Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
110
 
Har chechakda sening jamoling
Nigohlaring 
– koʻkda yulduzlar. 
Faqat senda fikr-u xayolim 
– 
Faqat senga tomon yoʻl izlar, 
Sevgilim… 
Qoʻshiq  tugagach,  Morri  koʻzlarini  ochgan  edi,  yonoqlari  uzra  yosh 
dumaladi.  Yillar  davomida  rafiqamning  kuylash
ini  koʻp  marta 
eshitgan  boʻlsam  ham,  hech  qachon  oʻsha  lahzada  Morri  uni 
tinglaganichalik chin dildan, kuyni his etib tinglay olmaganman. 
Turmush.  Tanishlarimning  hech  biri  oilaviy  muammolardan  holi 
emasdi.  Ayrimlari  turmush  qurolmay  halak,  boshqalari  esa  undan 
qutulolmay 
ovora. 
Mening 
yoshimdagi 
avlod 
turmush 
majburiyatlarini  zimmasiga  olishdan  xuddi  loyqa  botqoqdagi  timsoh 
hujumidan  qoʻrqqandek  qochardi.  Toʻylarida  qatnashib,  kelin-
kuyovlarni  tabriklab,  bir  necha  yil  oʻtgach  esa  kuyovtoʻrani  biror 
restoranda yoshroq ayol bilan uchratish meni hayratga solmasligiga 
koʻnikib  qolgandim.  Odatda  ular  yonidagi  ayolni  doʻstim  deb 
tanishtirar  va  “Bilasan-ku,  falonchi  bilan  ajrashib  ketdik”,  deya 
izohlardi vaziyatni. 
–  Nega shu kabi  muammolardan boshimiz chiqmaydi?  —  soʻradim 
Morridan turmush mushtlarini nazarda tutib. 
Oʻzim  ham  yetti  yil  uchrashib  yurganimizdan  keyingina  Janinning 
qoʻlini  soʻraganman.  Muammo  nimada?  Mening  yoshimdagi  avlod 
oldingilardan  ehtiyotkorroq  boʻlib  qolganmikan  yoki,  shunchaki, 
xudbinroqmizmikan? 
– Sizning yoshdagi avlodga achinaman, – dedi Morri. – Kim bilandir 
muhabbatga  asoslangan  munosabat  oʻrnata  olish  juda  muhim, 
chunki 
hozirda 
hayotimizda 
muhabbat 
yetishmaydi. 
Biroq 
zamonamizning  bechora  yoshlari  birovg
a  chindan  koʻngil  berishga 
oʻta xudbinlik qiladi, yoki aksincha, shosha-pisha turmush qurishlari 
oqibatida  yarim  yil  oʻtmasdanoq  ajrashishadi.  Ular  oʻzlariga  umr 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
111
 
yoʻldoshi sifatida qanday insonni xohlashini ham bilmaydi. Ular hatto 
oʻzlari  qanday  inson  ekanligi  haqida  ham  tushunchaga  ega  emas, 
shunday  ekan,  kim  bilan  hayotini  bogʻlayotganini  qayerdan  ham 
bilsin? 
Morri  xoʻrsindi.  U  universitetda  dars  berib  yurgan  yillari  koʻplab 
baxtsiz oshiqlarga maslahat berishiga toʻgʻri kelgan. 
–  Bu  qaygʻuli  holat,  chunki  yoningda  suyukli  insoning  boʻlishi  juda 
ham  muhim.  Bu,  ayniqsa,  meni  yoshimga  yetganingda 
–  kuching 
ketib,  sogʻligʻing  yomonlashganida  juda  bilinadi.  Doʻstlarning 
boʻlgani  yaxshi,  albatta,  ammo  ular  yoʻtalingni  toʻxtata  olmay, 
uyqusizlikdan  qiynalganingd
a  tuni  bilan  yoningda  parvona  boʻlib, 
mijja qoqmasdan senga gʻamxoʻrlik qilib chiqishga yaramaydi. 
Morri  va  Sharlotta  talabalik  paytlari  tanishishgan,  turmush 
qurganlariga  qirq  toʻrt  yil  boʻlgandi.  Oxirgi  paytlarda  ularni  tez-tez 
kuzatardim:  Sharlotta  kelib  goh  unga  dori  qabul  qilish  kerakligini 
eslatadi, goh sekingina boʻynini uqalab qoʻyadi, baʼzan esa oʻgʻillari 
haqida gapirib  beradi. Ular bir tan-u bir jondek umr kechirishar, biri 
ikkinchisi  nima  haqida  oʻylayotganini  tushunishi  uchun  bir 
qarashning  oʻzi  kifoya  edi.  Sharlotta,  Morridan  farqli  ravishda, 
tabiatan  ancha  vazmin  inson  edi.  U  rafiqasini  qanchalar  qattiq 
hurmat  qilishini  bilardim,  chunki  baʼzida  “Bu  narsani  aytishim 
Sharlottaga yoqmasligi mumkin”, deb biror mavzudagi suhbatimizga 
nuqta  qoʻyardi.  Morri  faqat  Sharlotta  boshqalar  bilishini  lozim 
topmagan  voqealarnigina  pinhon  saqlardi.  Rafiqasini  noqulay 
ahvolga qoʻyishni yoki xafa qilishni istamasdi. 
–  Oilaviy  hayot  davomida  turmush  –  musht  deb  bekorga 
aytilmasligini  anglab  yetganman, 
–  davom  etdi  u.  –  Ketma-ket 
sinovlarni  boshdan  oʻtkazasan.  Bunda  oʻzingning  kimligingni, 
turmush  oʻrtogʻing  qanday  insonligini  va  bir-biringiz  bilan  murosa 
qilib yashashga qodirmisiz yoki yoʻq – hammasini bilib olasan. 
–  Turmush  qurgach,  ahil  yashab  keta  olishni  oldindan  bilishning 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
112
 
biror yoʻli bormi? 
– Bu oson ish emas, Mich, – jilmaydi Morri. 
– Ha, bilaman. 
–  Shunday  boʻlsa-da,  –  dedi  Morri,  –  tajribamdan  aytishim 
mumkinki,  muhabbat  va  oilaviy  hayotga  oid  ayrim  qoidalar  mavjud: 
umr  yoʻldoshingni  hurmat  qilmasang,  muammolar  girdobida 
qolasan. Murosa qilishni bilmasang, muammolar girdobida qolasan. 
Munosabatlaringiz  haqida  ochiqchasiga  gaplasha  olmasang, 
muammolar  girdobida  qolasan.  Va  agar  hayotiy  qarashlaringiz 
turlicha  boʻlsa,  muammolar  girdobida  qolasan.  Qarash  va 
qa
driyatlaringiz bir xil boʻlishi lozim. Bu qadriyatlarning eng asosiysi 
nima ekanini bilasanmi, Mich? 
– Nima? 
– Turmushing sen uchun ahamiyatli ekanligiga boʻlgan ishonching. 
U burnini torti-
da, bir lahzaga koʻzlarini yumdi. 
–  Shaxsan  men,  –  xoʻrsindi  u  koʻzini  yumgancha,  –  turmushning 
ahamiyati  katta  deb  bilaman.  Uning  nimaligini  oʻz  boshingdan 
oʻtkazib koʻrmasang, juda koʻp narsa yoʻqotasan. 
Morri  mavzuni  oʻzi  uchun  duodek  yangrovchi  sheʼrdan  iqtibos 
keltirish  orqali  yakunladi:  “Bir-biringizga  mehr-muhabbat  koʻrsating, 
yoʻqsa halokatga yuz tutasiz”. 
– Bitta savolim bor, – deyman Morriga. 
Qoqsuyak  barmoqlari  bilan  koʻzoynagini  har  nafas  olganida 
koʻtarilib-tushayotgan koʻksiga bosadi. 
– Qanday savol ekan? 
– Ayyub kitobi yodingizdami? 
– Injildagimi? 
– Ha, oʻsha. Ayyub – yaxshi inson, lekin Xudo unga azob yuboradi. 
Eʼtiqodini sinash uchun. 
– Yodimda. 
– Uni hamma narsasidan judo qiladi: uyi, mol-davlati, oilasi… 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
113
 
– Sogʻligi. 
– Ha, unga dard yuboradi. 
– Eʼtiqodini sinash uchun. 
– Ha, eʼtiqodini sinash uchun. Menga bir narsa qiziq… 
– Nima? 
– Shu haqida fikringiz qanday? 
Morrini  kuchli  yoʻtal  tutadi.  Qoʻllari  qaltirab,  ikki  yoniga  sudralib 
tushadi. 
–  Menimcha,  –  deydi  u  jilmaygancha,  –  Xudo  bir  oz  oshirib 
yuborgan. 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin