Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
86
boshladim: turli madaniyat vakillarining hayotdan koʻz yumishga
qarashlari haqida. Masalan, Shimoliy Amerikaning Arktikaga yaqin
qismida istiqomat qiluvchi bir qabila yer yuzidagi barcha narsaning
ichida oʻzining mitti shakli yashaydi, yaʼni kiyikning ichida mitti
kiyikcha, odamning ichida esa mitti odamcha yashaydi. Tashqi
–
katta mavjudot vafot etganida, ichki
– mitti mavjudot yashashda
davom etadi. U yaqin-atrofda dunyoga kelgan boshqa mavjudotga
aylanishi yoki buyuk ayol ruh qornida samodagi vaqtinchalik hordiq
maskaniga koʻtarilib, oy uni yerga qayta yuborishini kutadi.
Baʼzida oy dunyoga kelgan yangi ruhlar bilan shu qadar band
boʻladiki, osmonda koʻrinmay qoladi, deyishadi. Shu sababli oysiz
tunlar boʻlib turadi. Ammo, oxir-oqibat, oy har doim qaytadi, xuddi
biz qaytganimizdek.
Mana nimaga ishonadi bu qabila.
Dostları ilə paylaş: