Моноалфавитли алмаштириш алгоритми ёрдамида шифрлашга мисол


RSA algoritmi bo‘yicha kalitlarni taqsimlash protokoliga xulosaviy izohlar



Yüklə 258,5 Kb.
səhifə3/4
tarix29.04.2023
ölçüsü258,5 Kb.
#104744
1   2   3   4
6-amaliy kr

RSA algoritmi bo‘yicha kalitlarni taqsimlash protokoliga xulosaviy izohlar. Banklar tizimida qaysi shaxs qaysi shaxs bilan o‘zaro to‘lov amallari bajarganligini, bank bila almasligini ta’minlovchi, RSA bir tomonli funksyasiga asoslangan tartib va qoidalarni boshqarish kriptosistemasi mavjud. Bu kriptosistemani kalitlarni taqsimlash tartib va qoidalarini boshqarish kriptosistemasi uchun ham qo‘llash mumkin. Tartib va qoidalarni boshqarish masalalari, kriptosistemalariga doir kriptologik ilmiy izlanishlar hozirda, zamonaviy, bardoshli kriptografik sistemalarni yaratishda keng va jadal rivojlanib bormoqda. Bu sohada RSA bir tomonli funksiyasidan foydalanishning qulayligi o‘zini har tomonlama oqlab kelmoqda.
RSA algoritmini qo‘llanishiga doir kichik bir misol keltiramiz.
Misol: Uchta harfdan iborat bo‘lgan “SAV” ma’lumotini shifrlaymiz.
Biz qulaylik uchun kichik tub sonlardan foydalanamiz Amalda esa mumkin qadar katta tub sonlar bilan ish ko‘riladi.

  1. Tub bo‘lgan r=3 va q=11 sonlarini tanlab olamiz.

  2. Ushbu n=pq=3*11=33 sonini aniqlaymiz. So‘ngra, sonini topamiz, hamda bu son bilan 1 dan farqli biror umumiy bo‘luvchiga ega bo‘lmagan d sonini, misol uchun d=3 sonini, olamiz.

  3. Yuqorida keltirilgan shartni qanoatlantiruvchi ye sonini 3e=1 (mod 20) tenglikdan topamiz. Bu son ye= 7

  4. Shifrlanishi kerak bo‘lgan «SAV» ma’lumotini tashkil etuvchi harflarni: A1, V2, S3 mosliklar bilan sonli ko‘rinishga o‘tkazib olib, bu ma’lumotni musbat butun sonlarning, ketma-ketligidan iborat deb qaraymiz. U holda ma’lumot (3,1,2)ko‘rinishda bo‘ladi va uni {e;n}={7;33} ochiq kalit bilan bir tomonli funksiya bilan shifrlaymiz:

x=3da ShM1=(37)(mod33)=2187(mod33)=9,
x=1da ShM2=(17) (mod33)=1,
x=2da ShM3=(27) (mod33)=128(mod33)=29

  1. Bu olingan shifrlangan (9,1,29) ma’lumotni mahfiy {d;n}={3;33} kalit bilan ifoda orqali deshifrlaymiz:

u=9 da OM1=(93) (mod33)=729(mod33)=3,
u=1 da OM2=(13) (mod33)=1(mod33)=1,
u=29 da OM3=(293) (mod33)=24389(mod33)=2.
Shunday qilib, kriptosistemalarda RSA algoritmining qo‘llanishi quyidagicha: har bir foydalanuvchi ikkita yetarli darajada katta bo‘lmagan p va q tub sonlarni tanlaydilar va yuqorida keltirilgan algoritm bo‘yicha d va ye tub sonlarini ham tanlab oladi. Bunda n=pq bo‘lib, {e;n} ochiq kalitni {d;n}esa mahfiy kalitni tashkil etadi. Ochiq kalit ochiq ma’lumotlar kitobiga kiritiladi. Ochiq kalit bilan shifrlangan shifrmatnni shu kalit bilan deshifrlash imkoniyati yo‘q bo‘lib, deshifrlashning mahfiy kaliti faqat shifr ma’lumotining xaqiqiy egasigagina ma’lum.

Yüklə 258,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin