Монография toshkent «malik print co»


Yong‘inga chidamli yog‘och-qipiqli plitalardan foydalanishni ekologik xavfsizligini o‘rganish



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə28/34
tarix20.11.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#164409
növüМонография
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Yogoch qurilish konstruktsiyalari va yogoch qipiqli plitalarning

Yong‘inga chidamli yog‘och-qipiqli plitalardan foydalanishni ekologik xavfsizligini o‘rganish


Xavfsizlik - shikastlanish yoki zarar xavfi maqbul darajada chek- langan holat. Xavfsizlik mebelning ishlashi paytida iste’molchilarn- ing hayoti, sog‘lig‘i va mulkiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xavf yo‘qligi deb belgilanishi mumkin. Mebelning xavfsizligiga ta’sir qiladigan ta’sirning xususiyatiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi.


Kimyoviy xavfsizlik - iste’molchilar hayoti va sog‘lig‘iga zaharli moddalar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavfning yo‘qligi. Me- belning kimyoviy xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan moddalar zaxarli elementlar (mishyak kabi og‘ir metallarning tuzlari), esterlar, monomerlar, taqiqlangan polimer materiallar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Mebelning kimyoviy xavfsizligining asosiy ko‘rsatkichi

  • bu qoplamalar ishlab chiqarish uchun, shuningdek konstruksion (tarkibiy) yog‘och-qipiqli va yog‘och-tolali plitalar uchun ishlatil- gan qatronlarni inson tanasi uchun xavfsizligidir.

Mebel uchun umumiy texnik shartlar me’yorlari turar-joy bino- larining havosida mebeldan foydalanish paytida chiqarilgan uchuv- chan kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsi- yasini (REMK) o‘z ichiga oladi [159; 534 b].
Mebelni sinash paytida boshqariladigan uchuvchan kimyoviy moddalar ro‘yxati ishlatiladigan materiallarning kimyoviy tarkibiga qarab belgilanadi.
Yevropa plitalar federatsiyasi (YePF) qarori bilan, EN-71-3 Yev- ropa standartining qat’iy ekologik talablariga rioya qilish, yog‘och- dan yasalgan plitalarini ishlab chiqarishda majburiy deb tan olin- gan. Formaldegidning chiqindilari bilan bog‘liq yog‘och-qipiqli pli- talardagi cheklovlar plitalarning zaxarliligini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga olib keldi, ular umuman ekologik xavfsizlikni yaxshilash deb belgilangan. Agar plitalarni tayyorlash- ning texnologik jarayonidagi zararli kimyoviy moddalarning emis- siyasini emas, balki mahsulotning (mebelning) ish sharoitida saqla- nadigan xatti-harakatini yodda tutsak, unda yog‘och-qipiqli plitalar- ining inson salomatligi uchun mumkin bo‘lgan xavfini aniqlaydigan uning sanitariya-gigienik xususiyati haqida gapirish yanada to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu xavf atrof-muhitga zararli (toksik) moddalarning
inson tanasiga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek yoqimsiz hidga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan miqdorda chiqarilishi natijasida yuzaga keladi.
Karbamid-formaldegid qatronlarining umumiy toksik ta’siridagi yetakchi modda vaqt o‘tishi bilan formaldegid (SN2O) bo‘lib, plitalar uchun «formaldegidning zaharliligi» tushunchasi qo‘llaniladi. Yev- ropa bozorida formaldegid chiqindilariga qat’iy cheklovlarning joriy etilishi Rossiya va MDH mamlakatlaridan yog‘och-qipiqli plitalar eksportining keskin pasayishiga olib keldi. 1990 yilda yevropalik mutaxassislar formaldegidni kanserogenlarning uchinchi toifasiga, ya’ni tabiatiga ko‘ra kanserogen bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddalar- ga kiritdilar. Kuchli hid tufayli juda kam konsentratsiyalarda uning mavjudligi seziladi. Formaldegidga duchor bo‘lganida, odam ko‘z va nafas olish organlarining shilliq pardalarida yallig‘lanishni rivoj- lantiradi, teriga allergiya mumkin. Hozirgi vaqtda Yevropa mam- lakatlarida mebelni pardozlashda formaldegidning emissiya darajasi 0,12 mg / m3 havo (Ye-1) dan oshmasligi kerak.
Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Mikrobiologiya va Epidemi- ologiya kafedrasida [177; 33-35 b] o‘tkazilgan tajribalar natijalari- dan ko‘rinib turibdiki (4.11-rasm), polimer modifikatori kiritilganda formaldegidning emissiyasi kamayib, uning tarkibidagi minimal qi- ymatga erishadi. Bu, birinchi navbatda, antipirenni polimer tabiati bilan bog‘liq bo‘lib, bu yog‘ochning isitilishini oldini oladi va bu erkin formaldegidning bog‘lanishiga olib keladi. Radiatsiya xavfsiz- ligi - iste’molchiga radioaktiv elementlar ta’sirida bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfning yo‘qligi. Radioaktiv elementlar bilan yog‘och zaralangan bo‘lishi mumkin, masalan, Chernobil va Ural kelib chi- qishi bo‘lgan yog‘ochlar. Yong‘inga chidamli yog‘och-qipiqli pli- talarni ishlab chiqarish uchun parchalangan g‘o‘zapoya novdalarini ishlatganimiz sababli, texnologiyamiz tomonidan ishlab chiqarilgan o-YoQP (yog‘och-qipiqli plitalar) radiatsiyaviy xavfsiz ekanligini qat’iy ta’kidlashimiz mumkin. Mexanik xavfsizlik - iste’molchilar uchun turli xil mexanik ta’sirlar (zarba, ishqalanish, deformatsiya) natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfning yo‘qligi. Tajri- balar shuni ko‘rsatdiki, ishlab chiqilgan o-YoQP (yog‘och-qipiqli plitalarning) mexanik xavfsizligi barcha zamonaviy bozor talabla- riga javob beradi.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin