Koʻrgazmali qurollar: uchinchi qism
“Tungi xabarlar” jamoasi Morrinikiga uchinchi va oxirgi marotaba
tashrif buyurdi. Bu galgi koʻrsatuvdagi ruhiyat mutlaqo oʻzgacha edi.
Odatiy suhbatdan koʻra koʻproq qaygʻuli vidolashuv sahnasini
eslatardi. Ted Koppel kelishidan oldin bir necha marta
qoʻngʻiroq
qilib, Morridan qayta-
qayta “Suratga olish jarayoni sizni charchatib
qoʻymaydimi?” deb soʻradi.
Morrining koʻrsatuv oxirigacha turib bera olishiga ishonchi komil
emasdi.
– Hozirda har daqiqa oʻzimni horgʻin sezaman, Ted. Tez-tez nafasim
boʻgʻilib qoladi. Agar baʼzi soʻzlarni aytolmay qolsam, oʻrnimga nima
demoqchi boʻlganimni izohlab turasizmi?
– Albatta, — dedi Koppel. Keyin esa tabiatan qatʼiyatli boʻlgan
teleyulduz:
– Agar koʻrsatuvda qatnashgingiz kelmasa, ayting, buni
xijolatli yeri yoʻq, Morri. Har qanday holatda ham xayrlashgani
boraman yoningizga,
– deya qoʻshib qoʻydi.
Goʻshakni qoʻygach, Morri ayyorona jilmaydi.
– Va nihoyat, uning ham qalbini eritdim.
U haq edi. Koppel Morrini “doʻstim” deb atay boshlagandi. Keksa
professorim, hattoki, telebiznes vakillarining qalbida ham rahm-
shafqat uygʻotishga muvaffaq boʻlgandi.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
120
Juma kuni peshindan keyin oʻtkazilgan suhbatda Morri bir kun oldin
kiygan kiyimida oʻtirdi. Bu paytga kelib, u ust-boshini har ikki kunda
almashtirardi va hali ikki kun toʻlmagani sababli belgilangan tartibni
buzgisi kelmadi.
Avvalgi ikki Koppel-
Shvarts koʻrsatuvidan farqli ravishda bu galgi
tasvirga olish ishlari faqatgina Morrining kabinetida olib borildi. U
xonada turgan kursiga bandi edi. Keksa professorim bilan oʻpishib
koʻrishgan Koppel kitob javoni yoniga qisilibgina joylashdi, aks
holda, kadrga sigʻmay qolardi.
Suhbatni boshlashdan oldin Koppel Morrining dardi qanchalik
ogʻirlashganini soʻradi.
– Ahvolingiz qanday oʻzi, Morri?
Morri bemajol qoʻlini koʻtardi – zoʻrgʻa qornigacha koʻtarildi. Undan
yuqoriga koʻtarishga madori yetmasdi. Koppel savoliga javob
olgandi.
Tasvirga olish ishlari boshlandi: uchinchi va
soʻnggi suhbat. Koppel
Morridan “oʻlimingiz yaqinlashgani sari qoʻrquvingiz ortib
boryaptimi?” deb soʻradi. Morri “yoʻq” deb javob qaytardi. Aslini
olganda, hozir qoʻrquv avvalgidan ancha kamaygandi. U tashqi
olamdan tobora uzilib borayotgandi: avvalgidek
gazeta oʻqib
berishlarini soʻramas, pochta orqali kelayotgan xatlarga ham uncha
eʼtibor bermas, bularning oʻrniga koʻproq musiqa tinglar va
derazadan barglar rangi oʻzgarishini tomosha qilardi.
Morri ALSdan aziyat chekkan boshqa kishilar borligini ham bilardi;
ulardan ayrimlari mashhur shaxslar edi, masalan, buyuk fizik,
“Vaqtning qisqacha tarixi” kitobi muallifi Stiven Xoking. U tomogʻidan
ochilgan teshik bilan kun kechirar, kompyuter sintezatori yordamida
gapirar va koʻz harakatlarini ilgʻab oluvchi sensor yordamida kiprik
qoqish orqali harf terardi.
Morri uning matonatiga qoyil qolar, biroq oʻzi bu tarzda yashashni
xohlamasdi. U Koppelga hayot bilan xayrlashish vaqti qachon
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
121
kelishini bilishini aytdi.
– Ted, hayot men uchun muloqot degani. Oʻz his-tuygʻularimni ifoda
etish, boshqalar bilan suhbatlashish, qaygʻu va quvonchlariga sherik
boʻlish tirikligimni anglatadi. – Morri chuqur nafas oldi. – Bular
poyoniga yetganda, Morrining ham paymonasi toʻladi.
Ular
xuddi
qadrdonlardek
suhbatlashishdi.
Oldingi
ikki
s
uhbatdagidek, Koppel “ketni artish sinovi” haqida soʻradi – aftidan,
hazilomuz javob kutgandi. Biroq Morrining jilmayishga ham holi
qolmagandi. U faqat bosh chayqab qoʻydi:
– Hozir hatto tuvakda ham qaddimni tik tutib oʻtirolmayman. Har
yonga ogʻib ketaveraman, shu sababli meni ushlab turishadi.
Ishimni tugatgach, ketimni artib qoʻyishadi. Ahvolim shu darajaga
kelib qolgan.
U Koppelga osoyishtalikda jon berishni xohlashini aytdi. Va oʻzining
yangi yozilgan hikmatli soʻzi bilan boʻlishdi: “Juda erta ketishga
oshiqma, lekin juda uzoq ham qolib ketma”.
Koppel tushkun kayfiyatda bosh irgʻatdi. “Tungi xabarlar”ning
dastlabki soni olinganidan beri atigi olti oy oʻtgan boʻlsa-da, hozirgi
Morri Shvarts deyarli murdaga aylangandi. Koʻrsatuv tomoshabinlari
oʻlim haqidagi miniserial koʻrayotgandek edi, Morri ularning koʻz
oʻngida soʻlib borardi. Biroq uning jismi nurab borgani sari, shaxs
sifatida oldingidan-da yorqinroq porlardi.
Suhbat oxirlab qolganda, tasvirda Morrining bir oʻzini qoldirishdi,
Koppelning esa faqat ovozi eshitilib turardi. Koppel keksa
professorimdan
“sizning
muxlisingizga
aylangan
millionlab
teletomoshabinlarga aytadigan biror soʻzingiz bormi?” – deya
soʻradi. Koppel buni xayoliga ham keltirmagan boʻlsa-da, uning
savoli oʻlimga hukm qilingan shaxsga soʻnggi soʻzini aytishga imkon
berayotgandek yangradi.
– Mehr-shafqatli boʻling, – shivirladi Morri. – Bir-biringizga tayanch
boʻling. Agar shu narsalar bizga saboq boʻlganida edi, dunyo
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
122
yashash uchun yaxshiroq joyga aylangan boʻlardi. – Soʻng bir nafas
ti
n olib, qoʻshimcha qildi – “Bir-biringizga mehr-muhabbat koʻrsating,
yoʻqsa halokatga yuz tutasiz”.
Suhbat yakunlandi. Lekin negadir tasvirchi video-kamerani
oʻchirmadi va oxirgi sahna ham tasvirga tushdi.
– Barakalla, suhbatni yaxshi oʻtkazdingiz, Morri, – dedi Koppel.
Morri bazoʻr jilmaydi.
– Qoʻldan kelgancha harakat qildim, – dedi keyin.
– Har doimgidek.
– Ted, xastalik ruhimga chang solmoqda. Lekin uni sindirolmaydi.
Jismimni barbod qilishi mumkin. Ruhimni emas.
Koppelning koʻzlari yoshga toʻldi.
– Juda yaxshi insonsiz, Morri.
– Shunday deb oʻylaysizmi? – Morri koʻzini shiftga tikdi. – Hozir U
bilan
muzokara
olib
boryapman.
Undan
qayta-qayta:
“Farishtalaringdan
biriga
aylanamanmi
yoki
yoʻq?”
deb
soʻrayapman.
Morri Xudoga murojaat qilishiga ilk bora iqro
r boʻldi.
Dostları ilə paylaş: |