Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
77
professor bilan oʻtirgan boʻlardi. Garchi begonalar Sharlottaning
Morri bilan oʻtkazishi mumkin boʻlgan qimmatli daqiqalarini
oʻgʻirlayotgan boʻlsa-da, u barchasiga sabr bilan qarardi.
– ...maqsad borligini his qilish, – davom etdi Sharlotta. – Ha.
Bilasizmi, bu foydali.
– Shunday
deb umid qilaman, – dedim men.
Yangi
keltirilgan
yeguliklarni
muzlatkichga
joylashtirishga
koʻmaklashdim. Oshxona stolida turli qaydnomalar, xabarlar,
maʼlumotlar va tibbiy koʻrsatmalar yozilgan qogʻoz parchalari
yotardi. Stol usti har doimgidan ham koʻproq dori-darmonlarga toʻlib
ketga
ndi: koʻksov kasali uchun “Seleston”, “Ativan” uyqu dorisi,
infeksiyalarga qarshi kurashish uchun “Naproksen”, sutli qorishma
kukuni va surgi dorilar. Koridor oxirida eshik ochilgani eshitildi.
– Endi boʻshadi, shekilli… Borib qaray-chi.
Sharlotta yana men
keltirgan yeguliklarga koʻz tashlagandi,
birdaniga meni uyat hissi chulgʻab oldi. Bularning bari Morri
endilikda lazzat olishdan mahrum boʻlgan narsalarni yodga solardi.
Morrining dardi ogʻirlashayotganini koʻrsatuvchi belgilar koʻpayib
borayotgandi. Va n
ihoyat, Morrining yoniga kirib oʻtirganimda, u
odatdagidan koʻproq yoʻtalayotganini sezdim: koʻkrak qafasini
larzaga keltirayotgan quruq, tomoqni qiruvchi yoʻtaldan boshi
oldinga silkinib-
silkinib ketardi. Navbatdagi yoʻtal xurujidan keyin u
toʻxtab, koʻzlarini yumdi va chuqur nafas oldi. Uning oʻziga kelib
olishini kutib, jimgina oʻtirdim.
– Tasmaga yozib olyapsanmi? — toʻsatdan soʻradi u, koʻzini
ochmasdan.
– Ha, ha, — dedim men tezda, “Yoqish” va “Yozib olish” tugmalarini
bosa turib.
– Men hozir, — davom etdi u koʻzlari yumuq holda, — voqelikdan
uzilyapman.
– Uzilyapsiz?