partish qoʻyilganidan u
ukamdan kelgani bilinib turardi.
“SALOM VA NIHOYAT TOʻQSONINCHI YILLARGA QADAM
QOʻYDIM!”, deb boshlanardi xabar. U hafta davomida nimalar
qilgani ha
qida yozib, bir juft latifa ham qoʻshib qoʻygandi.
Xabar shunday yakunlangandi:
Shu kunlarda jigʻildonim qaynab, ichim ketib yotibdi – megajin hayot.
Keyinroq gaplasharmiz? Bemor Dumba
Kulaverib, koʻzlarimdan yosh chiqib ketdi.
Ushbu kitob gʻoyasi asosan Morriga tegishli edi. U kitobni “soʻnggi
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
142
ilmiy ishimiz” deb atardi. Eng yaxshi loyihalarda boʻlgani kabi bu ish
ikkimizni ancha yaqinlashtirdi. Morri bir necha noshirlar kitobga
qiziqish bildirganini eshitib, juda quvongandi, biroq ularning hech biri
bilan
uchrashish unga nasib etmadi. Kitob uchun toʻlangan
boʻnakning Morrining ulkan tibbiy xarajatlarini qoplashda foydasi
tegganidan ikkalamiz ham mamnun edik.
Aytgancha, kitob nomini Morrining kabinetida oʻtirib, bir kundayoq
oʻylab topganmiz. U nom tanlashni yoqtirardi. Morri bir nechta
nomlarni taklif qildi. Lekin men ““Morrining seshanba darslari”ga
nima deysiz?” deb soʻraganimda, uning yuziga tabassum,
yonoqlariga qizillik yugurganini koʻrib, shu nomda toʻxtalishimizni
angladim.
Morrining vafotidan soʻng universitet davridan qolgan kitob-
daftarlarim joylangan qutilarni birma-
bir koʻzdan kechirdim. Ular
orasidan Morrining darslaridan biri uchun yozgan yakuniy nazorat
ishimni topib oldim. Yozilganiga ham yigirma yil boʻlibdi.
Muqovasining old tomonida mening
Morri uchun qalam bilan qingʻir-
qiyshiq yozilgan mulohazalarim, uning ostida esa Morrining
mulohazalari qoldirilgan edi.
Meniki “Qadrli murabbiy…” deb boshlangan.
Uniki esa “Qadrli oʻyinchi…” deb.
Negadir har safar shu bitiklarni oʻqiganimda, uni yanada koʻproq
sogʻinaman.
Hayotingizda hech haqiqiy ustozingiz boʻlganmi? Siz hali ishlov
berilmagan tosh boʻlsangiz-da, donolik bilan sayqallansa, noyob
olmosga aylanishingizga ishonchi komil boʻlgan ustoz? Agar
omadingiz kulib, shunday ustozni uchratib qolsangi
z, vaqt oʻtib,
albatta, uning yoniga qaytasiz. Baʼzan, shunchaki, xayolingizda.
Baʼzida esa shundoqqina u yotgan yotoq yoniga.
Keksa professorim hayotining soʻnggi darslari uning uyida, u
mittigina hibiskus butasining pushti gullari toʻkilishini tomosha qilishi
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
143
mumkin boʻlgan kabinet derazasi yonida, haftada bir marta oʻtilardi.
Sinf seshanba kunlari yigʻilardi. Hech qanday darslikdan
foydalanilmasdi. Fanimiz “Hayot mazmuni” deb atalardi. Unda
professor boshdan kechirgan hayotiy saboqlar oʻqitilardi.
Saboqlar davom etadi.
Dostları ilə paylaş: |