Uchinchi seshanba: pushaymonlik haqida suhbatlashamiz
Keyingi seshanba kuni odatdagidek bozor-
oʻchar qilib keldim:
makkajoʻxorili makaron, kartoshkali salat, olmali pirog. Yana Sony
magnitofonini ham koʻtarib keldim.
– Nimalar haqida suhbatlashganimizni eslab qolishni xohlayman, —
dedim Morriga.
— Ovozingizni yozib olishni istayman...keyinroq
ham tinglash imkonim boʻladi.
– Men oʻlganimdan keyin demoqchisan-da.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
48
– Unday demang.
U kuldi.
– Mich, men oʻlyapman. Keyinroq emas, aksincha, tez orada.
Keyin u yangi texnikaga ishora qilib:
– Buncha katta boʻlmasa, — dedi.
Bezbet muxbirdek his qildim oʻzimni shu payt. Doʻst hisoblangan ikki
inson orasida magnitof
on begona oʻt yoki sunʼiy quloqdek ortiqchalik
qiladi, degan oʻy oʻtdi xayolimdan. Buning ustiga shuncha odam
Morrining eʼtiboriga mushtoqligini hisobga olsak, men bu
seshanbalarda haddan ortiq koʻp narsalarga ulgurib qolishga
urinayotgan boʻlgandirman.
– Menga qarang, — dedim magnitofonni qoʻlimga olib, — Buni
ishlatishimiz shartmas. Agar bu narsa sizga noqulaylik tugʻdirsa.
Morri
koʻrsatkich barmogʻi bilan tergagandek ishora qilib, meni
toʻxtatdi va koʻzoynagini yechgan edi, u boʻynidagi ipga ulab
qoʻyilgani uchun koʻksida osilib, bir muncha vaqt tebranib turdi. U
koʻzlarimga tik qarab:
– Joyiga qoʻy, — dedi.
Men magnitofonni joyig
a qaytarib qoʻydim.
– Mich, — davom etdi u yumshoqroq ohangda, — sen
tushunmayapsan. Men senga oʻz hayotimni gapirib bermoqchiman.
Tildan qolmasimdan, aytib qolay deyapman.
Uning ovozi pasayib, shivirlashga oʻtdi.
– Kimdir mening hikoyamga quloq tutsa deyman. Sen tinglaysan, a?
Bosh irgʻatdim.
Bir lahza jim qoldik.
– Xoʻsh, — dedi u, — matohing yoqiqmi?
Rostini aytganda, magnitofonning vazifasi faqat xotiralarni muhrlab
qolish emasdi. Men Morridan ayrilib qolayotgandim, biz hammamiz
uni yoʻqotayotgandik: uning oilasi, doʻstlari, sobiq shogirdlari,
hamkasb professorlar, siyosiy muhokamalar uchun tuzilgan jonajon
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
49
guruhlaridagi
oshnalari,
sobiq
raqqos
sheriklari,
umuman,
barchamiz. Magnitofon tasmalari esa suratlar va video-yozuvlar kabi
oʻlim xurjunidan hech qursa nimadir oʻmarib qolishga boʻlgan
besamar urinish edi.
Biroq Morrining jasurligi, yumorga boyligi, sabri va samimiyligiga
guvoh boʻlish orqali men uning hayotga tamomila boshqacha nigoh
bilan qarayotganini tobora ravshanroq anglab borayotgandim. Men
tanigan insonlarning hech biri hayotga bunday qaramasdi.
Sogʻlomroq nigoh edi u. Teranroq nigoh. U esa oʻlim yoqasida edi.
Agar taqdirga tan berib, oʻlimga tik boqqanimizda fikrlarimiz sirli
ravishda ravshan tortadigan boʻlsa, unda Morri bu hodisa haqida
boshqalarga gapirib berish istagida ekanini bilardim. Va men bu
narsani qoʻlimdan kelgancha uzoqroq xotiramda saqlab qolishni
xohlardim.
Birinchi marta Morrini “Tungi xabarlar” da koʻrganimda, u oʻlimi
muqarrarligini bilgach, biror ishidan pushaymon boʻlganmikan deb
qiziqqandim. Yoʻqotilgan doʻstlari uchun achchiq-achchiq koʻz-yosh
toʻkdimikan? Agar imkoni boʻlganda, boshqacha hayot kechirgan
boʻlarmidi? Xudbinlarcha “Agar men uning oʻrnida boʻlganimda,
amalga oshirilmagan ishlarim, havoga sovurilgan imkoniyatlarim
haqidagi qaygʻuli oʻylarga gʻarq boʻlarmidim?” deb oʻzimni savolga
tuta boshladim. Ichimda saqlab kelgan sirlar yashirin qolib
ketayotganidan afsuslanarmidim?
Men shu haqida Morridan soʻraganimda, u boshini irgʻadi.
– Hammani shu savol qiynaydi, shunday emasmi? Bugun
umrimning soʻnggi kuni boʻlsa-chi?
U yuzimga tikilib turib, ikkilanish, parishonlik alomatlarini oʻqigan
boʻlsa ajab emas. Xayolimda bir kuni ish stolim yonida yozayotgan
maqolamni yakuniga yetkazishga ham ulgurmay gup etib yiqilib, jon
berishim va tibbiy tez yordam xodimlari murdamni olib chiqib
ketayotgan bir paytda muharrirlarim chala qolgan maqolamga
|