Beshinchi seshanba: oila haqida suhbatlashamiz
Sentyabrning birinchi haftasi edi. Oʻqish boshlanadigan hafta. Oʻttiz
besh yildan beri birinchi marta keksa professorimni kuzgi semestr
darslari universitetga chor
lamayotgandi. Boston talabalarga toʻlib
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
68
ketdi: qaysi koʻchaga kirmang, yuklarini tushirayotgan yoshlarni
koʻrish mumkin. Morri esa oʻz kabinetida oʻtirardi. Nafaqaga chiqqan
futbolchilar birinchi yakshanba uyida oʻtirib, oʻyinni televizorda
tomosha qilar e
kan, “Hali ham ular kabi maydonda oʻyin koʻrsatish
qoʻlimdan kelardi-ku” degan xayollarga berilgani kabi Morriga ham
uyda oʻtirishi qandaydir xatolikdek tuyulardi. Qariya sportchilar bilan
ishlab koʻrganim uchun tajribamdan bilaman: oʻyinlar mavsumi
boshla
nganda ularni holi qoldirgan maʼqul. Hech narsa demaslik
kerak. Ammo Morriga uning vaqti tugab borayotganini eslatishimga
zarurat tugʻilmadi.
Tasmaga yozib olinayotgan suhbatlarimizda, Morri biror narsani
uzoq tutib turishga qiynalayotgani sababli, qoʻl mikrofoni oʻrniga
telesuxandonlar orasida ommalashgan toʻgʻnogʻich mikrofondan
foydalana boshladik. Bu turdagi mikrofonlar kiyim yoqasi yoki
kamzulning qaytarma yoqasiga qistirib qoʻyiladi. Morri tobora ozib-
toʻzib borayotgan egniga doim mayin paxtali koʻylaklar kiyar, ular
nuqul shalvirab, osilib turgani sababli mikrofon goh qiyshayib, goh
toʻntarilib qolar, men esa tez-tez choʻzilib, uni toʻgʻrilab qoʻyishga
majbur boʻlardim. Bunday paytlarda juda yaqin – quchoqlagulik
masofada turib qolishimiz Morriga yoqa
digandek koʻrinardi. Dardga
chalinganidan beri uning inson taftiga ehtiyojmandligi yanada
kuchaygandi. Morri tomonga egilganimda, uning xirillab nafas olishi,
zaifgina yoʻtalib qoʻyishi, yutinishdan oldin labini yalashigacha
eshitilardi.
– Xoʻsh, doʻstim, – dedi Morri, – bugun nima haqida
suhbatlashamiz?
– Oila mavzusiga nima deysiz?
– Oila, – Morri bir muddat oʻyga toldi. – Koʻrib turganingdek, mening
oilam yonimda.
– Boshi bilan kitob javonlari ustidagi suratlarga
ishora qildi: kichkintoy Morri buvisi bilan; yigitcha Morri ukasi Devid
bilan; Morri rafiqasi Sharlotta bilan; Morri ikki oʻgʻli: Tokyoda jurnalist
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
69
boʻlib ishlovchi Rob va Bostonda kompyuterlar boʻyicha mutaxassis
Jon bilan.
– Soʻnggi haftalarda muhokama qilingan mavzular taʼsirida oila
yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi,
– dedi Morri. – Gap
shundaki, hozirda oiladan oʻzga inson qad koʻtarishi mumkin boʻlgan
zamin
–
ishonchli
poydevor
mavjud
emas.
Xastalikka
chalinganimdan beri bu narsani teranroq anglab yetdim. Oilang
qoʻllab-quvvatlashi, mehri, gʻamxoʻrligidan mahrum ekansan, biror
arzirli tirgagim yoʻq desang ham boʻladi. Muhabbat – oliy neʼmat.
Buyuk shoirimiz Oden aytganidek, “Bir-biringizga mehr-muhabbat
koʻrsating, yoʻqsa halokatga yuz tutasiz”.
“Bir-biringizga mehr-muhabbat koʻrsating, yoʻqsa halokatga yuz
tutasiz”, – yozib qoʻydim men.
– Buni Oden aytganmi?
– “Bir-biringizga mehr-muhabbat koʻrsating, yoʻqsa halokatga yuz
tutasiz”. Yaxshi gap, a? Juda toʻgʻri aytilgan. Mehr-muhabbatsiz
qanotlari singan qushga oʻxshaymiz. Aytaylik, men ajrashgan,
yolgʻiz yoki befarzand boʻlganimda, bu dard – boshimga tushgan
sinovlarni yengib oʻtish ancha ogʻirroq boʻlardi. Menimcha,
bardoshim yetmasdi. Toʻgʻri, odamlar mendan xabar olgani kelardi:
hamkasblarim, shogirdlarim, ammo ular har doim sen bilan birga
boʻluvchi yaqinlaringdek boʻlolmaydi. Senga koʻz-quloq boʻlib, doimo
qarab turadigan kimingdir borligi bari bir boshqacha. Oilaning yana
bir ahamiyati ham shu: faqat yaxsh
i koʻribgina qolmay, boshqalarga
ular haqida qaygʻuradigan inson borligini bildirib turish. Onamning
vafotidan keyin aynan shu narsani juda sogʻinganman; men bu
narsani “ruhiy xotirjamlik” deb atayman: oilang har doim sen uchun
qaygʻurishini bilish. Hech narsa buning oʻrnini bosa olmaydi. Na
boylik, na shon-shuhrat.
U menga bir qarab oldi-da:
– Na ish, — deb qoʻshib qoʻydi.
|