Моррининг сешанба дарслари


Yettinchi seshanba: keksayishdan qoʻrqish haqida



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Yettinchi seshanba: keksayishdan qoʻrqish haqida 
suhbatlashamiz
 
Morri  jangni  boy  berdi.  Endi  kimdir  uning  ketini  artib  qoʻyadigan 
boʻldi. 
U  buni  odatiy  dovyuraklik  bilan  qabul  qildi.  Hojatdan  keyin  qoʻli 
orqasiga 
yetmayotganini 
anglagach, 
yana 
bir 
imkoniyati 
cheklanganidan Konnini xabardor qildi. 
– Mening oʻrnimga bu ishni qilishga uyalmaysizmi? 
– Yoʻq, — javob berdi u. 
Dastlab insonning oʻzidan soʻrab olish – Morri uchun xos xislat edi. 
Bu  holat  qaysidir  maʼnoda  xastalikka  toʻliq  taslim  boʻlish 
hisoblangani  sababli  Morri  unga  koʻnikish  bir  oz  vaqt  olganini  tan 
oldi.  U  endilikda  eng  oddiy  va  oʻta  shaxsiy  ishlarni  bajarish 
imkoniyatidan  ham  mahrum  boʻlgandi:  hojatxonaga  borish,  burnini 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
87
 
artish,  avratini yuvish. Nafas olish va ovqatini yutishdan tashqari,  u 
deyarli barcha narsada boshqalarga qaram boʻlib qolgandi. 
Men  Morridan  qanday  qilib  shu  vaziyatda  ham  nekbin  kayfiyatda 
yashashni uddalayotganini soʻradim. 
–  Mich,  bu  qiziq,  —  dedi  u.  –  Men  mustaqil  odamman,  demak, 
bularning  barchasi 
–  mashinadan  tushishda  birovning  yordamiga 
tayanish,  kimdir  meni  kiyintirib  qoʻyishi  kabi  ishlarga  qarshi 
kurashishim zarur, degan fikrda edim. Boshida bir oz uyaldim ham, 
chunki  jamiyatimiz  bizga  ketimizni  oʻzimiz  arta  olmasak,  bundan 
uyalishimiz  kerakligini 
uqtiradi.  Keyin  oʻylab  qoldim:  “Jamiyat  nima 
deyishini  esingdan  chiqar.  Umrimning  koʻp  qismini  jamiyat 
meʼyorlariga  amal  qilmay  oʻtkazdim.  Bu  safar  ham  uyalib 
oʻtirmayman.  Shu  ham  muammomi?”  Bilasanmi  nima?  Juda  gʻalati 
narsa sodir boʻldi shunda. 
– Nima boʻldi? 
–  Boshqalarga  qaramligimdan  rohatlana  boshladim.  Hozir  meni 
yonboshga yotqizib, ogʻriqlarni oldini olish uchun orqamga malham 
surib qoʻyishlaridan rohatlanaman.  Peshonamni artib qoʻyishganida 
yoki  oyoqlarimni  uqalashganda  ham.  Men  bundan  zavqlanaman. 
Koʻzlarimni  yumib,  xursandchilikni  qalbimga  singdiraman.  Bu  juda 
tanish  tuygʻudek  tuyuladi menga.  Xuddi bolalikka  qaytib qolgandek 
sezaman oʻzimni. Kimdir choʻmiltiradi. Kimdir koʻtaradi. Kimdir artib 
qoʻyadi. Bola boʻlishni hammamiz bilamiz. Bu narsa barchamizning 
ich-
ichimizda  bor.  Men  uchun  bu,  shunchaki,  bola  boʻlishdan 
rohatlanishni  qayta  yodga  olish,  xolos.  Haqiqat  shundaki, 
hammamiz ham onamiz bizni qoʻllariga olishi, tebratishi, boshimizni 
silashidan  zavqlanib  toʻymaganmiz.  Har  birimiz  qaysidir  darajada 
oʻsha  kunlarni  –  parvarishimiz  butunlay  oʻzgalarning  zimmasida 
boʻlgan paytlarga, bizga beminnat mehr, shartsiz eʼtibor koʻrsatilgan 
davrlarni  qoʻmsaymiz.  Koʻpchiligimiz  shu  mehrga  toʻymay 
qolganmiz. Menga shu narsalar yetishmagan. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
88
 
Men  Morriga  qaradim  va  birdaniga  nega  u  tomonga  egilib, 
mikrofonni toʻgʻrilashim, yostiqlarini koʻtarib qoʻyishim yoki mijjalarini 
artib  qoʻyishimdan  bunchalar  xursand  boʻlib  ketishini  tushundim. 
Inson tafti. Yetmish sakkiz yoshida u kattalar kabi berib, bolalarcha 
qabul qilayotgandi. 
Shu  kuni  kechga  yaqin  keksayish  haqida  suhbatlashdik.  Ehtimol, 
keksayish  qoʻrquvi  desam  toʻgʻriroq  boʻlar.  Bu  mavzu  bizning 
avlodimizni  qiynayotgan  savollar  roʻyxatidagi  masalalardan  biri  edi. 
Boston aeroportidan kelgunimcha yoʻldagi yosh va chiroyli odamlar 
aks  ettirilgan  reklama  taxtalarini  sanadim.  Bittasida  kelishgan  yigit, 
kovboylar  shlyapasi  kiyib,  tamaki  chekib  turibdi,  keyingisida  ikkita 
yosh,  chiroyli  ayol  shampun  idishiga  qarab  jilmaymoqda,  yana 
biridan  jinsi  shimining  tugmalari  qadalm
agan  oʻsmir  qiz  nozli  nigoh 
tashlamoqda, boshqasida esa qora chiyduxoba koʻylakli jozibali ayol 
kostyum-
shim  kiyib  olgan  erkakning  yonida  turibdi,  qoʻllarida  bir 
qadah shotland viskisi. 
Yoʻlga  oʻrnatilgan  reklamalarda  birorta  ham  yoshi  oʻttiz  beshdan 
oshga
n  kishini  koʻrmadim.  Morriga  qanchalik  choʻqqida  qolishga 
urinmay,  bari  bir  dovonni  oshib,  yana  pastlay  boshlaganimni  his 
qilayotganimni aytdim. Muntazam jismoniy mashqlar qilardim. Toʻgʻri 
kelgan  narsani  yeb  ketavermasdim,  parhezli  ovqatlar  isteʼmol 
qilardim.  Oynaga  tikilib,  sochimning  farqini  tekshirardim.  Avvallari 
yosh  boʻlishimga  qaramay,  koʻp  yutuqlarga  erishganim  sababli 
yoshimni  aytishdan  faxrlanardim,  endi  esa  qirq  yoshga,  demak, 
kasbiy tanazzulga ham, juda yaqinlashib qolganimdan qoʻrqib, yosh 
haqida gapirishdan qochaman. 
Morri keksayishga ijobiy tomondan qarardi. 
– Yoshlikni madh etishlariga men laqqa ishonib ketavermayman, — 
dedi  u. 
–  Quloq  sol,  yoshlik  qanchalar  ogʻir  kechishini  bilaman, 
shuning  uchun  menga  yoshlikni  maqtab  ovora  boʻlma.  Oldimga 
ruhiy  parokandalik,  ichki  ziddiyatlar,  oʻzidan  qoniqmaslik  hissidan 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin