Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
65
 
sababli ham tabiat menga nihoyatda maftunkor boʻlib tuyuladi, xuddi 
uni ilk marta koʻrayotgandek. 
Morri  jimib  qoldi.  Bir  muddat  ikkimiz  ham  derazadan  tashqariga 
tikilib turdik. Men u koʻrayotgan narsalarni koʻrishga urindim. Vaqt va 
fa
sllar almashinuvini, oʻzimga sezdirmay sekin-asta oʻtib ketayotgan 
umrimni  koʻrishga  urindim.  Morri  boshini  bir  oz  egib,  yelkasi 
tomonga qayrildi. 
– Qushcha, oʻsha kun bugunmi? – soʻradi u, – bugunmi oʻsha kun? 
*** 
“Tungi  xabarlar”  telekoʻrsatuvidagi  chiqishlari  tufayli  Morriga 
dunyoning turli burchaklaridan maktublar kelishi davom etardi. Morri 
oʻzini  yaxshi  his  qilgan  paytlari  uning  doʻstlari  va  oila  aʼzolari 
maktublarga  javob  yozishga  koʻmaklashish  uchun  unikida  yigʻilar, 
Morri javob xatlari matnini ularga aytib turardi. 
Oʻgʻillari Rob va Jon ham uyda boʻlgan yakshanba kunlarining birida 
hamma  uy  mehmonxonasiga  toʻplandi.  Ozgʻin  oyoqlarini  yopinchiq 
bilan  oʻrab  olgan  Morri  nogironlar  aravachasida  oʻtirardi.  U  sovuq 
yeya  boshlashi  bilan  yordamchilardan  biri  yelkasiga  neylon  kurtka 
tashlab qoʻydi. 
– Birinchi maktub nima haqida? – soʻradi Morri. 
Hamkasblaridan biri onasi ALS xastaligidan vafot etgan Nensi ismli 
ayolning xatini oʻqib berdi. U onasini yoʻqotganidan qanchalar azob 
chekkani  hamda  Morri  qanday  azoblarni  boshdan  kechirayotganini 
tushunishi haqida yozgandi. 
–  Yaxshi,  –  dedi  Morri  maktub  oʻqib  tugatilganda.  Soʻng  koʻzlarini 
yumdi. 
–  Keling,  bunday  boshlaymiz:  “Qadrli  Nensi!  Onangiz 
haqidagi  hikoyangiz  yuragimni  larzaga  soldi.  Qanday  ogʻir 
sinovlardan 
oʻtganingizni  yaxshi  tushunaman.  Qaygʻu-azoblar 
hammaning  ham  boshida  bor.  Ammo  gʻam-qaygʻular  men  uchun 
xayrli boʻldi. Siz uchun ham xayrli boʻladi, deb umid qilaman”. 
– Menimcha, oxirgi qatorni oʻzgartirganingiz yaxshi, – dedi Rob. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
66
 
Morri bir lahza oʻyga toldi. 
– Toʻgʻri aytasan. Bunday desak-chi: “Gʻam-qaygʻuda oʻzingiz uchun 
malham  boʻluvchi  kuch  topa  olasiz,  deb  umid  qilaman”.  Bunisi 
yaxshiroqmi? 
Rob bosh irgʻatdi. 
– “Tashakkur. Morri”, deb qoʻshib qoʻy, – taʼkidladi u. 
Keyingi  maktub  Jeyn  ismli  ayoldan 
boʻlib,  ayol  Morrini  “Tungi 
xabarlar”dagi  chiqishlari  bilan  odamlarni  ruhlantirgani  uchun  oʻz 
minnatdorchiligini  izhor  etgandi.  U  xatida  Morrini  paygʻambar  deb 
atabdi. 
– Bu juda yuksak eʼtirof, – dedi Morrining hamkasbi. – Paygʻambar! 
Morrining  yuzi  buris
hdi.  U  oʻziga  berilgan  bahodan  norozi  ekani 
koʻrinib turardi.  
–  Unga  iltifot  uchun  minnatdorligimni  yozing.  Va  soʻzlarim  u  uchun 
qandaydir  ahamiyat  kasb  etganidan  xursandligimni  bildiring. 
“Tashakkur. Morri”, deb qoʻshib qoʻyishni ham unutmang. 
Bir  Angliyalik  kishi  xatida  Morridan  vafot  etgan  onasi  bilan  ruhlar 
olami orqali muloqot qilishga yordam berishini soʻrabdi. Yana bir xat 
Bostonga  uni  koʻrgani  kelish  niyatida  boʻlgan  juftlikdan  kelibdi. 
Universitetni  tamomlaganidan  keyingi  hayotini  tasvirlab  yozgan 
sobiq  talabadan  kelgan  uzundan-uzoq  maktub  ham  bor  edi.  U 
qotillik  haqida  hikoya  qilardi:  xudkushlik  va  oʻlik  tugʻilgan  uchta 
chaqaloq.  ALS  tufayli  olamd
an  oʻtgan  onasi  haqida  yozibdi. 
Shuningdek,  onasining  qizi,  yaʼni  oʻzi,  ham  shu  xastalikka  duchor 
boʻlishi  mumkinligidan  qoʻrqishini  bildiribdi.  Maktub  tugay  demasdi. 
Ikki bet. Uch bet. Toʻrt bet. 
Morri bu uzun va gʻamgin xatni oxirigacha mijja qoqmay tingladi. Va 
nihoyat u yakunlangach, past ovozda soʻradi: 
– Xoʻsh, nima deb javob beramiz? 
Oʻrtaga jimlik choʻkdi. Oxiri Rob: 
– Uzundan-uzoq maktubingiz uchun tashakkur, desak-chi? — dedi 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
67
 
Hamma kulib yubordi. Morri oʻgʻliga qarab kulimsiradi. 
Uning  kursisi  yonida  yotgan  gazeta  betiga  hozirgina  raqib  jamoani 
yugurishdan 
mahrum 
qilib, 
koptokni 
tutib 
olgan 
Boston 
beyzbolchisining  tabassum  qilib  tushgan  surati  bosilgan.  Shuncha 
kasallik  qolib,  Morri  aynan  sportchining  sharafiga  nomlangan 
xastalikka uchrasa-ya, dega
n oʻy oʻtadi xayolimdan. 
– Lu Gerig esingizdami? — soʻrayman men. 
– Stadiondagi xayrlashuv nutqini eslayman. 
– Demak, oʻsha mashhur gapi ham yodingizdadir? 
– Qaysi biri? 
– 
Qoʻysangiz-chi. 
Lu 
Gerig. 
“Yankilar 
iftixori”. 
Ovozkuchaytirgichlardan aks-sado bilan jaranglagan nutqi-chi? 
– Eslatib yubor menga,  — deydi Morri. – Oʻsha nutqni soʻzlab ber-
chi. 
Ochiq  turgan  derazadan  axlat  tashuvchi  yuk  mashinasining  ovozi 
eshitiladi. Kun issiq boʻlsa-da, Morri oyoqlarini yopinchiq bilan oʻrab, 
yengi uzun koʻylak kiyib olgan. Rangi siniq. Dard uni butunlay mahv 
etgan. 
Ovozimni  balandlatib,  soʻzlari  stadion  devorlariga  urilib,  aks-sado 
bergan Gerigga taqlid qilaman: 
– Buu-gunnn… Men oʻzimni… yer yuzidagi… eng omadli inson deb 
bilaman. 
Morri koʻzlarini yumib, ohista bosh irgʻaydi. 
– Ha, mayli, men bunday demaganman. 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin