Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va uning sotish assortimentini



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
9.4. Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va uning sotish assortimentini 
rejalashtirish 
Ishlab chiqarish hajmi va mahsulot assortimentiga nisbatan boshqaruv 
qarorlari moliyaviy hisobot asosida qabul qilinadi. Shu holda subyektlar turli 
yo’llar bilan sotiladigan mahsulotlarni keng assortimentda ishlab chiqaradilar; 
katta va kichik hajmda, ulgurji va chakana savdo yordamida, turli geografik 
hududda joylashgan iste’molchilarga yetkazib berish yo’li bilan va hokazo. 
Bunday amaliyot mahsulotning turlari va bozorlarning segmentlari bo’yicha 
olinadigan daromadlar to’g’risida alohida hisobotlarni talab qiladi. 


324 
Buxgalter tomonidan subyektning moliyaviy-sotuv faoliyati haqidagi to’liq 
moliyaviy ma’lumotni ishlatish subyekt ishining unumdorligini oshirishga 
qaratilgan nazoratning amaldagi tizimini yaratishga imkon beradi. 
Alohida segmentlar bo’yicha moliyaviy hisobotlarga umumiy summalarni 
kiritish kerak va subyektning umumiy moliyaviy hisobotiga ham ushbu summalar 
umumlashtirilgan holda kiritilishi kerak. Masalan, har bir mahsulot yoki 
mahsulotning assortimentini ishlab chiqarishdan olingan foyda yalpi foydaning bir 
qismi bo’lishi kerak, ishlab chiqarish hajmi esa o’zgaruvchan xarajatlarning hajmi 
bilan o’zaro bog’liqlikni saqlashi kerak. Bir ishlab chiqarish bo’linmalarining 
xarajatlari butun subyekt darajasida ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi 
hisoblanadi va ishlab chiqarishning samaradorligini, mahsulot turi, ish vaqtidan 
to’liq foydalanganlikni hisobga olgan holda nazorat qilinishi lozim. Mahsulotning 
assortimenti bilan alohida ishlab chiqarish bo’linmlarida ishlab chiqarish 
quvvatlarining to’ldirilganligi o’rtasida aloqa mavjud. 
Тadbirkorlik faoliyatining har bir segmentini baholash ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisoblovchi buxgalterga muammo tug’diradi. Uning yechimi ko’proq 
rentabelli mahsulotni va subyektning yalpi foydasining ishlab chiqarish hajmini va 
assortimentini nazorat qilish tizimini tuzish jarayonida ro’yobga chiqadi. Bir 
subyekt uchun nazorat tizimining o’ziga xosligiga qaramay u quyidagi namunaviy 
muolajalarni o’z ichiga olishi lozim: har bir mahsulotning rentabelligini kuzatish;
har bir mahsulotdan olingan yalpi foydani nazorat qilish; haqiqiy foydaning 
kutilayotganidan chetga chiqishini aniqlash; xarajatlar tizimini hisoblab chiqish, 
o’ta yashirin xarajatlarni chiqarib tashlash; alohida mahsulotga to’g’ri keladigan 
ustama sarflarni hisoblab chiqish; subyektda qo’llaniladigan talabning elastikligiga 
va boshqa nazorat muolajalariga narx o’zgarishining ta’sirini aniqlash. 
Nazorat muolajalaridan foydalanish kutilayotgan foydani ta’minlash uchun 
ishlab chiqarish hajmining qancha bo’lishini, foydaning aniq hajmini olish uchun 
sotishda qanday narx qo’yish kerakligini, subyekt ishining zararsizlik 


325 
chegarasining, xavfsizlik hududining va sotilgan mahsulot tizimining qandayligini 
aniqlashga imkon beradi. 
Mahsulot birligining miqdorini hisoblash zararsizlik nuqtasini hisobga 
olmasdan quyidagi tenglamaga asoslanadi: 
Kutilgan foydani olish uchun 
sotilgan mahsulot birligining 
miqdori 

Doimiy xarajatlar + Kutilgan foyda 
Birlik mahsulotning narxi 
Oldingi misolning ma’lumotlari bo’yicha: (40000 + 146000) : 150 = 1240 
dona ya’ni, ishlab chiqarishning hajmini 760 donagacha (2000-1240) tushirish 
kerak. 
Hisobning to’g’ri usuli deb yalpi foyda usuliga aytiladi, uning asosida 
quyidagi tenglama yotadi: 
Yalpi foyda (yoki 
marjinal daromad) 

Mahsulotni sotishdan 
tushgan daromad 

O’zgaruvchan 
sarflar 
Bizning misol uchun yalpi foydaning chizmasini tuzish quyidagi rasmda 
ko’rsatilgan (9.4-chizmaga qarang). 
Sarflar 
va 
daroma
d, m.s. 
400000
Ishlab chiqarish hajmining qulay 
diapazoni(maydoni) 
350000

300000
250000


326 
Zararsizlik 
nuqtaasi 
200000
Foyda 
xududi 

150000
Zararlar 
xududi 

100000
V
50000

20

40

60

80

10
00 
12
00 
14
00 
16
00 
18
00 
20
00 
22
00 
24
00 
Mahsulotning birligi, dona 
9.4-chizma. Yalpi foydaning chizmasi (marjinal daromad) 
O’zgaruvchan sarflar chizig’i (OK) ishlab chiqarish hajmi birligiga 2000 
dona buyum va 100000 so’m hisobidan tuziladi. Doimiy xarajatlar (KD) yalpi 
(AD) va o’zgaruvchan (OK) xarajatlarning o’rtasidagi farqqa teng. 
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmining butun maydoni (diapazoni) 
uchun doimiy qiymat hisoblanadi. 40000000 so’mdagi doimiy xarajatlarning 
summasi o’zgaruvchan xarajatlarga qo’shiladi, natijada yalpi xarajatlar chizig’i 
o’zgaruvchan xarajatlar chizig’iga parallel bo’ladi. Marjinal daromad grafikda 
sotishdan olingan daromad chizig’i (OS) va o’zgaruvchan xarajatlar chizig’i 
o’rtasida ko’rsatilgan. Mahsulotlarning qulay maydoni (diapazoni) - mahsulotning 
600dan 2000 donagacha bo’lgan birligi darajasida joylashgan. 


327 
Shunga e’tibor qaratish lozimki, ishlab chiqarishning belgilangan maydoni 
(diapazoni) chegarasida qarorlar qulay bo’ladi. Bu maydon (diapazon)dan 
tashqarida mahsulot birligiga bo’lgan sotish narxi va o’zgaruvchan sarflar 
boshqacha bo’ladi. Ayrim hollarda tahlil uchun xavfsizlik hududi, shuningdek 
xavfsizlik chegarasining koeffitsiyenti hisoblab chiqiladi: 
Хavfsizlik hududi = 
Rejalashtirilayotgan 
sotish hajmi 

Zarasizlik nuqtasidagi 
sotish hajmi 
Хavfsizlik 
chegarasining 
koeffitsiyenti 

Rejalashtirilayotgan 
sotish hajmi 

Zararsizlik nuqtasidagi 
sotish hajmi 
Rejalashtirilayotgan sotish hajmi 

Zararsizlik nuqtasi xavfsizlikning chegarasini ko’rsatmoqda. U subyektning 
zarar ko’rishidan oldin sotish hajmi qanchaga qisqartirilishi mumkinligini 
ko’rsatmoqda. 
Mahsulotning 
rentabelligi 

Mahsulot birligiga ta’luqli marjinal daromad 
Mahsulot birligining narxi 
x 100 
Umumiy tahlildan so’ng har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimenti 
tomonidan foydaga qilingan individual qo’yilmalarning jadvali tuziladi (9.3-
jadvalga qarang). 
9.3-jadval 
Mahsulotning assortimenti tomonidan foydaga qilingan individual qo’yilma 
Mahsulot 
Mahsulotning 
rentabelligi, % 
Marjinal daromad, 
so’m 
Mahsulotning 
assortimenti tizimi, 



328 

62 
10000000 
20 

60 
20000000 
40 

50 
20000000 
40 
Yalpi marjinal 
daromad 
50000000 
100 
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, V mahsuloti eng kam rentabellidir. Shu 
mahsulotni ishlab chiqarish natijasida umumiy rentabellik tushib ketgan. Jadval 
ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, rentabellik foyda bo’yicha 14,5dan 16 %gacha 
o’sgan bir davrda marjinal daromad bo’yicha hisoblanganda esa 61%dan 55,9 %ga 
tushib ketdi. Umumiy yalpi marjinal daromadning 40 %ni egallagan V mahsuloti 
ushbu mahsulotning ishlab chiqarilishi va marketingi haqida ma’lumot olingan 
sari kamayadigan ma’lum boshlang’ich xarajatlarning mavjudligi aniqlandi. V 
mahsuloti boshqa mahsulotga nisbatan yuqori narxga ega. Bu sharoit 
mahsulotning assortimentini o’zgartirish uchun rahbarlar tomonidan qaror qabul 
qilishga olib kelsa ajab emas. 
Mahsulotning hajmi va assortimentiga yanada keng qarash maqsadida ko’p 
pog’onali segment hisobi ma’lumotlariga asoslangan segment tahlili usuli 
qo’llaniladi (9.4-jadvalga qarang). 
9.4-jadval 
Mahsulot hajmi va assortimentining segment tahlili 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin