Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
55
– Mana unga yozgan javobim, — dedi Morri Koppelga, koʻzoynagini
burniga ehtiyotkorona qoʻndirarkan. — Qadrli Barbara...Xatingizdan
juda taʼsirlandim. Ota-onasidan birini yoʻqotgan bolalar bilan
ishlayotganingiz katta ahamiyatga molik deb oʻylayman. Men ham
onamdan juda erta ajralib qolganman…
Birdaniga, hali ham gʻuvillab aylanib turgan kameralar qarshisida,
Morri koʻzoynagini toʻgʻriladi. Bir oz jimib qoldi, labini tishladi va
boʻgʻziga tiqilib kelgan tugundan xalos boʻlish uchun yutina boshladi.
Koʻzlaridan yosh dumaladi.
– Bolaligimda onamni yoʻqotganman… Bu men uchun qattiq zarba
boʻlgan...Oʻshanda men ham siznikidek qaygʻularim bilan boʻlisha
oladigan guruhda oʻqiganimda edi. Men, albatta, guruhingizga
qoʻshilgan boʻlardim chunki...
Uning ovozi titrab ketdi.
– Chunki men shu qadar yolgʻiz edimki…
– Morri, — dedi Koppel. — Onangiz vafot etganiga yetmish yil boʻldi.
Hali ham qaygʻudan azob chekasizmi?
– Boʻlmasam-chi, — shivirladi Morri.
Dostları ilə paylaş: