Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Oʻquv rejasi
 
U  1994-
yilning  yozida  oʻlimga  mahkum  etilganidan  xabar  topdi. 
Oʻtmishga  nazar  tashlar  ekan,  Morri  qandaydir  koʻngilsizlik 
yaqinlashayotganini  ancha  oldin  sezganini  yodga  oladi.  Buni  raqs 
tushishni toʻxtatgan kuniyoq anglab yetgandi. 
Keksa professorim doim raqs tushishga ishtiyoqmand boʻlgan. Unga 
qanday  musiqa  qoʻyilishining  farqi  yoʻq  edi.  Rok-n-rol,  big  bend, 
blyuz. Hammasi yoqar
di. U koʻzlarini yumar va masʼud tabassum ila 
xayolidagi  maqomga  monand  yoʻrgʻalay  boshlardi.  Harakatlari  har 
doim ham chiroyli koʻrinmasdi. Morri sherikka muhtojlik sezmasdi. U 
yolgʻiz raqs tushardi. 
Har  chorshanba  oqshom  u  Garvard  maydonidagi  cherkovda 
u
yushtiriladigan  “Bepul  raqsga  tush”  nomli  qandaydir  kechaga 
borardi. Oq futbolka va qora ishton kiyib, boʻyniga sochiqcha tashlab 
olgan  Morri  miltiroq  chiroqlar  va  ovoz  kuchaytirgichlar  bilan 
jihozlangan, asosan talabalar bilan gavjum xonada aylanib yurar  va 
qanday  musiqa  qoʻyilsa,  shunisiga  oʻynab  ketaverardi.  U  Jimi 
Hendriks  ashulasi  qoʻyilsa,  lindi  raqsi  harakatlarini  bajarardi. 
Amfetamindan  kayfi  oshib  qolgan  dirijordek  qoʻllarini  silkitar,  jiqqa 
terga botmagunicha eshilib-bukilardi. U yerda hech kim uning yillab 
tajribaga  ega  universitet  professori  va  bir  nechta  eʼtiborga  molik 
kitoblar  yozgan  atoqli  jamiyatshunoslik  fanlari  doktori  ekanini 
bilmasdi. Shunchaki, esi ogʻib qolgan chol deb oʻylashardi. 
Bir  kuni  u  oʻzi  koʻtarib  kelgan  tango  musiqasi  yozilgan  kassetani 
qoʻydirdi. Keyin esa davrani egallab, ehtirosli ispan oshigʻidek xona 
boʻylab  xirom  aylay  boshladi.  U  raqsini  yakunlaganda,  hamma 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
7
 
qarsak chalib yubordi. U shu lahzalarda bir umr qolishni istardi! 
Biroq tez orada raqs tushishdan voz kechishiga t
oʻgʻri keldi. 
Morri  oltmishdan  oshganda  koʻksov  kasalligini  orttirib  oldi.  Nafas 
olishi  qiyinlashdi.  Bir  kuni  Charlz  daryosi  boʻyida  sayr  qilib 
yurganida, toʻsatdan turgan sovuq shamoldan nafasi qaytib, boʻgʻilib 
qoldi.  Uni  zudlik  bilan  shifoxonaga  olib  ketib,  adrenalin  ukoli 
yordamida qutqarib qolishdi. 
Bir  necha  yildan  soʻng  yurishi  ham  qiyinlashdi.  Bir  doʻstining 
tugʻilgan  kun  bazmida  besabab  qoqilib,  yiqilib  tushdi.  Boshqa  bir 
kechada  teatr  zinapoyasidan  yiqilib,  yonida  turganlarni  choʻchitib 
yubordi. 
–  Unga  havo  yetishmayapti!  Havo  kerak!  –  deya  baqirib  yubordi 
kimdir. 
Bu  paytga  kelib  u  yetmish  yoshni  urib  qoʻygandi,  shu  sababli 
odamlar  “Qarilik-da...”  deb  shivirlagancha,  uning  oyoqqa  turishiga 
koʻmaklashishdi.  Ammo  ichki  aʼzolarining  holatini  bizdan  koʻra 
yaxshiroq  his  qilgan  Morri  muammo  qarilikda  emasligini  bilardi. 
Qarilikdan tashqari yana nimadir bor edi. U oʻzini muntazam horgʻin 
sezar, uxlashga qiynalardi. Tushlarida oʻlayotganini koʻrib chiqardi. 
Morri shifokorlarga qatnay boshladi. Koʻp shifokorlarga uchradi. Ular 
Morrining  qonini  tekshirishdi.  Peshobidan  namunalar  olishdi.  Orqa 
teshigidan  moʻralab,  ichaklarini  koʻzdan  kechirishdi.  Oxir-oqibat 
hech  narsa  topilmagach,  bir  shifokor  Morrining  boldiridan  kichkina 
boʻlakcha kesib olib, mushaklar biopsiyasiga yubordi. Tahlil natijalari 
nevrologik  muammo  borligini  koʻrsatdi.  Morrini  yana  yangitdan 
tekshiruvlar  oʻtkazishga  olib  ketishdi.  Shunday  koʻriklarning  birida 
Morrini  elektr  kursiga  oʻxshash  maxsus  moslamaga  oʻtqizib,  elektr 
toki yuborish orqali uni
ng nevrologik reaksiyalarini oʻrganishdi. 
–  Chuqurroq  tekshirishimiz  kerak,  –  dedi  shifokor,  natijalarga  koʻz 
yugurtirarkan. 
– Nega? - soʻradi Morri. – Nima dard ekan oʻzi? 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin