Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

№ 
Ko’rsatkichlar 
Reja Хaq. Farq Belgi
si* 
1. Тovarlarning aylanishi- ja’mi 
860 
920 
60 

Shundan: 1-guruh 
320 
300 
-20 

2-guruh 
210 
230 
20 

3-guruh 
80 
90 
10 

4-guruh 
90 
105 
15 

5-guruh 
75 
95 
20 

6-guruh 
85 
100 
15 

2. Sotib olish bahosi- ja’mi 
610 
680 
70 

Shundan: 1-guruh 
240 
272 
32 

2-guruh 
160 
184 
24 

3-guruh 
55 
62 


4-guruh 
60 
66 




369 
5-guruh 
40 
43 


6-guruh 
55 
53 
-2 

3. Yalpi daromad- ja’mi (1-2) 
250 
240 
-10 

Shundan: 1-guruh 
80 
28 
-52 

2-guruh 
50 
46 
-4 

3-guruh 
25 
28 


4-guruh 
30 
49 
19 

5-guruh 
35 
52 
17 

6-guruh 
30 
47 
17 

4. Muomala xarajatlari- ja’mi 
180 
160 
-20 

Shu jumladan: 
mehnat xaqi sarfi 
60 
55 
-5 

mehnat xaqi jamg’armasidan ajratma 
24 
22 
-2 

ijara to’lovi 
15 
15 


litsenziya to’lovi 
10 
10 


AV va NMA eskirishi 
20 
20 


reklama sarfi 
19 
18 
-1 

idora sarfi 
22 
22 


boshqa sarflar 
14 
12 
-2 

5. Foyda yoki zarar (3-4) 
70 
80 
10 

* I-ijobiy, S-salbiy 
Hisobotdan ko’rinib turibdiki, o’tgan oyda do’kon budjet ko’rsatkichlarining 
hamma parametrlari bo’yicha rejani bajargan. Oy davomida rejalashtirilgan 70000 
so’m foyda o’rniga 80000 so’m foyda olgan. Ushbu 10000 so’m ortiqcha foyda 
do’kon direktorining nazorat qiladigan sarflarga to’g’ri ta’sir qilishining natijasi 


370 
hisoblanadi. Тasdiqlangan budjetga asosan mart oyida do’konning muomala 
xarajatlari 180000 so’m qilib belgilangan. Haqiqatda esa 160000 so’m sarflanib 
20000 so’m tejalgan. Lekin foyda bo’yicha budjet topshirig’i esa faqat 10000 
so’mga ortiqcha bajarilgan. Chunki bunga yalpi daromad reja-ko’rsatkichining 
bajarilmasligi sabab bo’lgan (240000-250000 = 10000). 
Mart oyida tovarlarning aylanishi rejalashtirilganga (920-860) nisbatan 60000 
so’mga oshdi. Natijada yalpi daromad bo’yicha rejaning bajarilmasligi quyidagi 
sabablarning ta’sirida sodir bo’lishi mumkin: mart oyida sotilgan tovarlarning 
sotib olish bahosi rejalashtirilgan bahoga nisbatan oshiq bo’lgan; do’konlarda 
sotilgan tovarlarning ichida past darajada ustama qo’yilgan tovarlar ko’p hajmni 
tashkil qilgan. 
Demak, 1-sabab ushbu do’kon direktorning qaroriga bog’liq emas, balki bu 
tashqi omil, ya’ni tartibga keltirilmaydigan sarflar hisoblansa, ikkinchi sababni esa 
direktorning o’zi nazorat qilishi mumkin edi, chunki ustama qo’yish masalasini 
do’konning direktori yecha oladi. Direktorning faoliyatini baholash jarayonida 
ushbu sabablar va ularning isboti inobatga olinishi lozim. 
Хulosa qilganda har bir do’kon faoliyatining samaradorligi tovarlarning 
aylanishi hajmining ko’rsatkichi bilan baholanadi. Lekin ushbu baholash xolis 
hususiyatga ega bo’lishi lozim. Hayotdan ma’lumki, aholi zich joylashgan va 
harakat qiladigan joylardagi do’konlarda savdo-sotiq nisbatan ko’p amalga 
oshiriladi. Bundan tashqari, tovarlarni sotish hajmi tovarlarning turi, ularga talab 
va savdo litsenziyasining mavjudligiga ham bog’liq. Shunga o’xshagan 
masalalarni asosan kompaniyaning bosh direktori yechadi va bu omillar do’kon 
direktori faoliyatining sifati bilan bog’liq emas. Natijada ushbu omillar u yoki bu 
do’konning budjeti shakllantirilayotganda va uning faoliyati baholanayotganda 
hisobga olinishi lozim. Ushbu yuqorida tasnif berilgan va yoritilgan baholash 
chegaralari moliyaviy chegaralarga kiradi. 


371 
Faoliyatini baholashning nomoliyaviy chegaralariga esa xizmat qilishning 
sifati, sotuvchilarning xushmuomala va chaqqonligi kiradi. Chunki ushbu xatti 
harakatlari bilan sotuvchilar do’kondan xaridorlarni quruq chiqarmay u yoki bu 
tovarni sotib olishga undaydilar. Markaziy idora va omborlar faoliyatining 
natijasini baholash tartibi foyda markazlarining faoliyatini baholash kabi 
belgilanadi. Quyida mart oyida markaziy idoraning xarajatlar bo’yicha tuzilgan 
budjetining bajarilishi bo’yicha hisoboti keltirilgan (9.11-jadvalga qarang). 
B- buxgalteriya, K-kompyuter bo’limi, Т- ta’minot bo’limi, M- ko’chmas 
mulk bo’limi, S- sotish bo’limi. 
Хarajat markazlarining xodimlarini rag’batlantirish uchun esa ularning 
shaxsiy faoliyati, qo’shgan xissasi, ijrochilik qobiliyati, madaniyati e’tiborga 
olinadi. Rag’batlantirishlar pul ko’rinishida- mukofot, dam olish uylariga va 
davolashga bepul yo’llanma, sayohat, xizmat lavozimining pog’onasidan 
ko’tarilish ko’rinishida bo’ladi.
Hisobotda sarflangan xarajatlar to’g’risida ma’lumotlar keltirilganligi uchun 
«
+
» belgisi ijobiy va «-» belgisi salbiy holatlarni bildiradi. Mart oyida 
kompaniyaning ma’muriyati tomonidan sarflangan xarajatlarning budjetga 
nisbatan 160000 so’mga tejalgani ko’rinib turibdi. Ushbu ko’rinishdagi tuzilgan va 
taqdim qilingan hisobotda xarajatlar uning turlari- moddalari bo’yicha nazorat 
qilishdan tashqari har bir mas’uliyat markazlari bo’yicha ham nazorat va tahlil 
qilish imkoniyatini yaratadi.
9.11-jadval 
Kompaniya idorasining mart oyidagi budjetining bajarilishi bo’yicha 
hisobot (ming so’m) 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin