Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
63
 
– Boʻlmasam-chi? Aytdim-ku, hech kim oʻlishiga ishonmaydi. 
–  Lekin  hammaning ham  kimidir  vafot  etgan-ku,  —  dedim men.  — 
Nega oʻlim haqida oʻylash bu qadar mushkul? 
– Chunki, — davom etdi Morri, — koʻpchiligimiz uyquda yurgandek 
hayot  kechiramiz. Dunyoni toʻlaligicha his qilmaymiz, chunki yarim-
uyquda  yuramiz  va  koʻp  ishlarni  odatlanib  qolganimizdan 
bajarishimiz shartdek qabul qilamiz. 
–  Va  oʻlim  bilan  yuzma-yuz  kelish  bu  qarashlarimizni  oʻzgartirib 
yuboradimi? 
–  Albatta.  Keraksiz  narsalarni  irgʻitib  tashlab,  diqqatingni  faqat  oʻta 
ahamiyatli narsalarga qaratasan. Yaqinda oʻlishingni anglab yetgan 
zahoting, hayotga boshqacha nigoh bilan qaray boshlaysan. 
U xoʻrsindi. 
– Oʻlishni oʻrgansang, yashashni ham oʻrganasan. 
U  qoʻllarini  qimirlatganda,  ular  qaltirayotganini  sezdim.  Koʻzoynagi 
boʻyniga  osib  qoʻyilgandi,  uni  taqish  uchun  koʻziga  olib  borgandi, 
koʻzoynak  bir  necha  bor  chakkasidan  sirpanib  oʻtib  ketaverardi;  u 
koʻzoynakni oʻziga emas, qorongʻida boshqa birovga taqib qoʻyishga 
urinayotgandek koʻrinardi. Koʻzoynak bandini qulogʻiga qoʻndirishga 
yordamlashish uchun engashdim. 
– Rahmat, – shivirladi Morri. 
Qoʻlim  uning  boshiga  tegganida,  yuziga  tabassum  yugurdi. 
Insonlarning arzimas darajada tegib ketishi ham unga xursandchilik 
bagʻishlardi. 
– Mich, senga bir narsa aytsam maylimi? 
– Albatta, – dedim men. 
– Bu senga yoqmasligi mumkin. 
– Nega? 
–  Haqiqat  shuki,  agar  chindan  yelkangdagi  qushchaga  quloq 
solsang,  agar  chindan  ham  istalgan  paytda  jon  berishing 
mumkinligini  tan  olsang,  hozirgidek  shuhratparast  boʻlmasliging 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
64
 
mumkin. 
Men zoʻrma-zoʻraki jilmayib qoʻydim. 
–  Vaqtingning  koʻp  qismini  sarflayotgan  mashgʻulotlaring  – 
qilayotgan  ishing  u  qadar  muhim  boʻlib  tuyulmasligi  mumkin.  Va, 
ehtimol, maʼnaviy ozuqa uchun ham vaqt ajratishingga toʻgʻri kelar. 
– Maʼnaviy ozuqa? 
–  “Maʼnaviy”  soʻzini  jining  suymaydi,  a?  Buni  taʼsirchanlik  va 
koʻngilchanlik mahsuli deb oʻylaysan. 
– Shunaqaroq… 
Morri koʻz qisib qoʻyishga urindi, oʻxshamadi; uning qiligʻidan oʻzimni 
tutib turolmay kulib yubordim. 
–  Mich,  –  dedi  u  men  bilan  birga  kular  ekan,  –  hatto  men  ham 
“maʼnaviy  yuksalish”  nima  ekanligini  tushunmayman.  Lekin 
qusurlardan  holi  emasligimizni  aniq  bilaman.  Biz  moddiyatga 
haddan  ortiq  mukkasidan  ketganmiz,  lekin  moddiyat  barcha 
ehtiyojlarimizni  qoniqtira  olmaydi.  Mehrli  rishtalarni,  atrofimizdagi 
bo
rliqni oʻz-oʻzidan mavjud boʻlishi shartdek qabul qilamiz. 
U  quyosh  nuri  tushib  turgan  deraza  tomonga  ishora  qilib  bosh 
irgʻatdi: 
– Koʻryapsanmi? Sen istalgan payt u yerga – tashqariga chiqishing 
mumkin.  Koʻcha  boʻylab  yugurishing  va  bundan  telbalarcha  zavq 
olishing  mumkin.  Men  esa  bunday  qilolmayman.  Tashqariga  chiqa 
olmayman.  Yugura  olmayman.  Har  gal  tashqariga  chiqqanimda, 
“mazam  qochib  qoladi”  degan  qoʻrquvdan  yuragim  titrab  turadi. 
Lekin  bilasanmi  nima?  Men  shu  derazani  sendan  koʻra  koʻproq 
qadrlayman. 
– Derazani qadrlaysiz? 
–  Ha.  Har  kuni  shu  deraza  orqali  tashqarini  tomosha  qilaman. 
Daraxtlar oʻzgarishini, shamolning qay darajada kuchli esayotganini 
ilgʻayman.  Goʻyoki  men  shu  deraza  oynasidan  vaqt  oqimini  koʻra 
oladigandekman.  Men  vaqt-soatim  bitib  qolganini  bilaman,  shu 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin