Моррининг сешанба дарслари


Sakkizinchi seshanba: pul haqida suhbatlashamiz



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Sakkizinchi seshanba: pul haqida suhbatlashamiz
 
“Aksariyat  mavjudotlar  taqdir  hukmiga  boʻysunadi,  faqat  insongina 
ongli ravishda oʻz hayotini xatarga qoʻyadi”. 
V. H. Oden, Morrining sevimli shoiri. 
Men gazetani Morriga koʻrinarli qilib tutib turdim: 
Qabrtoshimda “Men hech qachon telekompaniyalar tarmogʻiga 
egalik qilmaganman” degan yozuv boʻlishini xohlamayman 
Morri  kuldi,  soʻng  bosh  chayqatdi.  Tongi  quyosh  uning  ortidagi 
derazadan  moʻralar,  uning  nurlari  deraza  tokchasidagi  hibiskus 
butasi  gullariga  tushib  turardi.  Iqtibos  yirik  muzokarada  CBS 
te
leradio  tarmogʻini  oʻzlashtirib  ololmaganidan  nolib  yurgan  media 
magnat,  milliarder,  CNN  telekanali  asoschisi  Ted  Turnerga  tegishli 
edi.  Bu  hikoyani  Morrinikiga  koʻtarib  kelganimning  sababi  meni  bir 
savol  qiziqtirardi:  agar  hozir  Turner  keksa  professorimning  holiga 
tushib  qolib,  nafas  olishi  qiyinlashib,  tanasi  toshdek  qotib,  qolgan 
sanoqli  kunlarini  birma-
bir  taqvimdan  oʻchirib  yashayotgan 
boʻlganida  oʻzining  telekompaniyalar  tarmogʻi  yoʻqligi  sababli  dod-
voy qilayotgan boʻlarmidi? 
– Bularning bari oʻsha bitta muammoga borib taqaladi, Mich, — dedi 
Morri. 
– Biz qadriga yetishimiz zarur boʻlgan narsalarni chalkashtirib 
qoʻyganmiz. Bu esa odamlarning hayotdan koʻngli sovishiga sabab 
boʻladi. Menimcha, shu haqida suhbatlashishimiz kerak. 
Morri bugun bor diqqatini bir yerga jamlagandi. Hozirga kelib, uning 
kunlari  yaxshi  va  yomonga  ajralgan,  bugun  yaxshi  kunlardan  biri 
edi.  Oʻtgan  oqshom  Morrinikiga  bir  mahalliy  musiqiy  guruh  tashrif 
buyurib,  u  uchun  musiqiy  asboblarsiz  xor  ijro  etib  berishibdi  va  u 
menga  bu  haqi
da  goʻyoki  mashhur  “Ink  Spots”  guruhining  oʻzi 
unikiga  mehmonga  kelgandek  toʻlqinlanib  gapirib  berayotgandi. 
Xastalikka chalinishidan oldin ham Morrining musiqaga ishqi baland 
edi,  biroq  hozir  uning  musiqaga  boʻlgan  muhabbati  shunchalar 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
93
 
otashin  ediki,  kuy 
eshitganida  koʻziga  yosh  kelardi.  Baʼzan  tunlari 
koʻzlarini  yumgancha  opera  tinglar,  ijrochilarning  sohir  ovozlariga 
hamohang xayolan koʻkda parvoz qilardi. 
–  Kechagi  guruhning  ijrosini  eshitib  koʻrganingda  edi,  Mich!  Mana 
buni ovoz desa boʻladi! 
Morri  har  doim  kuylash,  raqs  tushish  va  kulish  kabi  oddiy 
narsalardan  zavq  olishga  ishqiboz  edi.  Hozir  esa  moddiy 
narsalarning  qadri  har  qachongidan  ham  pasaygan  yoki  ular  oʻz 
ahamiyatini  butunlay  yoʻqotgandi.  Odamlar  vafot  etganida, 
koʻpincha,  “Buni  goʻringga  orqalab  keta  olmaysan”  degan  iborani 
eshitamiz. Morri bu hikmatni ancha oldin anglab yetgandek edi. 
–  Bizda  miyani  yuvishning  bir  shakli  shiddatli  tus  olmoqda,  — 
xoʻrsinib qoʻydi Morri. – Bilasanmi, odamlar miyasini yuvish qanday 
amalga oshiriladi? Bir narsani qayta va qayta takrorlayverish orqali. 
Mamlakatimizda  hozir  aynan  shu  narsa  sodir  boʻlmoqda. 
Moddiyatga  egalik  qilish  yaxshi.  Puling  koʻp  boʻlgani  yaxshi.  Mol-
mulkning  koʻproq  boʻlishi  ham  yaxshi.  Qancha  koʻp  foyda  kelsa, 
shuncha  yaxshi.  Koʻproq  boʻlgani  yaxshi.  Koʻproq  boʻlgani  yaxshi. 
Oʻzimiz  ham  shuni  takrorlaymiz  va  toki  hech  kimning  oʻzgacha 
fikrlashga  hafsalasi  qolmagunicha,  boshqalar  ham  takror  va  takror 
shu narsani miyamizga quyishadi. Bu tushuncha oddiy insonlarning 
miyasiga  shu  qadar  oʻtirib  qolganki,  ular  aslida  hayotda  nima 
muhimligini  ham  farqlay  olmay  qolgan.  Umrim  davomida  qayerga 
bormay, men uchratgan odamlarning barchasi birorta yangi narsani 
qoʻlga  kiritish  ishtiyoqida  yonardi.  Yangi  mashinani  qoʻlga  kiritish. 
Yangi uyni qoʻlga kiritish. Soʻnggi chiqqan oʻyinchoqni qoʻlga kiritish. 
Keyin esa ular, albatta, senga yangi oʻljasi haqida aytishni xohlaydi. 
“Bilasanmi, nima sotib oldim? Nima olganimni top-chi?”. Bilasanmi, 
men  buni  qanday  talqin  qilardim?  U  odamlar  shu  qadar  mehrga 
tashna  ediki, 
uning  oʻrnini  bosuvchi  har  qanday  narsani  qabul 
qilaverardi. Moddiyat bizni oʻz bagʻriga oladi, degan umidda odamlar 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin