Manba: DOJ statistics Ayniqsa zamonaviy qonunchilik tizimi allaqachon yuzaga kelgan, u yoki bu darajada monopol hokimiyatga ega bo’lib olgan firmalar uchun daxldordir.Hattoki firma mahsulot ishlab chiqarishning 60% iga egalik qildan taqdirda ham, u sud ta’qibi ostiga yo’liqmasligi mumkin.Bozorda bunday yuqori ulushga ega bo’lgan firma ozining bozorda monopol hokimiyatini saqlab qolish maqsadida nojo’ya xatti-harakatlari (o’z raqibini siqib chiqarish) uning faoliyatining antimonopol organlar qiziqish obyektiga aylanishiga olib keladi.Bunday holatlarda firmaning bo’lib yuborish orqali zaruriy choralar ko’riladi. Bunga misol qilib AQSH antimonopol organlari va ATT (mamlakatdagi yirik telefon kompaniyasi) orasidagi munosabatlarni olish mumkin, uning raqobatga qarshi faoliyati, ya’ni antimonopol qonunchilikni, shu jumladan Sherman qonunini buzganligi fosh qilindi va kompaniya 22 ta mayda qismlarga bo’lib yuborildi.
Kleyton qonuniga muvofiq majburiy shartnomalar taqiqlanadi. 2006-yilda federal hukumat Microsoft kompaniyasi Internet Explorer programmasini o’zining tayyor mahsuloti bo’lgan Windows 95 bilan muvofiqlashtirganlikda ayblandi va bunga qarshi harakat boshladi, Microsoft esa Windows mahsulotidan foydalanuvchi komputer ishlab chiqaruvchilardan Internet Explorerni bir vaqtda o’rnatishni noqonuniy talab qilib chiqqan edi.
2009-yilning oktabrlarida yana bir bora antimonopol qonunchilikka amal qilmaslik kuzatildi. Nyu-York shtatining Genprokuraturasi Intel kompaniyasiga qarshi da’vo bilan chiqdi, Intel komputer bozorida yagona hokimiyatga ega bo’lish maqsadida yashirin narx kelishuvida va tahdid, po’pisa qilganlikda ayblandi. Ayblovchi tomon Intelning komputer ishlab chiqaruvchilariga pora berish maqsadida milliardlab pul ajratganligini ta’kidlagan. Inteldan porani AMD protsessorlarini sotib olmasligi uchun computer ishlab chiqaruvchilarga bergan va bu unga protsessor segmentida dominant huquqni qo’lga kiritishga yordam bergan. AMD esa Intelga raqobatchi sifatida uning Dell, Toshiba va Gateway kabi komputer ishlab chiqaruvchilarni noqonuniy ravishda iqtisodiy jihatdan ta’minlab turganini ta’kidlagan. Shu yilning yoz oyida Intel Yevropa Ittifoqi tomonidan 1,45 mlrd dollar hisobida jarima to’lattirilgan.