Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
70
 
Risoladagidek oila qurish qisqagina roʻyxatimdagi masalalardan biri 
edi: kech boʻlmasidan tartibga solinishi zarur boʻlgan ishlar roʻyxati. 
Morriga  bizning  avlod  farzand  koʻrishga  qattiq  ikkilanayotgani, 
chunki  farzandlar  qoʻl-oyogʻimizga  kishan  boʻlishi  va  oʻzimiz 
istamagan  “ota-onalik”  vazifalari  boʻynimizga  ilib  qoʻyishidan 
hadiksirashimiz  haqida  aytdim.  Oʻzimda  ham  shunday  hadiksirash 
borligini tan oldim. 
Biroq Morriga qarab, oʻzimga oʻzim savol berardim: Agar men uning 
oʻrnida  –  oʻlim  toʻshagida  yotgan  boʻlsam  va  oilam,  bola-chaqam 
boʻlmasa,  ichki  boʻm-boʻshlikka  bardosh  bera  olarmidim?  U  ikki 
oʻgʻlini mehribon va gʻamxoʻr qilib tarbiyalagan va ikkalasi ham Morri 
kabi oʻz mehrini namoyish etishdan tortinmasdi. Agar u xohlaganida, 
ikki oʻgʻil ham barcha ishini tashlab, soʻnggi oylarning har lahzasini 
otasining yonida oʻtkazgan boʻlardi. Ammo u buni xohlamasdi. 
–  Yashashdan  toʻxtamang,  —  dedi  u  oʻgʻillariga.  –  Aks  holda,  bu 
dard bir emas, uch kishining hayotini vayron qilgan boʻladi. 
Shu  yoʻsinda,  u  oʻlayotgan  joyida  ham  farzandlarining  oʻz  dunyosi 
borligini  hurmat  qilishini  koʻrsatdi.  Balki  shu  sabablidir,  ular 
Morrining yonida boʻlganda, mehrlari daryodek oqishi, tinimsiz hazil 
qilishlari,  krovat  yonida  oʻtirib,  uning  qoʻllaridan  tutishlari  va  oʻpib 
qoʻyishlari odamni koʻp ham hayratga solmasdi. 
–  Odamlar  mendan  farzandli  boʻlish  yoki  farzandsiz  oʻtish  haqida 
qachon  maslahat  soʻramasin,  men  hech  qachon  ularga  toʻgʻridan-
toʻgʻri  nima  qilishni  aytmayman,  —  dedi  Morri  toʻngʻich  oʻgʻlining 
suratiga  qarab. 
–  Shunchaki,  “Farzandli  boʻlishdek  buyuk  neʼmat 
yoʻq”  deb  javob  beraman.  Tamom.  Buning  oʻrnini  bosa  oladigan 
narsa  mavjud  emas.  Doʻsting  bilan  ham,  suyukliging  bilan  ham  bu 
tuygʻuni  boshdan  kechira  olmaysan.  Oʻzingdan  boshqa  bir  inson 
uchun  toʻliq  masʼuliyatni  zimmangga  olish,  unga  cheksiz  mehr 
berish  va  u  bilan  jon  rishtasini  bogʻlash  tuygʻusini  his  qilib  koʻrging 
kelsa, unda farzand koʻrishing kerak. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
71
 
–  Demak,  agar  hayotingizni  qaytadan  yashash  imkoni  boʻlganda, 
yana farzand koʻrishni tanlarmidingiz? — soʻradim men. 
Suratga  koʻz  tashladim:  Rob  Morrining  peshonasidan  oʻpib 
qoʻyayotgan, Morri esa koʻzlarini yumgancha kulayotgan edi. 
– Yana farzand koʻrishni tanlarmidim? — dedi u, hayrat bilan menga 
boqib, 
–  Mich,  men  hech  qachon  bunday  imkoniyatni  qoʻldan 
chiqarmasdim. Garchi… 
U bir yutinib olib, suratni tizzasiga qoʻydi. 
– Garchi bu juda qimmatga tushsa ham, – dedi u. 
– Chunki bari bir ularni tark etasiz. 
– Chunki ularni tez orada tark etaman. 
U  lablarini  qisib,  koʻzini  yumdi.  Yanogʻiga  bir  tomchi  koʻz  yosh 
yumalaganini koʻrdim. 
– Endi esa, – shivirladi u, – sen gapirasan. 
– Men? 
– Oilang haqida. Ota-onangni bilaman. Ular bilan ancha yillar oldin – 
bitiruv oqshomida tanishganmiz. Oilangizda qiz farzand bor, a? 
– Ha, – dedim men. 
– Sendan katta, toʻgʻrimi? 
– Ha, opam bor. 
– Yana bitta oʻgʻil farzand ham bor, toʻgʻrimi? 
Men bosh irgʻatdim. 
– Sendan kichikmi? 
– Ha, ukam. 
– Menga oʻxsharkansan, – dedi Morri. – Mening ham ukam bor. 
– Oʻxshash ekanmiz, – dedim men. 
– U ham bitirish oqshomingga kelgandi-ya? 
Men kiprik qoqdim. Bir lahza 16 yil oldingi hammamiz yigʻilgan kun 
koʻz  oldimga  keldi:  quyoshli  jazirama  kun,  moviy  ridolar,  quyosh 
nurlaridan  koʻzimiz  qisilgan,  suratga  tushish  uchun  bir-birmizning 
yelkamizdan quchoqlayapmiz, kimdir sanaydi “bir, ikki, uuuch…” 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin