Bardam bo
ʻling, Morri, eng katta yutuqlar hali oldinda!
Ruhshunoslik sohasida birinchi raqamli mutaxassis!
– Savol nima haqida edi? — soʻradim men.
– Vafotimdan soʻng meni unutib yuborishlaridan qoʻrqamanmi?
– Xoʻsh? Qoʻrqasizmi?
– Unutilaman deb oʻylamayman. Men bilan samimiy, oʻta yaqin
munosabatda boʻlgan qalin doʻstlarim juda koʻp. Mehr – bu dunyoni
tark etganingdan keyin ham barhayot qolish vositasi.
– Qoʻshiq soʻzlariga oʻxshaydi: mehr barhayot qolish vositasi.
Morri qiqirlab kuldi.
– Ehtimol, shundaydir. Qaragin, Mich, mana shu uzoq
suhbatlarimiz-chi? Uyingga qaytgan paytlaring ovozim yozilgan
tasmani hech eshitib koʻrasanmi? Yolgʻiz qolganingda? Balki parvoz
vaqtidadir? Ehtimol, mashinada ketayotganingda?
– Ha, — iqror boʻldim men.
– Demak, men bu dunyoni tark etganimdan keyin ham sen meni
unutib yubormaysan. Ovozimni yodga olgan oningdayoq men sen
turgan yerda boʻlaman.
– Ovozingizni yodga olaman…
– Oʻsha lahzada koʻzing bir oz yoshlansa ham mayli, hechqisi yoʻq.
Eh, Morri. Birinchi kursligimdan beri meni yig
ʻlatishni xohlaydi.
– Bari bir bir kun yigʻlataman, — derdi u nuqul.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
101
– Heh, qoʻysangiz-chi, — deb javob berardim.
– Men qabrtoshimda qanday bitik boʻlishini istashim toʻgʻrisida bir
qarorga keldim,
— dedi u.
– Qabrtoshlar haqida eshitishni xohlamayman.
– Nega? Ularni eslasang, asabiylashasanmi?
Men yelka qisdim.
– Mayli, mavzuni oʻzgartiramiz.
– Yoʻq, gapiravering. Nima qarorga keldingiz?
Morri lablarini choʻchchaytirdi.
– “Soʻnggi nafasigacha dars bergan” deb yozdirish haqida
oʻylayapman.
Morri bu yangilikni hazm qilib olgunimcha bir oz kutdi.
– Soʻnggi nafasigacha dars bergan.
– Boʻladimi? — dedi u.
– Ha, — dedim men. – Juda yaxshi.
Xonaga kirib kelishim bilan Morrining yuzi quvonchdan yorishib
ketishini yaxshi koʻraman. Bilaman, u kelganlarning koʻpchiligini
shunday kutib oladi, ammo Morri har bir mehmonda faqat u
kelgandagina yuziga shunday tabassum yuguradigandek taassurot
qoldirish qobiliyatiga ega edi.
– O-o, qadrdonim keldi-ku, — derdi u, meni koʻrishi bilan, baland,
xirildoq ovozda. Ushbu yoqimli holat faqat salomlashish bilan
tugamasdi. Morri yoningizda oʻtirganida chindan ham siz bilan
boʻlardi. U nigohini koʻzingizdan uzmay, soʻzlaringizni goʻyoki siz
dunyoda mavjud yagona insondek tinglardi. Agar odamlarning har
tongi, ofitsiant, avtobus haydovchisi yoki boshliqlarining javrashini
eshitish bilan emas, balki mana shunday insonni uchratishdan
boshlanganida edi, jamiyatdagi munosabatlar qanchalar iliqlashgan
boʻlardi deysiz?
– Tamomila faqat bir yerda hozir boʻlish mumkinligiga ishonaman,
— dedi Morri. – Bu butun vujuding va fikr-u xayoling bilan
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
102
suhbatdoshing yonida boʻlishni anglatadi. Masalan, sen bilan
suhbatlashayotgan boʻlsam, Mich, men bor diqqatimni faqat
ikkimizning oʻrtamizda borayotgan muloqotga qaratishga harakat
qilaman. Oʻtgan hafta gapirgan gaplarimiz toʻgʻrisida oʻylamayman.
Kelasi jumaga qanday rejalarim borligi haqida ham oʻylamayman.
Koppel bilan keyingi koʻrsatuvni olish yoki qaysi dorilarni qabul
qilayotganim haqida ham oʻylamayman. Men sen bilan
gaplashyapmanmi, demak, fikrim faqat sen bilan band.
Morrining Brandeysda “Guruhlardagi jarayon” darsida bizga ushbu
gʻoyani uqtirishga uringani yodimga tushdi. Oʻsha paytlar “shu ham
universitetda oʻtiladigan dars boʻldi-yu”, deb ensam qotgan. Eʼtibor
qaratishni oʻrganish? Nimasi muhim buni? Hozir esa shu koʻnikma
universitetda
oʻrgatilgan
narsalarning
deyarli
barchasidan
ahamiyatliroq ekanini tushunib yetganman.
Morri qoʻlimga ishora qilib imladi va qoʻlimni unga uzatar ekanman,
ichimni aybdorlik hissi qamrab oldi. Qarshimda, agar xohlasa, har
lahzasini oʻziga achinish, yemirilib borayotgan jismini kuzatish va
har nafasini sanash bilan oʻtkazishi mumkin boʻlgan inson oʻtirardi.
Koʻplab kishilar arzimas muammolar girdobida yashaydi, gapingiz
oʻttiz soniyadan uzoqroq davom etsa, nigohidan ularning xayoli
sizdan chalgʻiganini kuzatish mumkin. Ularning fikri allaqachon
boshqa ish bilan band boʻladi: qaysidir doʻstiga qoʻngʻiroq qilish,
kimgadir faks yuborish yoki suyuklisi haqida xayol surish bilan.
Faqat gapingizni tugatganingizdagina, ularning bor eʼtibori sizga
qaytadi va “Ha, ha” yoki “Yoʻgʻ-e, rostdanmi?” kabi jumlalar bilan
oʻzini xuddi sizni diqqat bilan tinglagandek koʻrsatadi.
– Qisman muammoning sababi shundaki, Mich, kishilar nuqul
qayergadir shoshadi,
— dedi Morri. – Odamlar hali hayot mazmunini
topmagan va shu sababli, ular doim uni topishga oshiqadi. Ular
mazmun keyingi mashina, keyingi uy, keyingi ishda deb oʻylaydi.
Keyin esa bular ham hayotga mazmun berolmasligini tushunib,
|