Моррининг сешанба дарслари


Toʻqqizinchi seshanba: mehr barhayot qolishi toʻgʻrisida



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Toʻqqizinchi seshanba: mehr barhayot qolishi toʻgʻrisida 
suhbatlashamiz
 
“Har  tun  uyquga  ketganimda,  oʻlaman.  Ertasi  kuni  tongda 
uygʻonganimda esa, qayta tugʻilaman”. 
Mahatma Gandi. 
Daraxtlar bargi sargʻayib, Gʻarbiy Nyuton shaharchasi oralab oʻtgan 
yoʻl  oltin  va  zang  tusini  olayotgan  palla.  Detroytda  kasaba 
uyushmasi  va  nashri
yotlar  oʻrtasidagi  mojaro  boshi  berk  koʻchaga 
kirib 
qolgan, 
tomonlar 
bir-birini 
murosa 
qilishdan 
bosh 
tortayotganlikda 
ayblash 
bilan 
ovora. 
Televideniye 
orqali 
uzatilayotgan  xabarlar  esa  undan  battar  yurakni  ezadi.  Kentukki 
qishloqlaridan  birida  uch  erkak 
qabrtosh  boʻlaklarini  koʻprikdan 
pastga uloqtirib, koʻprik tagidan oʻtayotgan mashinaning old oynasini 
sindirgan,  mashinada  oilasi  bilan  ziyoratga  ketayotgan  oʻsmir  qiz 
esa voqea joyida vafot etgan.  Kaliforniyada O. J.  Simpsonning sud 
ishi yakuniga yetay deb qolgan va butun aholining fikr-u xayoli shu 
ishga  qaratilgandi.  Hattoki  aeroportlarda  ham  zallarga  oʻrnatilgan 
televizorlar  CNN  kanaliga  toʻgʻrilangan  boʻlib,  to  parvozingizga 
chiqish  uchun  yoʻlakdan  kirib  ketguningizcha  O.J.  Simpsonning 
ishiga taalluql
i yangiliklardan boxabar boʻlishingiz mumkin edi. 
Ukamning  holini  soʻrash  uchun  bir  necha  marta  Ispaniyaga 
qoʻngʻiroq  qildim.  Chindan  ham  u  bilan  suhbatlashishni  juda 
xohlashimni,  soʻnggi  paytlarda  munosabatlarimiz  haqida  koʻp 
oʻylayotganimni  aytib,  telefon  avtojavobbergichida  xabarlar 
qoldirdim.  Bir necha hafta  oʻtib,  ukamdan  ishlari  joyida  ekani,  lekin 
xastaligi  haqida  umuman  gaplashishni  istamasligi  va  bundan 
afsusdaligi aytilgan qisqa xabar oldim. 
Keksa professorimni esa xastalik toʻgʻrisidagi suhbatlar emas, balki 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
98
 
xastalikning oʻzi domiga tortib ketayotgandi. Oxirgi tashrifimdan beri 
hamshira  uning  olatiga  peshobni  naycha  orqali  tortib  olib,  kursi 
poyida  turgan  plastik  qopga  boʻshatuvchi  kateter  oʻrnatibdi.  Uning 
oyoqlarini  muntazam  toʻgʻrilab  turish  zarur  edi  (ALSning  shafqatsiz 
hazillaridan biri 
– professor oyoqlarini qimirlata olmasa-da, hali ham 
ogʻriq  his  qilardi),  chunki  oyoqlar  penoplast  toʻshamadan  aynan 
maʼlum  dyuymga  osilib  turmasa,  kimdir  ularga  sanchqi  tiqib 
olayotgandek  azob  berardi.  Naq  suh
batning  oʻrtasida  Morri 
mehmonlardan  uning  oyoqlarini  koʻtarib,  bir  dyuymginaga  surish 
yoki  rang-barang  yostiqlarga  qulayroq  joylashish  uchun  boshini 
toʻgʻrilab  qoʻyishni  soʻrardi.  Oʻz  boshingizni  qimirlatishga  ham 
qurbingiz yetmay qolishini tasavvur qila olasizmi? 
Har  tashrifimda  Morri  kursisiga  tobora  chuqurroq  singib,  uning 
umurtqa  pogʻonasi  ham  kursi  shakliga  kirayotgandek  tuyulardi. 
Shunga  qaramasdan,  har  tong  uni  yotoqdan  olib,  aravachasiga 
oʻtqizib, kitoblar va qogʻozlarga toʻla, deraza tokchasida hibiskus guli 
oʻsayotgan  shaxsiy  kabinetiga  eltib  qoʻyishlarini  soʻrardi. 
Odatdagidek, Morri shu harakatdan ham falsafiy maʼno topardi. 
– Oxirgi yozilgan hikmatli soʻzlarim shu haqida, — dedi u. 
– Qani, eshitaylik-chi. 
– Yotogʻingdan turmabsan, demakki, sen – murdasan. 
Morri jilmaydi. Faqatgina Morri shu holatida ham bu kabi hazillarga 
kula olardi. 
“Tungi xabarlar” koʻrsatuvi xodimlari va hattoki Ted Koppelning oʻzi 
ham unga bir necha marta qoʻngʻiroq qilishdi. 
–  Uyga  kelib,  men  haqimda  yana  bitta  koʻrsatuv  olishmoqchi,  — 
dedi u. 
– Lekin yana bir oz kutaylik, deyishdi. 
– Nimani kutadi? Soʻnggi nafasingizni kameraga muhrlashnimi? 
– Qaydam. Bari bir unga ham koʻp qolmadi. 
– Unday demang. 
– Uzr. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
99
 
– Joningiz uzilishini kutayotganliklari gʻashimni keltiryapti. 
– Menga joning achigani uchun ham bu seni gʻashingga tegyapti, — 
jilmaydi  Morri. 
– Mich, balki ular tomoshabinlarga qaygʻuli tomosha 
koʻrsatish  maqsadida mendan  foydalanmoqchidir.  Qarshiligim  yoʻq. 
Ehtimol,  men  ham  ulardan  foydalanayotgandirman.  Ular  fikrlarimni 
millionlab  odamlarga  yetkazishimga  koʻmaklashmoqda.  Ularsiz  bu 
narsa  qoʻlimdan  kelmasdi-ku,  toʻgʻrimi?  Shunday  ekan,  bu  ikki 
tomonlama manfaatli bitim. 
Uni  yana  uzoq,  tomoqni  qiruvchi  yoʻtal  tutib,  oxiri  quyuq  balgʻam 
koʻchishi bilan yakunlandi. 
– Nima boʻlganda ham, — dedi Morri. – Men ularga koʻp kutmaslikni 
maslahat  berdim,  chunki  yaqinda  ovozimdan  ham  tamoman 
ayrilishim  mumkin.  Bu  dard  oʻpkamga  yetib  kelishi  bilan  tildan 
qolsam  kerak.  Hozir  dam  olmasdan  uzoq  gapirolmayman.  Meni 
koʻrgani  kelmoqchi  boʻlganlarning  ham  koʻpchiligiga  rad  javobini 
berdim.  Mich,  ular  biram  koʻpki.  Juda  holdan  toyganman.  Ularga 
yetarlicha eʼtibor qaratmasdan yordam berolmayman. 
Oʻzimni aybdor his qilgancha, magnitofonga qaradim. Goʻyoki uning 
qimmatli soʻzlashish vaqtini oʻgʻirlayotgandek edim. 
–  Buni  qoldirib  tursakmikan?  —  soʻradim  men.  –  Sizni  ancha 
charchatsa kerak? 
Morri koʻzlarini yumib, boshini chayqadi. U qayeridadir turgan sassiz 
ogʻriq bosilishini kutayotgandek koʻrindi. 
–  Yoʻq,  —  dedi u va nihoyat.  –  Biz davom etishimiz kerak. Axir bu 
bizning soʻnggi ilmiy ishimiz-ku. 
– Soʻnggi ishimiz. 
– Uni qoyilmaqom qilib yozish istagidamiz-ku. 
Universitetda  diplom  ishimni  birgalikda  yozganimiz  yodimga  tushdi. 
Gʻoya Morridan chiqqandi, albatta. U menga aʼlo darajali diplom ishi 
yozish  uchun  bilimim  yetarli  ekanini  aytgandi,  ungacha  men  bu 
narsani xayolimga ham keltirmagandim. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
100
 
Mana  endi,  xuddi  oʻsha  ishni  yana  birgalikda  bajaryapmiz.  Yana 
barchasi  bitta  gʻoyadan  boshlandi.  Oʻlayotgan  odam  yashashda 
davom etayotgan odamga u nimalarni bilishi zarurligi haqida soʻzlab 
bermoqda. 
Faqat 
bu 
safar 
men 
ishni 
yakunlashga 
oshiqmayotgandim. 
– Kecha menga bir qiziq savol berishdi, — dedi Morri, yelkam osha 
devorga  osigʻliq  turgan  kiltni  tomosha  qilib.  Doʻstlari  kiltni  ezgu 
tilaklar bitilgan quroqlardan tikib, Morrining 70 yillik yubileyiga sovgʻa 
qilishgan.  Kiltning  har  bir  qurogʻida  turlicha  tilaklar  bildirilgandi: 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin