Monopol bozorlarning vujudga kelishi va ularga qarshi kurashishda aqsh va Yevropa Ittifoqi (Germaniya, Fransiya misolida) davlatlarining tajribasi Toshkent 2013


Monopoliyaga qarshi va raqobat siyosatini takomillashtirish



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə11/12
tarix05.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#124981
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
iq

3.2. Monopoliyaga qarshi va raqobat siyosatini takomillashtirish.


Iqtisodiy islohotlar yakuni va tovar bozorlarida raqobatning rivojiga qarab kelgusida monopoliyaga qarshi organlarning 2010 yilgacha asosiy yo’nalish quyidagi tashkil etilishi lozim bo’lgan: Respublikaning jahon iqtisodiyotiga kirishini xisobga olgan holda monopoliyaga qarshi qonun xujjatlari, tabiiy monopoliyalar to’g’risida, reklama va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo’yicha qonun xujjatlarini birlashtirish.Raqobatni rivojlantirish harakatlaridan raqobatning himoyasiga o’tish.Monopol korxonalar Davlat reyestrini yuritishni takomillashtirish. Ushbu yo’nalishni amalga oshirishda tovar bozorlarida jiddiy o’zgarishlarni, monopollashuv darajasini pasaytirish.Turli xil raqobatbardosh mahsulotlar bilan bozorni to’ldirish, eksport-import jarayonlarini kengaytirish va boshqa tur sifat o’zgarishlariga qaratilgan. Shuning uchun asosiy maqsad ushbu jarayonlarni bosqichma- bosqich amalga oshirishishni talab qiladi.Shu bilan bir qatorda, sog’lom raqobat muhitini shakllantirish bozor mexanizmini samarali faoliyat ko’rsatishida muhim omil hisoblanadi. Ushbu vazifalarni muhimligini anglagan holda, qo’mita va uning xududiy organlari tomonidan doimiy ravishda monopolist korxonalarni tartibga solishni takomillashtirish, monopoliyadan chiqarish va yangi, o’zaro raqobatlashuvchi korxonalarni rivojlantirish, shuningdek, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish yo’li orqali respublikada sog’lom raqobat muhitini shakllantirish bo’yicha doimiy ravishda ishlar olib borilmoqda.Respublikada raqobatni rivojlantirish siyosati yetarli darajada faollikka ega emas.Rejalashtirilgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatlarda monopoliya katta muommo tug’diradi. Tarmoq vazirligi vazifasida va ko’pgina statusga ega bo’lgan davlat strukturasi (assotsiatsiya, konsern, korporatsiya,kompaniya ) shaklidagi tarmoq monopoliyalari tarixiy sabablar ta’sirida saqlanib qolgani O’zbekistonga ham tegishlidir. Monopolistik tendensiyalarga xomashyo va mahsulotlarning alohida turlarining limitlangan va fondga oid taqsimotining arxaik tizimi muvofiq keladi (yuqorida ko’rsatilib o’tilgan strukturalar va davlat xizmatida korrupsiyaga sharoit yaratuvchi va yangi xo’jalik subyektlarining bozorga kirishining cheklanganligi ) hamda biznesni olib borish uchun litsenziya, sertifikat, kelishuv, ruxsatnoma berish shaklida ma’muriy to’siqlar mavjud. O’zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagi chora tadbirlar talab etiladi:
Iqtisodiyotda davlat monopolizmining barcha ko’rinishlarini maksimal darajada bartaraf etish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada yaxshiroq sharoitlar yaratishga qaratilgan institutsional islohotlarni o’tkazilishi, iqtisodiyotning davlat boshqaruvi sistemasini takomillashtirilishi;
Bozor sharoitida vujudga kelgan monopoliyalarning bozorda o’z hukmronlik holatini suiste’mol qilishini bartaraf etish.

Xulosa.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, iqtisodiyotda sof raqobat qanchalik darajada kam uchrasa, sof monopoliya ham shunchalik darajada kam uchraydi. Ayniqsa, oxirgi yillarda dunyoning aksariyat davlarlari tomonidan olib borilgan antimonopol siyosat tufayli monopoliyalar faoliyatiga tartibga solindi, chek qo’yildi va iqtisodiyotning turli sohalarida monopol hokimiyatning vujudga kelishining oldi olindi. Ammo shu o’rinda shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, ba’zi bir sohalarda davlatning o’zi tomonidan monopoliya vujudga keltirilib, ularga bir qancha imkoniyatlar yaratib berildi. Zero, bu sohalarda monopoliya raqobatga nisbatan tarmoq barqarorligi va bir me’yorda faoliyat yuritishini ta’minlab bera oladi. Monopoliyani tartibga solish – miqdoran hisoblash imkoniyati kam bo’lgan juda murakkab jarayondir.O’zbekistonda davlatning monopoliyaga qarshi chora-tadbirlari nafaqat monopoliyani cheklash, balki monopoliyadan chiqarish jarayoni bilan uzviy ravishda olib borilmoqda. Juda ko’plab tarmoqlarda hukmron mavqega ega bo’lgan korxonalar xususiylashtirilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi va natijada tarmoqda raqobat muhiti shakllantirildi.
Shu kunga qadar olib borilgan ishlar va ularning natijalarini tahlil qilgan holda yana quyidagi xulosani chiqaramiz: Davlatning monopoliyaga qarshi qonunchiligi raqobatlashuvchi subyektlar ishchanligini susaytirmaydigan darajada yetarlicha egiluvchan bo’lishi darkor. Kurs ishim davomida shunday xulosaga keldimki monopoliyalar turli ko’rinishlari har bir davlatda qandaydir siyosiy maqsadni ko’zlab yuzaga kelgan va sanoat yuksalishi garovi sifatida e’tirof etilgan bo’lsada, keyinchalik uning ta’sir doirasi kengayib borgan sari buning aksi ham yuz berishini guvohi bo’lganlar va ta’sir doirasini me’yorda ushlab turish uchun ma’lum bir chora tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib, dolzarb tus ola boshlagani tufayli qonuniylashtirilgan va bunda muvaffaqiyatlarga erishilgan va buni ayniqsa AQSH va YeI tajribasida yaqqol ko’rish mumkin.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin