Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
96
boʻldim. Boy va mashhur sportchilar orasida ishlaganim sababli
ehtiyojlarim haqiqiy ekanligi, mening o
chkoʻzligim ularniki bilan
solishtirganda hech narsa emasligiga oʻzimni ishontirgandim.
Morri bir harakat bilan bularning bari xomxayol ekanini anglatib
qoʻydi.
– Mich, agar sendan yuqorida turgan kishilarga oʻzingni koʻz-koʻz
qilishga urinayotgan boʻlsang, buni esingdan chiqar. Ular senga bari
bir past nazar bilan qarashadi. Agar oʻzingdan quyi odamlarga
oʻzingni koʻz-koʻz qilishga urinayotgan boʻlsang, buni ham esingdan
chiqar. Ular senga faqat hasad qilishadi. Mansab hech narsani
oʻzgartirmaydi. Faqatgina ochiqkoʻngillik seni boshqa istalgan kishi
bilan tenglashtirishga qodir.
U
bir oz tin oldi, keyin menga qaradi:
– Men oʻlyapman, toʻgʻrimi?
– Ha.
– Nima deb oʻylaysan, nega boshqalarning muammolarini tinglash
men uchun shunchalik muhim? Oʻzimning dardim, ogʻriqlarim
kammi menga? Albatta, yetarli. Lekin kimgadir nimadir berish orqali
tirikligimni his qilib turaman. Mashinam yoki uyimni emas.
Koʻzgudagi aksimni ham emas. Vaqtimni berib, hozirgina gʻamga
botib turgan kishini tabassum qildirishga muvaffaq boʻlganimda,
oʻzimni xuddi sogʻlom kishidek his qilaman. Qalbing buyurgan
ishlarni qil. Shunday qilsang, qoniqmaslik hissini tuymaysan, hasad
qilmaysan, boshqalarda bor narsalarga ega boʻlish ishtiyoqida
kuymaysan. Aksincha, qilgan ishlaring natijasidan huzurlanasan.
U yoʻtaldi va kursisida turgan kichik qoʻngʻiroqchaga qoʻl uzatdi. Bir
necha bor uni qoʻliga olishga urindi, uddasidan chiqa olmadi;
nihoyat, men uni olib, Morrining kaftiga qoʻydim.
– Rahmat, – deb shivirladi u. Konnini chaqirish uchun qoʻngʻiroqni
holsizgina siltadi.
– Anavi yigit, Ted Turner, qabr toshiga yozdirish
uchun boshqa narsa oʻylab topa olmabdimi? – dedi Morri.