Montessori pedagogikasi


Turli pedagogik tizimlarni ko‘rib chiqish



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə23/40
tarix22.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#159834
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
montessori majmua

Turli pedagogik tizimlarni ko‘rib chiqish. Pedagogika fani va amaliyotida qo‘llanilayotgan «pedagogik texnologiya” atamasi inglizcha “an edecatianal tecnology” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan tarjimasi “ta‘lim texnologiyasi” degan ma‘noni bildiradi Pedagogika fanida pedagogik texnologiya tushunchasini ta‘riflashda hali yagona bir fikrga kelinganicha yo‘q.
Ayrim amaliyotchi pedagoglar “pedagogik texnologiya” deganda texnologik yondashuvga asoslanmagan (ba‘zi foydali, samarali usullarni yoki o‘qitish jarayonida texnik vositalarni qo‘llashni) tushunadilar. Vaholanki, pedagogik texnologiya ta‘lim jarayoniga yangicha, o‘ziga xos belgilar, xususiyatlarga ega bo‘lgan, tizimli, texnologik yondashuvga asalanadi. U, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik tafakkurining maxsuli; texnokratik ilmiy fikr /ong/ning ta‘lim sohasidagi loyihasi, ta‘lim jarayonini ma‘lum darajada standartlashtirish, takrorlanadigan pedagogik jarayon (tsikl)ga aylantirishdir.
Pedagogikada qayta takrorlanadigan pedagogik jarayon (tsiklni) yaratishh oson ish emas. Bunga o‘quv-tarbiya vazifalarining turli-tumanligi, ta‘lim mazmuni va o‘quv materiallarining har xilligi, talabalarning bilim o‘zlashtirish qobiliyatlarini xotira xususityalari bir xil emasligi kabi qator faktorlar sabab bo‘ladi. Shunga qaramay rivojlangan mamlakatlarda olimlar pedagogik texnologiya usulini shlab chiqdilar, ular yaratgan pedagogik texnologiya usuli qayta takrorlanadigan pedagogik tsikl bo‘lib, ta‘lim olishda rejalashtirilgan natijalarni kafolatlaydi.
Pedagogik amaliyotlarda pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan ta‘riflarni va uning muhim belgilari, xususiyatlarini quyida umumlashtirilgan holda keliramiz.
YUNESKO tashkiloti ma‘qullagan ta‘rif: «Pedagogik texnologiya-bu, ta‘lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta‘sirini inobatga olib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratishh va qo‘llashning tizimili metodidir”1.
Boshqa mualliflarning ta‘riflari.
-pedagogik texnologiya-amaliyotda joriy etishh mumkin bo‘lgan ma‘lum pedagogik tizimning loyihasidir;
-pedagogik texnologiya-ta‘lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan usullar, vositalar majmuidir;
-pedagogik texnologiya oldindan belgilangan, loyixalashtirilgan o‘quv-tarbiya jarayonini izchil oshirish kabilar.
Yuqorida keltirilgan ta‘riflar pedagogik texnologiya usulining mazmunini anglash va aniqlash jarayoni hali poyoniga etmaganligidan dalolat beradi. Bu masalaga oydinlik kiritish uchun avvalo, pedagogik texnologiya usulining muhim belgilarini aniqlash talab etiladi. Pedagogik adabiyotlarni o‘rganishh va tahlil etishh pedagogik texnologiyaning muxim xususiyatlari, belgilari qatorida quyidagilarni ko‘rsatishga imkon beradi:
-ta‘lim jarayonini oldindan loyihalash va sinfda o‘quvchilar bilan qayta ishlab chiqish;
-tizimli yondashuv asosida talabaning o‘qish-blish faoliyati tasvirlaydigan ta‘lim jarayoni loyihasini tuzish;
-ta‘lim maqsadi real, aniq diagnostik bo‘lishi va o‘quvchining bilim o‘zlashtirish sifatini ob‘ektiv baholash;
-ta‘lim jarayonining tuzilishi va mazmuni yaxlitligi, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta‘sirda bo‘lishi;
-ta‘lim shakllarini optmallashtirish (qulaylashtirish);
-ta‘lim jarayonida taxnik vositalar va inson salohiyatining o‘zaro ta‘sirini hisobga olish;
-ta‘lim maqsadlarini ko‘zlangan etalon asosida o‘quvchilarning kuzatiladigan, o‘lchanadigan xarakatlari shaklida juda oydinlashtirish:
-talabaning faolligiga tayanib o‘qitish;
-bilim o‘zlashtirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlab tuzatib borish;
-shakllantiruvchi va jamlovchi baholar;
-belgilangan mezonlarga binoan test vazifalarini bajarish;
-ta‘limning rejalashtirilgan natijasiga erishishning kafolotlanganligi;
-ta‘lim samaradorligining yuqoriligi.
Pedagogik texnologiya tushunchasiga doir mavjud ta‘riflar hamda pedagogik texnologiya usulining muhim belgilari, xususiyatlarini umumlashtirilgan holda keltirdik. Ma‘lumki, mantik faniga ko‘ra, biror tushunchaga ilmiy ta‘rif berish uchun ta‘rifda tur va jins tushunchalar keltirilishi va ta‘riflanayotgan tur tushunchasi jins tushunchaga kiradigan boshqa tur tushunchalardan farqini ko‘rsatuvchi muhim belgilari ko‘rsatilishi talab etiladi.
YUNESKOning ta‘rifida «pedogogik texnologiya”-tur tushuncha, “tizimli metod”-jins tushuncha hisoblanadi. Ta‘rifda pedagogik texnologiya usulini o‘qitishning boshqa usullaridan farqini ko‘rsatuvchi ayrim belgilari ham ta‘lim shakllarini optimallashtirish, texnik vositalar va inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta‘sirini inobatga olish; o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratishh va qo‘llash ko‘rsatilgan.
Lekin bizningcha, YUNESKO ta‘rifida pedagogik texnologiyani ta‘limning boshqa usullaridan keskin farqini yaqqol ko‘rsatuvchi: “ta‘lim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuv; ta‘lim maqsadlarini oydinlashtirish, natijasini kafolatlash va ob‘ektiv baholash” muhim belgilar aks etmagan. Jins tushuncha sifatida ishlatilgan “tizimli metod” atamasi ham bitta metod /ya‘ni tizimli metod/ ma‘nosini bildiradi.
Pedagogik texnologiya-tizimli,texnologik yondashuvlar asosida ta‘lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob‘ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta‘sirini inobatga olib, ta‘lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir. Bunday usul va metodlarni ishlab chiqish pedagogik texnologiya nazariyasi va metodikasining vazifasidir.
Pedagogik texnologiya-ta‘lim usuli, ma‘lum ma‘noda ta‘lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui. O‘quv materiallarini tanlash, qayta ishlab o‘quvchilarning kuchiga, o‘zlashtirish xususiyatlariga moslab shakli, xajmini o‘zgartirish ham ta‘lim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya ta‘lim-tarbiyaning ob‘ektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o‘quv jarayonlari, ta‘lim-tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir.
Pedagogik texnologiya uchun pedagogik amaliyot jarayonlarini belgilash va tasvirlash; o‘quvchi yoki talaba kelgusi faoliyatida duch keladigan vazifalarni oldindan aniqlash; o‘qitishning har bir bosqichida ta‘limning mazmuni /o‘quv rejasi, o‘quv elementlari, ularning mantiqiy tuzilmasi, o‘quv dasturlari, darsliklarini/ belgilash; o‘quv yuklamasi bolaning kuchiga moslik darajasini va talabaning o‘zlashtirish tezligini aniqlash; ta‘lim –tarbiyaning shakllari va vositalari /o‘quv qo‘llanmalari, ta‘lim tarbiyaning texnik vositalari/ni tayyorlashh; o‘quv jarayonining motiv komponentini ro‘yobga chiqarish maqsadida predmetning mazmuniga kiritish uchun qo‘shimcha ravishda vaziyatli matnlar, testlar tayyorlashh; shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma‘naviy fazilatlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimini ishlab chiqi; ta‘limning natijasi va o‘zlashtirish darajasi, sifatini baholash mezonlariga mos ravishda talabaning bilim va malakalarni egallash sifatini ob‘ektiv baholash uchun test /nazorat/ vazifalarini tayyorlashh; darsda va darsdan tashqari o‘quvchiga beriladigan vazifalarni rejalashtirish, mustaqil mashg‘ulotlarning tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqish kabilar ham pedagogik texnologiyaning vazifalari hisoblanadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin