Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
130
gʻamxoʻrligingdan bahramand boʻlganlarning qalbida yashashda
davom etasan.
Uning ovozi titradi. Bu, odatda, u bir oz tin olishi kerakligini
anglatardi. Butani deraza tokchasiga qaytib olib borib qoʻydim-da,
oʻchirish uchun magnitofon tomonga yurdim. Oʻchirishimdan oldin
Morrining soʻnggi soʻzlari tasmaga muhrlanishga ulgurdi: “Oʻlim –
hayotning intihosidir, munosabatlarning emas”.
ALSni davolashda bir oz olgʻa siljish kuzatilayotgandi: hali sinov
bosqichida boʻlgan yangi dori chiqarilishi kutilayotgandi. Dori
xastalikni butunlay davolamasa-da, uning rivojlanishini bir necha
oyga sekinlashtirardi. Morrining yangilikdan xabari bor edi, ammo
uning dardi sekinlashadigan bosqichdan allaqachon oʻtib ketgandi.
Bundan tashqari dorining sotuvga chiqarilishiga hali yana bir necha
oy bor edi.
– Men uchun emas, — qatʼiyan rad etdi u.
Shu dardga chalinganidan beri Morri biror marta ham tuzalib ketish
umidida yonmadi. U ashaddiy realist edi. Bir marta undan:
– Kimdir sehrli tayoqchasini silkitib, sizni tuzatib qoʻysa, vaqt oʻtib
yana avvalgi Morriga aylanarmidingiz?
— deb soʻradim.
U bosh chayqadi.
– Ortga qaytishim haqida gap boʻlishi mumkin emas. Men hozir
tamomila oʻzga odamga aylanganman. Hayotga butunlay
boshqacha koʻz bilan boqaman. Jismimning qadriga yetishni
oʻrganganman, oldinlari unga jiddiy eʼtibor qaratmasdim. Insonga
tinchlik bermaydigan muhim savollarga, hayot-mamot jumboqlariga
javob topishga boʻlgan munosabatim ham oʻzgargan. Bilasanmi,
hamma gap shunda. Muhim savollarning javobini topishga bir
kirishdingmi, tamom, ularni shunchaki qoldirib ketolmaysan.
– Qaysi savollarni muhim deyapsiz?
– Mening tushunishimcha, ular muhabbat, burch, maʼnaviyat, hayot
mohiyatini anglash toʻgʻrisida. Agar bugunning oʻzida sogʻayib
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
131
qolsam ham, ana shu savollar fikrimni band etgan masalaligicha
qolaveradi. Butun umrim davomida shunday boʻlishi kerak edi.
Morr
ini sogʻlom koʻrinishda tasavvur qilishga urindim. Ustidagi
choyshablarni itqitib, dast kursidan turishini va ikkalamiz tashqariga
sayrga chiqishimizni koʻz oldimga keltirishga harakat qildim. Xuddi
bir paytlar universitet hovlisida birga sayr qilganimizdek. Uni oxirgi
marta tik oyoqda koʻrganimga oʻn olti yil boʻlgani yalt etib
xayolimdan oʻtdi. Oʻn olti yil, a?
– Agar bir kunga soppa-sogʻ boʻlib qolsangiz, — soʻradim men. –
nima qilardingiz?
– Yigirma toʻrt soatgami?
– Yigirma toʻrt soatga.
– Oʻylab koʻrish kerak… Ertalab oʻrnimdan turardim, badantarbiya
mashqlarini bajarardim, oʻrama shirin kulcha va choy bilan yoqimli
nonushta qilardim-
da, suzishga borardim, keyin esa doʻstlarimni
mazali tushlikka taklif qilardim. Ularni bitta-bittadan yoki juft-juft
boʻlib kelishga chaqirardim, shunda har birining oilasi, muammolari
va qadrdon doʻstligimiz haqida bemalol suhbat qurardik. Keyin biror
chorbogʻda sayr qilishga chiqardim, daraxtlar rangini, qushlarni
tomosha qilardim. Oʻzim anchadan beri koʻrolmagan tabiat
g
oʻzalligidan bahra olardim. Oqshom tushgach, hammamiz
birgalikda kechki ovqatga makaronli taomlar yoki oʻrdakni totli
pishiradigan birorta tamaddixonaga borardik
– oʻrdakni yaxshi
koʻraman. Ovqatdan soʻng tuni bilan raqs tushardik. Holdan
toygunimcha, u yerdagi mohir raqqosalarning hammasi bilan maza
qilib oʻyinga tushardim. Keyin esa uyga borib, miriqib uxlardim.
– Bor-yoʻgʻi shumi?
– Ha, shu.
Uning istaklari
shu qadar joʻn, shu qadar oddiy ediki. Rostini aytsam,
bir oz hafsalam pir boʻldi. U Italiyaga borishni, Prezident bilan
ovqatlanishni, dengiz sohilida chopqillab oʻynashni yoki xayoliga
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
132
kelgan har qanday ekzotik narsalarni tatib koʻrishni xohlaydi, deb
oʻylagandim oʻzimcha. Oylab yotoqda qolib, hatto oyogʻini ham
qimirlatolmay yotgandan keyin qanday qilib shunchalik oddiy
kundan lazzat topish mumkin?
Keyin esa hamma gap shunda ekanini angladim.
Oʻsha kuni ketishim oldidan Morri mendan “Bir mavzuni koʻtarsam
maylimi?” deb soʻradi.
– Ukang haqida gaplashmoqchi edim, — dedi u.
Vujudimni titroq bosdi. Shu mavzu fikr-u xayolimni band etganini
Morri qanday sezdi ekan, bilmayman. Bir necha haftadan beri
Ispaniyaga qoʻngʻiroq qilib, ukam bilan bogʻlanolmay yurgandim; bir
doʻstining aytishicha, u Amsterdamdagi shifoxonaga qatnayotgan
ekan.
– Yaxshi koʻrgan insoning yonida boʻlolmaslik ogʻirligini bilaman,
Mich. Lekin uning istaklarini ham tushunishing kerak. Balki u sen oʻz
ishlaringni tashlab, uning yoniga borishingni xohlamas. Balki bu
narsa unga ogʻir yukdek tuyular. Men hamma tanishlarimga odatiy
hayot tarzingizni davom ettiring, men oʻlayotganim tufayli behalovat
boʻlmang, deyman.
– Lekin u ukam-ku, — dedim men.
– Bilaman, — dedi Morri. — Shunisi ogʻriqli-da.
Jingalak malla sochlari boshida koptokdek shishib turgan sakkiz
yoshli Piter koʻz oldimga keldi. Hovlidagi maysazorda jinsi
shimlarimiz tizzasini oʻt dogʻlariga bulgʻab kurash tushayotganimiz
yodimga tushdi. Piterning taroqni mikrofondek tutib, koʻzgu oldida
qoʻshiq aytayotgani, bolaligimizda uydagilar bizni kechki ovqatga
topisholmasin deb cherdakda berkinib, qisilib oʻtirganlarimiz koʻz
oldimdan oʻtdi.
Keyin esa oilamizdan uzoqlashib ketgan, kimyoviy muolajalardan
yuz chanoqlari boʻrtib, ozgʻin va nimjon koʻrinishga kelib qolgan yigit
koʻz oldimda gavdalandi.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
133
– Morri, — soʻradim men, — nega u meni koʻrgisi kelmayapti ekan,
a?
Keksa professorim xoʻrsindi.
– Munosabatlar maʼlum bir formula asosida qurilmaydi. Ular mehr
bilan muzokara olib borish, har ikkala tomonning istak-xohishlari,
ehtiyojlari, imkoniyatlari va turmush tarzini inobatga olish orqali
shakllantiriladi. Biznesda muzokaralar gʻolib chiqish uchun olib
boriladi. Tadbirkorlar oʻzlari uchun manfaatli boʻlgan shartlarga
erishish maqsadida muzokaraga kirishadi. Balki shu narsa
miyangga oʻtirib qolgandir. Muhabbat esa boshqacha. Muhabbat bu
oʻzganing ahvoli haqida xuddi oʻzingniki kabi qaygʻurishingdir. Bir
paytlar ukang bilan munosabatlaring juda iliq boʻlgan, endi esa yoʻq.
Sen oʻsha damlarni qaytarishni xohlaysan. Munosabatlaring uzilib
ketishini istamaysan. Lekin odamzodning qismati shu. Rishtalar
uziladi, tiklanadi, uziladi, tiklanadi.
Men Morriga qarab, ajal naqadar yaqin ekanini angladim. Oʻzimni
butunlay chorasiz his qildim.
– Ukangning koʻngliga yana yoʻl topasan hali, — dedi Morri.
– Siz buni qayerdan bilasiz?
Morri jilmaydi.
– Meni topib kelding-ku, toʻgʻrimi?
– Bir necha kun oldin ajoyib bir hikoya eshitgandim, – deydi Morri.
U koʻzlarini yumib, bir lahza tin oladi; men uning gapida davom
etishini kutaman.
– Xoʻsh, hikoya ummonda mavjlanib suzib, farahli umr
kechirayotgan kichik toʻlqin haqida. U shamol va musaffo havodan
rohatlanib suzib yurgandi, biroq oldidagi boshqa toʻlqinlarning
qirgʻoqqa zarb bilan urilayotganini koʻrgach, koʻngliga gʻulu tushdi.
– Ey, Xudoyim, bu qanday dahshat, – oʻyladi toʻlqin. – Mana qanday
falokat kutib turibdi meni!
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
134
Uning ortidan boshqa bir toʻlqin yetib keldi. U birinchi toʻlqinni
gʻamgin holatda koʻrib, undan soʻradi: “Nimadan buncha xafasan?”
Birinchi toʻlqin unga javoban dedi: “Hech narsani tushunmayapsan,
shekilli! Hammamiz qirgʻoq bilan toʻqnashib, parcha-parcha
boʻlamiz! Bizdan asar ham qolmaydi! Bu dahshat emasmi?”
Ikkinchi toʻlqin unga javob qiladi: “Yoʻq, hech narsaga
tushunmayotgan sensan. Sen toʻlqin emassan, ummonning bir
boʻlagisan”.
Men tabassum qilaman. Morri yana koʻzlarini yumadi.
– Ummonning bir boʻlagi, – takrorlaydi u, – ummonning bir boʻlagi,
xolos.
Uning nafas olishini kuzataman: nafas oladi
– chiqaradi, nafas oladi
– chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: |