Morfema morfemika birlik sifatida



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə34/46
tarix15.06.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#130740
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
1-44

Sonning ma’no turlari. Sonlar ma’no jihatdan, dastlab, ikki guruhga bo‘linadi: 1) miqdor son, 2) tartib son.
Miqdor sonlar narsani sanash, donalash, taxminlash, taqsimlashga asoslangan umumiy qiymatini ifodalash uchun xizmat qiladi. Miqdor sonlar narsaning qiymatini ifodalash xususiyatiga ko‘ra uch guruhni tashkil qiladi: a) butun son narsa-buyumning miqdoriy butunligini ifodalaydi: bir kishi, uch o‘rtoq, ikkita daraxt kabi; b) kasr sonlar butun miqdorning qismini ifodalash uchun xizmat qiladi. Ular ko‘pincha bir necha sonning sintaktik usul asosida birikishdan hosil bo‘ladi: to‘rtdan bir, uchdan ikki. Shuningdek, kasr sonlar yarim, chorak, nim chorak kabi so‘zlar vositasida ham ifodalanadi; d) aralash sonlar butun va kasr sonlarning birligi asosida hosil bo‘ladi: bir yarim, ikki butun o‘ndan besh.
Miqdor sonlar ma’no jihatdan sanoq son, dona son, chama son, jamlovchi son, taqsim son kabi turlarga bo‘linadi. Ular quyidagi xususiyatlarga egaligi bilan o‘zaro farqlanadi:
Sanoq sonlar bir turdagi narsaning umumiy sanog‘i, sonning nomini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: bir, ikki, uch, to‘rt, besh. Sanoq sonlar numirativ so‘zlarsiz va numerativ so‘zlar bilan ishlatiladi: besh kishi, o‘n yil, uch qop un, o‘n olti tonna bug‘doy kabi.
Sanoq sonlar numerativ so‘zlarsiz yoki numerativ so‘zlar bilan qo‘llanib, ko‘plik affiksini qabul qilganda chama, taxmin ma’nosini ifodalaydi: soat beshlar bo‘ldi, oradan uch kunlar o‘tdi. Xuddi shuningdek, ma’no sanoq sonlarning juftlanishi orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Darchadan besh-olti kishishi kirib keldi. 
Ravish so'z turkumi va uning o'rganilish tarixi umumiy xususiyatlari
Ravish harakat-holat belgisini bildiruvchi so‘z turkumidir. Shu xususiyatiga ko‘ra, ravish turkumiga oid so‘zlar, asosan, fe’lga bog‘lanib keladi. Ravishlar fe’l bildirgan harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o‘rni, maqsadi va shu kabilarni bildiradi: Ag‘darilgan yerdan osmonga ko‘tarilgan chang har tomonga yelib, asta-sekin bulutlar orasiga singib ketdi. Ravishlar belgi bildiruvchi so‘z bo‘lgani uchun, ularning ba’zilari sifat yoki otga bog‘lanib kelishi mumkin: U hozir beqiyos vatasavvur qilib bo‘lmas baxtiyor edi. (Sh.Sa’dulla) Ravishlarning o‘ziga xos morfologik belgilaridan biri, ularning o‘zgarmasligidir. Ravishlar biror so‘zga bog‘langanda, shakli o‘zgar-maydi. Ular tarkibida uchraydigan ko‘plik, egalik va kelishik affikslari o‘zining grammatik ma’nosiga ega bo‘lmay, ravishning o‘zak qismiga mansub bo‘ladi: Masalan: birdan, birga, kunda, chalqanchasiga, birdaniga, yonlamasiga, qatorasiga kabi ravishlardagi kelishik va egalik affikslari o‘z asl ma’no va vazifasini yo‘qotgan. Bu so‘zlar xuddi shu ko‘rinishda ravishga aylangan. Ravishlarning ma’no jihatdan turlari. Ravishlar ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo’lihadi:holat ravishi, payt ravishi, maqsad ravishi, miqdor-daraja ravishi. Holat ravishi harakat-holatning qaytarzda yuz berishi, qanday usul bilan bajarilishi kabi ma’nolarni bildiradi: bexosdan, tez(da), qo‘qisdan, sekin, astoydil, bekorga, piyoda, ketma-ket, arang, darhol, zimdan, bazur,qiyg‘os, zo‘rg‘a, birdan, boshqacha kabilar. Holat ravish-lari gapda asosan vaziyat holi vazifasida keladi: Zulfiya tabiat, turmush sinoviga mardonavor bardosh berdi. Shuningdek, holat ravishi otga boqlanib, aniqlovchi, kesim vazifasida kelishi ham mumkin: Jamiyat uchun yangicha ilm kerak. Auditoriya jimjit, hamma unga qarar edi. (P.Q) Payt ravishi ish-harakatning bajarilish paytini (vaqtini) bildiradi: bugun, erta(ga), kecha, endigina, kecha-kunduz, avval, hozir, doim, erta-indin, oldin, so‘ng, hali, hamon, dastlab, kunduzi, qishin-yozin, kuni bilan kabilar. Payt ravishlari gapda asosan payt holi vazifasida keladi: Dadasi va ayasi unga kechasi matal aytib berishar edi. (Sh. Sa’dulla.)

Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin