Oʻquv dasturi
Keksa professorim hayotining soʻnggi darslari uning uyida, u
mittigina
hibiskus butasining pushti barglari toʻkilishini tomosha
qilishi mumkin boʻlgan kabinet derazasi yonida, haftada bir marta
oʻtilardi. Sinf seshanba kunlari yigʻilardi. Dars nonushtadan keyin
boshlanardi. Fanimiz “Hayot mazmuni” deb atalardi. Unda professor
boshdan kechirgan hayotiy saboqlar oʻqitilardi.
Baho qoʻyilmasdi, lekin har hafta ogʻzaki imtihonlar olinardi. Sizdan
savollarga javob berishingiz
va oʻzingiz ham savollar tuzishingiz
talab etilardi. Oʻqtin-oʻqtin professorning boshini koʻtarib, yostiqqa
qulayroq joylashtirish yoki tushib ketgan koʻzoynagini burnining
ustiga yaxshiroq qoʻndirish kabi jismoniy mashqlarni ham bajarishga
toʻgʻri kelardi. Xayrlashuv chogʻida uni oʻpib qoʻyish orqali
qoʻshimcha ball ishlab olish mumkin edi.
Hech qanday oʻquv qoʻllanmalaridan foydalanilmasa-da, muhabbat,
ish, jamiyat, oila,
keksayish, kechirimlilik va nihoyat, oʻlim kabi
koʻplab mavzular muhokama qilinardi. Soʻnggi maʼruza loʻndagina,
bor-
yoʻgʻi bir nechta soʻzdan iborat boʻldi.
Bitiruv oqshomi oʻrniga dafn marosimi oʻtkazildi.
Yakuniy nazorat imtihonlari olinmasa-da, berilgan saboqlar xususida
uzun maqola yozish talab etilardi. Quyida oʻsha maqola bilan
tanishasiz.
Keksa professorim hayotining soʻnggi darslarida bor-yoʻgʻi bir nafar
talaba qatnashgandi.
Oʻsha talaba men edim.
1979-yilning kech bahori, issiq va dim shanba oqshomi. Yuzlab
talabalar bosh kampusning maysazoriga qator qilib terilgan yigʻma
yogʻoch kursilarda yonma-yon oʻtiribmiz. Moviy neylon ridolarni kiyib
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
5
olganmiz. Uzundan-uzoq nutqlarni sabrsizlik bilan tinglaymiz.
Marosim yakunlangach, bosh kiyimlarimizni osmonga uloqtirishimiz
bilan rasman oliygoh
– Massachusets shtati Uoltham shahri
Brandeys universitetining oxirgi bosqich bitiruvchilariga aylanamiz.
Koʻpchiligimiz uchun hozirgina bolalik davri oʻz nihoyasiga yetdi.
Marosimdan keyin sevimli professorim Morri Shvarsni topib, uni ota-
onam bilan tanishtiraman. U, goʻyoki kuchli shamol istalgan paytda
osmonga uchirib ketadigandek, mayda qadamlar bilan yuradigan
kichik jussali kishi. Bitiruv oqshomi ridosida u injil paygʻambari va
Mavlud elfi qiyofalari qorishmasid
an hosil boʻlgan koʻrinishda edi.
Uning koʻzlari koʻkish-yashil rangda, siyraklashib borayotgan
kumushrang sochlari peshonasiga tushib turar, quloqlari katta, burni
uchburchak shaklga ega, tutam-tutam qoshlari esa oqara
boshlagan. Tishlari egri, pastki tis
hlari, goʻyoki kimdir mushti bilan
ularni
ichkariga
kirgizib
yuborgandek
orqa
tomonga
qiyshayganligiga qaramasdan, u kulganda, oʻzingizni unga yer
yuzidagi ilk hazilni aytib bergandek his qilasiz.
U ota-onamga uning barcha darslariga qoldirmay qatnashganimni
aytadi. “Ajoyib oʻgʻlingiz bor, boshqalarga oʻxshamaydi”, — deydi
professorim ularga. Uyalganimdan yerga qarayman. Ketishimizdan
oldin professorga atalgan sovgʻamni beraman: old tomoniga
professor ism-sharifining bosh harflari tushirilgan jigarrang portfel.
Sovgʻani bir kun oldin savdo markazidan xarid qilganman.
Professorni unutib yuborishni xohlamasdim. Balki u meni unutishini
xohlamagandirman.
“Mich, sen yaxshi insonsan”, — deydi u, portfelni mamnuniyat bilan
koʻzdan kechirarkan. Keyin u meni bagʻriga bosadi. Belimda uning
nimjon qoʻllarini his qilaman. Boʻyim unikidan novcharoq boʻlgani
sababli u meni bagʻriga bosganda, oʻzimni gʻalati, undan kattaroq
sezaman, goʻyoki men ota, u esa farzandimdek tuyuladi. U mendan
xabarlashib turasanmi deb soʻraydi, men hech ikkilanmasdan:
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
6
“Albatta”, — deb javob qaytaraman.
U orqaga tisarilganda, koʻzlari yoshlanganini koʻraman.
Dostları ilə paylaş: |