Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Bitiruv oqshomi
 
Morri shanba kuni tongda olamdan oʻtdi. 
Barcha  yaqin  qarindoshlari  uning  yonida  edi.  Rob  Tokiodan  uchib 
keldi 
–  otasini  soʻnggi  manzilga  kuzatish  uchun,  Jon  va,  albatta, 
Sharlotta ham Morri bilan birga edi. Sharlottaning jiyani 
– “norasmiy 
dafn  marosimi”da  oʻqib  bergan  sheʼrida  Morrini  navqiron 
sekvoyyaga mengzab, uni toʻqinlantirib yuborgan Marsha ham oʻsha 
yerda  edi.  Ular  tunlari  navbatma-
navbat  Morrining  yonida  oʻtirib 
chiqardi.  Soʻnggi  uchrashuvimizdan  ikki  kun  oʻtib,  Morri  komaga 
tushib  qoldi;  shifokor  uning  istalgan  payt  joni  uzilishi  mumkinligini 
aytdi. Biroq u hech ketol
madi, tuni bilan oʻlim bilan kurashib chiqdi. 
Va nihoyat, toʻrtinchi noyabr kuni – yaqinlari birinchi marta uni yolgʻiz 
qoldirib,  bir  finjon  qahva  uchun  oshxonaga  chiqishganida,  u  nafas 
olishdan toʻxtadi. 
Morri bu dunyoni tark etdi. 
Oʻylashimcha,  Morri  atay  shu  tarzda  jon  berdi.  U  boshqalarni 
qoʻrqitib  yuborishni  xohlamadi.  Kimdir  uning  joni  uzishiliga  guvoh 
boʻlib,  bir  umr  shu  lahza  taʼqibi  ostida  yashashini  istamadi.  Xuddi 
uning  oʻzini  onasining  vafoti  haqida  telegramma  yoki  otasining 
jasadini  shahar  morg
ida  koʻrganidagi  dahshat  bir  umr  taʼqib 
qilganidek. 
Menimcha,  u  oʻz  yotogʻida  yotganini,  kitoblari,  qaydlari  va  kichik 
hibiskus  butasi  uning  yonginasida  ekanini  his  qilib  turgan.  U  bu 
dunyoni xotirjam tark etishni xohlagandi 
– xuddi shunday boʻldi. 
Dafn ma
rosimi tongida shamol esib turar, havo nam edi. Oʻt-oʻlanlar 
hoʻl,  osmon  qaymoqrang  tusda  edi.  Biz  tepalikdagi  yangi  qazilgan 
qabr  yonida  turardik,  hovuz  suvining  qirgʻoqqa urilayotgani  eshitilib 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
140
 
turar, oʻrdaklar qanotlarini qoqib suzib yurardi. 
Yuzlab  kis
hilar  marosimda  ishtirok  etishni  xohlagan  boʻlsa-da, 
Sharlotta  marosim  ixcham  oʻtishini  xohladi:  faqat  bir  necha  yaqin 
doʻstlari  va  qarindoshlari  keldi.  Ravvin  Akselrod  bir  nechta  sheʼr 
oʻqidi.  Bolaligida  poliomiyelit  bilan  ogʻrigani  tufayli  hali  ham 
oqsoq
lanib  yuradigan  Morrining  ukasi  Devid,  anʼanaga  koʻra, 
belkurakda qabrga tuproq tashladi. 
Morrining kuli qabrga joylashtirilgach, yon-
atrofni koʻzdan kechirdim. 
Morri haq edi 
– ajoyib joy. Daraxtlar, oʻt-oʻlanlar va qiya tepalik. 
“Sen gapirasan, men esa eshitaman”, – degandi u oʻshanda. 
Morri  aytganidek,  u  bilan  xayolan  suhbatlashib  koʻrdim.  Bu  xayoliy 
suhbat rostdan ham tabiiydek tuyuldi. Beixtiyor bilagimga qarab, qoʻl 
soatimga koʻzim tushdi va buning sababini angladim: kun seshanba 
edi. 
“Tark etar onda ham kuyladi otam, 
Xonish kurtaklarga hadya etdi jon. 
(Bilardik bahor ham aylashin xirom 
Otamning qoʻshigʻin eshitgan hamon)...” 
Dafn  marosimida  Morrining  oʻgʻli  Rob  tomonidan  oʻqilgan  sheʼr, 
muallifi 
– E. E. Kammings. 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin