Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
79
– Bilaman, gap faqat oʻlim haqida borayotgandek tuyulyapti senga,
– dedi u. – Lekin senga takror va takror taʼkidlaganimdek, oʻlishni
oʻrgangan kuning yashashni ham oʻrganasan.
Morri boshidan oʻtgan eng qoʻrqinchli onlari haqida gapirib berdi:
koʻkrak qafasi xurujlar iskanjasida qolib ketgandek yoki keyingi
nafasi soʻnggisi boʻlishi mumkindek tuyulgan paytlar.
– Dahshatli onlar, — dedi u. – Bunday paytda eng birinchi boʻlib,
qoʻrquv, vahima va sarosimaga tushib qolasan.
Biroq u ushbu hislarni, ularning tuzilishi, t
aʼmi, etni jimirlatib, miyaga
chaqmoqdek qaynoq qon yugurtirishini bilib olgach, oʻziga “Yaxshi.
Bu qoʻrquv. Undan chekinish kerak. Chekinish”, deya oladigan
boʻldi.
Men bu kuch kundalik hayotda qanchalar asqatishi mumkinligi
haqida oʻyladim. Baʼzan oʻzimizni shunchalar yolgʻiz his qilamizki,
oʻksib yigʻlagimiz keladi; lekin yigʻlash uyat deb, koʻz yoshlarimizni
ichimizga yutamiz. Yoki umr yoʻldoshimizga nisbatan mehrimiz
joʻshib
ketgan
paytlar
ham,
tuygʻularimizni
izhor
etish
munosabatlarimizga aks taʼsir oʻtkazishidan qoʻrqib, indamay qoʻya
qolamiz.
Morrining yondashuvi toʻlaligicha buning aksi edi. Joʻmrakni
oxirigacha och. Oʻzingni tuygʻular bilan pokla. Bu senga ozor
bermaydi. Faqatgina yordami tegadi. Qoʻrquv ichingga kirib
borishiga imkon berib, uni x
uddi koʻylak kabi bemalol egningga ilib
ketaveradigan boʻlganingdagina, oʻzingga “Hammasi yaxshi, bu
shunchaki qoʻrquv, xolos. U meni boshqarishiga imkon bermasligim
kerak. Uning nimalarga qodirligini bilaman”, deya olasan.
Yolgʻizlik bilan ham xuddi shunday yoʻl tut: unga erk ber, yum-yum
koʻz-yosh toʻk. Keyin esa, “Mana, yolgʻizlik taʼmini ham totib koʻrdim.
Oʻzimni yolgʻiz sezishdan qoʻrqmayman, lekin endi uni bir chetga
surib, bu olamning boshqa koʻplab tuygʻulari bilan tanishib, ularni
ham his
qilib ko
ʻraman”, deyishga kuch top.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
80
– Voqelikdan uzil, – takrorladi Morri.
U koʻzlarini yumib, yoʻtaldi. Keyin yana.
Uchinchisida yanada qattiqroq yoʻtaldi.
Bir payt u
boʻgʻila boshladi: oʻpkasida yigʻilib qolgan tiqin uni
masxaralayotgandek yarim yoʻlgacha koʻtarilib, keyin yana orqaga
qaytar, nafas olishga imkon bermasdi. U tomogʻiga nimadir tiqilib,
oʻtirgan joyida sakrab-sakrab tushar, qoʻllarini oldinga uzatib, qattiq
silkitardi. Koʻzlari yumuq holda qoʻllarini silkitishidan vas-vas boʻlib
qolgandek koʻrinardi. Peshonamni ter bosganini sezdim. Men
beixtiyor uni oʻzimga tortib, ikki kuragi oʻrtasiga shapatiladim; u
sochiqcha bilan ogʻzini berkitib, yoʻtaldi-da, balgʻam xalqobini
tupurib yubordi.
Yoʻtal toʻxtadi; Morri oʻzining yumshoq yostiqlariga yastanib, yutoqib
nafas oldi.
– Yaxshimisiz? Oʻzingizga keldingizmi? – soʻradim men, qoʻrquvimni
yashirishga urinib.
– Ha… yaxshiman, – shivirladi Morri qaltirayotgan barmogʻini
koʻtarib. – Hozir… Bir daqiqa.
Uning nafas olishi bir maromga tushgunicha jim oʻtirdik. Boshim
terlab ketganini his qildim. U derazani yopishimni soʻradi – yengil
shabadada ham sovuq yerdi. Tashqarida havo 26 daraja issiqligini
aytish esimdan chiqibdi.
– Qanday oʻlishni
xohlashimni bilaman, – va nihoyat shivirladi u.
Jimgina uning gapida davom etishini kutdim.
– Men xotirjam, osoyishta oʻlim topishni xohlayman. Hozir
koʻrganingdek emas. Mana qayerda voqelikdan uzila bilish qoʻl
keladi. Agar hozirgidek
yoʻtal tutganda jonim uzilsa, qoʻrquvdan
xalos boʻlib, “Vaqti-soatim yetdi”, deya olishim zarur. Bu dunyoni
yuragimda qoʻrquv bilan tark etishni xohlamayman. Men nima sodir
boʻlayotganini anglash, holatni boricha qabul qilib, sokinlikda jon
berishni xohlayman. Nima deyotganimni tushunyapsanmi?
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
81
Men bosh irgʻatdim.
– Faqat hali ketmay turing, – shoshib qoʻshib qoʻydim men.
Morri zoʻrgʻa jilmaydi:
– Yoʻq. Hali erta. Hali qiladigan ishlarimiz bor.
– Reinkarnatsiyaga ishonasizmi? – soʻrayman men.
– Qaydam.
– Nimaga aylanib qaytgan boʻlardingiz?
– Agar tanlash imkonim boʻlsa, ohuga.
– Ohu?
– Ha, ohu. Ular biram nazokatli. Biram uchqur.
– Ohu?
Morri
menga qarab, jilmayadi:
– Senga tanlovim gʻalati tuyulyaptimi?
Uning ozib-
toʻzib ketgan gavdasi, qopdek keng kiyimlari, qalin
paypoq kiydirilib, gʻalvirak rezina yostiq ustiga tashlab qoʻyilgan,
mahbusning temir kishan urilgan oyoqlari kabi qimirlashga ojiz
oyoqlarini koʻzdan kechiraman. Sahroda shamoldek yelayotgan
chopqir ohuni tasavvur qilaman.
– Yoʻq, – deyman keyin. – Hecham gʻalati emas.
Dostları ilə paylaş: