Моррининг сешанба дарслари


Oʻn birinchi seshanba: jamiyatimizda mavjud anʼanalar



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Oʻn birinchi seshanba: jamiyatimizda mavjud anʼanalar 
haqida suhbatlashamiz
 
– Qattiqroq ur. 
Morrining orqasini qoqaman. 
– Qattiqroq. 
Yana uraman. 
– Yelkasiga yaqinroq qismiga...ha, sal pastrogʻiga. 
Pijama ishton kiyib olgan Morri yotoqda yonboshlab yotibdi, ogʻzini 
lang 
ochib, yuziga yostiq bosib olgan. Fizioterapevt menga oʻpkada 
yigʻilib  qolgan  zaharni  qotishga  ulgurmasidan  oldin  qanday  qoqib 
tashlashni koʻrsatayotgandi. Morri nafas olishda davom etishi uchun 
endilikda ushbu muolajani muntazam bajarib turish zarur edi. 
–  Meni...  urib-urib  olish  istaging...  borligini  doim...  sezardim,  — 
yutoqib nafas oldi Morri. 
–  Boʻlmasam-chi,  —  hazillashdim  men  terisi  boʻrdek  oppoq  tusga 
kirgan  orqasiga  mushtlashda  davom  etarkanman. 
–  Mana  bu 
ikkinchi kursda menga B qoʻyganingiz uchun! Qars! 
Xonada  asabiy  kulgi  koʻtarildi  –  odatda  tagi chin  noxush  hazillarga 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
114
 
shunday  kulamiz.  Agar  hammamiz  buning  oʻlim  oldi  jismoniy 
mashqlari ekanini bilib turmaganimizda, ushbu kichik sahna yoqimli 
tuyulishi  mumkin  edi.  Bu  paytga  kelib,  Morrining  dardi  s
oʻnggi 
manzil 
–  uning  oʻpkasiga  yetib  qolay  degandi.  U  havo 
yetishmasligidan  boʻgʻilib  oʻlishini  bashorat  qilardi:  bundan 
dahshatliroq  yakunni  tasavvurimga  sigʻdirolmasdim.  Baʼzan  Morri 
koʻzlarini  yumgancha  ogʻiz  va  burun  orqali  ichiga  havo  tortishga 
urina
r, tashqaridan qaragan odamga goʻyoki u butun boshli langarni 
koʻtarishga chiranayotgandek koʻrinardi. 
Oktyabrning  ilk  kunlari.  Tashqarida  sovuq  tushib  qolgan,  butun 
Gʻarbiy  Nyuton  shaharchasini  barg-xazonlar  uyumi  qoplagan. 
Morrining fizioterapevti erta tongda kelardi, men odatda hamshiralar 
va  boshqa  mutaxassislar  uni  koʻrikdan  oʻtkazishga  kelganida 
xonadan  chiqib  turardim.  Ammo  hafta  ketidan  hafta  oʻtib  borarkan, 
vaqtimiz 
poyoniga 
yetib 
borayotgani 
sababli 
ortiq 
keksa 
professorimning 
yalangʻoch 
tanasini 
koʻrishdan 
uyalmay 
qoʻygandim.  Uning  yonida  boʻlishni  xohlardim.  Butun  jarayonni  oʻz 
koʻzim  bilan  koʻrishni  xohlardim.  Oʻzimga  oʻxshamasdim,  lekin 
Morrining  uyida  soʻnggi  oylarda  sodir  boʻlayotgan  voqealar  ham 
odatdagidan mutlaqo farq qilardi-da. 
Shunday  q
ilib,  yotoqda  yotgan  Morrini  tekshirib  koʻrayotgan 
fizioterapevtning  ishini  kuzatdim:  qovurgʻalarining  orqa  qismiga 
qayta-
qayta  mushtlab,  undan  oʻpkadagi  tiqin  yumshayaptimi,  deb 
soʻrardi. Shifokor bir oz nafas rostlash uchun toʻxtaganida, mendan 
ham  uning 
harakatlarini  takrorlashga  urinib  koʻrishni  soʻradi.  Rozi 
boʻldim. Yuzini yostiqqa bosib yotgan Morri nim tabassum qildi. 
– Juda qattiq urma, — dedi u. – Qarib qolganman, axir. 
Men shifokor koʻrsatmasiga binoan yotoqni aylanib, Morrining orqasi 
va  yon  tomonlariga  ura  boshladim.  Morrining  yotoqqa  mixlanib 
qolishi  mumkinligi  haqidagi  fikr  yuragimni  tilka-
pora  qilar,  qulogʻim 
ostida  uning  soʻnggi  hikmatli  soʻzlari  jaranglardi:  “Yotogʻingdan 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
115
 
turmabsan,  demakki,  sen 
–  murdasan”.  Yonboshga  gʻujanak  boʻlib 
yotgan 
holida uning kichrayib, zaiflashib qolgan nimjon jismi koʻproq 
yosh  bolaning  gavdasiga  oʻxshardi.  Boʻrdek  oqarib  ketgan  terisi, 
toʻkilib ado boʻlay degan oppoq sochlari, jonsiz osilib turgan qoʻllarini 
koʻrdim.  Shunda  qomatimizga  chiroyli  shakl  berish  uchun  qancha 
vaqtimizni tosh koʻtarish-u oʻtirib-turishlarga sarflashimiz, tabiat esa, 
alaloqibat,  bularning  barini  puchga  chiqarishi  xayolimdan  oʻtdi. 
Shifokor  aytganidek,  Morrining  orqasiga  qattiq-qattiq  urarkanman, 
barmoqlarim  ostida  uning  suyaklarini  oʻrab  turgan  shalviragan  etini 
his  qildim.  Aslida  Morrini  qoʻyib,  uning  oʻrniga  devorni  mana 
shunday mushtlagim kelardi. 
–  Mich?  —  dedi  Morri  yutoqib  nafas  olarkan.  Men  orqasiga 
mushtlashda  davom  etayotganim  sababli  uning  ovozi  uzilib-uzilib 
chiqardi. 
– Ha? 
– Qachon… men senga… B… qoʻygandim? 
Morri  odamlar  tabiatan  ezgulikka  moyil  boʻlishlariga  ishonardi.  Shu 
bilan birga ular nimalarga qodirligini ham anglardi. 
–  Kishilar  faqat  ularga  nimadir  xavf  tugʻdirsagina  xudbin  boʻlib 
qoladilar, 
–  dedi  u  keyinroq,  –  jamiyatimiz  esa  doim  xavf-xatarga 
toʻla.  Iqtisodimiz  ham.  Hatto  oʻz  ishiga  ega  odamlar  ham  tahlika 
ostida yashaydi, chunki ular ishini yoʻqotishdan qoʻrqadi. Xavf ostida 
qolganingda  esa,  faqat  oʻzing  haqingda  qaygʻura  boshlaysan.  Va 
pulga  sigʻinishni  boshlaysan.  Barchasining  negizi  jamiyatimizda 
mavjud  anʼanalarga  borib  taqaladi,  –  xoʻrsindi  Morri.  –  Men  buni 
qabul qilolmayman. 
Men bosh 
irgʻatdim va uning qoʻlini siqdim. Biz endilikda tez-tez qoʻl 
ushlashib  oʻtirardik.  Mendagi  yana  bir  yangi  oʻzgarish  shu  edi. 
Avvallari men qilishga uyaladigan yoki irganadigan ishlar endi odatiy 
holga aylangandi. Naychasi Morrining tanasiga ulangan va nosrang 
peshob  bilan  toʻlgan  kateter  qopchasi  oyogʻim  ostida,  kursi  yonida 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin