’zgaruvchan 
xarajatlarning o’zgarishi 
Foyd
a, 
m.s. 
Foyd
a, 
m.s. 
80 
80 
60 
60 
40 
40 
20 
20 
50

10
00 
15
00 
20
00 
25
00 
50
00 
10
00 
15
00 
20
00 
25
00 
Hajmi, dona 
Hajmi, dona 
9.5-chizma. Narxlarni, mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar, 
doimiy xarajatlar va ishlab chiqarish hajmining o’zgarishlari o’rtasidagi o’zaro 
aloqasi 
Masala. 
Ishlab chiqarishning hajmi- 2000 dona. 
Mahsulot birligining sotish narxi- 150 so’m. 
Mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar- 100 so’m. 
Doimiy xarajatlar- davr uchun 40 ming so’m. 
Joriy foyda- 60 ming so’m (150-100) x 2000-40000) = 60000 so’m. 
Faraz qilaylik, har bir ko’rsatkich 10%ga o’zgardi, unda ma’lumotlar 
quyidagicha o’zgaradi. 
Ishlab chiqarishning hajmi- 2200 dona (2000 x 10 % = 200); 


334 
Mahsulot birligining sotish narxi- 165 so’m (150 x 10% = 15); 
Mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar- 90 so’m(100 x 10% = 10); 
Doimiy xarajatlar- davr uchun 36 ming so’m (40 x 10% = 4); 
Hamma o’zgarishlar natijasidagi joriy foyda ((165-90) x 2200 -36000) = 
129000 so’m. 
9.5-jadval 
Ko’rsatkichlarning o’zgarishidan olingan natija 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin