Ot va uning o'rganilish tarixi
Ot so‘z turkumi. Otning ma’no guruhlari haqida. Narsa-buyum, shaxslarning nomi, atamasi bo‘lgan so‘zlar turkumi ot deyiladi. Otlar kim? nima? qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Otlar egalik, kelishik kabi so‘z o‘zgartirish, turli ma’no va vazifa uchun qo‘llanuvchi vazifadosh shakllarga hamda o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga egaligi bilan ajralib turadi. Otlarning muhim belgilaridan biri ularning sifat, son, olmosh, fe’l va ravish distributsiyasida kelishi, ya’ni ular bilan birika olishidir: katta bino, ikkinchi kurs, barcha inson, kitob o‘qimoq, ko‘p odam. Ot gapning barcha gap bo‘lagi vazifasida qo‘llanishi mumkin. Otning bu kabi sintaktik vazifasi uning qanday grammatik shakldaligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, otning bosh shakli, ya’ni bosh kelishik, ko‘plik yoki birlik hamda egalik shakli gapda ega, Kesim kabi vazifada keladi: O‘zbekiston-mustaqil davlat. Millatim-o‘zbek. O‘zbekistonim-onajonim.
Mustaqil so‘zlar ot turkumiga munosabati nuqtai nazardan ikki guruhni tashkil etadi: 1) ot tipidagi so‘zlar. Bu guruhga otlar kabi kim? nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, otga xos grammatik shakllarda bevosita qo‘llana oladigan olmoshlar (men, sen, biz, har kim, nimadir), jamlovchi sonning –ov, -avlon affiksli turi (ikkov, ikkavlon), fe’lning harakat nomi shakli (o‘qish, yozuv) kiradi; 2) otlashuvchi so‘zlar. Bu guruhga grammatik son, egalik, kelishik shakllaridan birida qo‘llanilib, muayyan matn doirasidagina ot vazifasida ishlatlishi mumkin bo‘lgan sifat, son va ular o‘rnida qo‘llanadigan olmoshlar (qanday, qancha, nechta), ba’zi bir ravishlar, fe’lning sifatdosh shakli kiradi. Otning ma’no guruhlari. Otlar ma’no jihatdan quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Atoqli otlar. Bir turdagi narsa yoki hodisalarning birini ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar shaxs ismlari, havonlarning atoqli nomlari, tashkilot va gegrafik makon nomlari, koinot jismlari nomlari, suv havzalari, tashkilot nomlari kabi guruhlar doirasida uchraydi: Alisher, Ulug‘Bek, Zarafshon, Toshkent, Samarqand, Mars Bunday atoqli otlar o‘zaro tub va yasamaligi hamda tuzilishiga ko‘ra farqlanishi mumkin.
Masalan, Lola, Go‘zal, Amir, Gavhar Orol kabi otlar sodda tub, Ilonli, Do‘stlik, Paxtakor kabi atoqli otlar sodda yasama, Ulug‘bek, Alisher, Nurato, Nurobod, Qo‘shrabot, Uchquduq kabi atoqli otlar qo‘shma otlardir. Atoqli otlarning asosiy qismini turdrsh otlar tashkil qiladi. Biroq ular boshqa so‘z turkumlari asosida ham yuzaga keladi. Masalan: Asal, Quvonch, Anor kabilar turdosh otdan, O‘lmas, Sotiboldi, Turdi, Tursun kabilar esa fe’ldan, Aziz, Botir, Shirin, Vali kabilar sifatdan, To‘qsonboy, Oltibek kabilar esa sondan, Bultur, Avvalboy kabilar esa ravishdan hosil bo‘lgan atoqli otlardir.
Turli turkumga mansub bo‘lgan so‘zlarning atoqli ot sifatida qo‘llanishi natijasida ular o‘zining hususiy nominativ mohiyatidan chekingan holda, umumiy semantik ma’no tashuvchi lug‘aviy birlikka aylanib qoladi. Masalan, Uchquduq mazkur joydagi uchta quduqni emas, balki umuman shahar tushunchasini anglatuvchi onomastik birlikdir.
Turdosh otlar bir jinsdagi otlarning umumiy nomini bildiruvchi otlardir. Masalan, inson, daryo, shahar, kitob, daftar. Turdosh otlar quyidagi ma’no guruhlarga mansubligi bilan o‘zaro farqlanadi:
Aniq otlar bevosita narsa-buyum va shaxs, jon-zot anglatadigan Aniq otlar bevosita sanash va ko‘rish mumkin bo‘lgan otlar hisoblanadi. Masalan: kitob, talaba, daraxt, qush.
Mavhum otlar his qilish, sezish mumkin bo‘lgan otlardir. Ular ham ko‘plik affikslari bilan qo‘llanmaydigan otlar bo‘lib, ularga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda turlicha ma’no bo‘yog‘i yuzaga keladi. Masalan: sevgi, sezgi, qayg‘u, alam, qadr, oriya
Dostları ilə paylaş: |