Моррининг сешанба дарслари


Ikkinchi seshanba: Oʻz-oʻziga achinish haqida



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

 
Ikkinchi seshanba: Oʻz-oʻziga achinish haqida 
suhbatlashamiz
 
Keyingi  seshan
ba  yana  Morrini  koʻrgani  bordim.  Undan  keyingi 
seshanba  kunlari  ham. 
Ushbu  tashriflarni  siz  oʻylaganingizdan-da 
koʻproq intiqib kutardim, oʻlayotgan odamning boshida oʻtirish uchun 
har  hafta  yetti  yuz  mil  masofadan  uchib  borganimdan  ham  bilib 
olavering.  Mo
rrining  yonidaligimda  oʻzimni  boshqa  davrga  tushib 
qolgandik  his  qilardim  va  oʻsha  davrdagi  men  oʻzimga  koʻproq 
yoqardi.  Aeroportdan  manzilgacha  boʻlgan  masofani  bosib  oʻtishda 
foydalanish  uchun  ijaraga  mobil  telefon  olishni  toʻxtatdim.  “Kerak 
boʻlsa, kutishadi”, - taʼkidlardim oʻzimga, Morriga taqlid qilib. 
Detroytda  nashriyot  bilan  bogʻliq  mojaro  tinchimadi.  Aksincha, 
yanada avj oldi. Ish tashlovchilar va ularning oʻrniga ishga olinganlar 
oʻrtasida keskin  toʻqnashuvlar sodir boʻla boshladi; yuk mashinalari 
qatnovini toʻsib, yoʻlga yotib olganlar kaltaklanar va hibsga olinardi. 
Shu  voqealar  taʼsiri  ostida,  Morri  bilan  oʻtkazilgan  uchrashuvlarim 
menga  inson  mehri  yordamida  poklanishdek  tuyulardi.  Biz  hayot 
haqida,  muhabbat  haqida  suhbatlashardik.  Morrining  sevimli 
mavzularidan  biri 
–  rahmdillik  va  jamiyatimizda  uning  taqchilligi 
sabablari  haqida  ham  suhbatlashdik.  Uchinchi  tashrifimdan  oldin 
“Non  va  tomosha”  deb  nomlangan  doʻkonda  toʻxtab  oʻtdim  – 
Morrining  uyida  ularning  yorligʻi  tushirilgan  paketlarga  koʻzim 
tushgandi, Morri ularning mahsulotlarini yoqtirsa kerak deb oʻyladim, 
– plastik idishga qadoqlangan sabzavotli vermishel, sabzi shoʻrva va 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
44
 
pahlava kabi bir qancha mahsulotlardan koʻpgina xarid qildim. 
Morrining  kabinetiga  kira  solib,  xuddi  hozirgina  bankni  tunab 
qaytgandek, qoʻlimdagi paketlarni tepaga koʻtardim. 
– Oziq-ovqat yetkazib berish xizmati! – qichqirdim men. 
Morri koʻz qorachiqlarini aylantirib, jilmaydi. 
Men 
esa 
kasallik 
rivojlanishining 
yangi 
belgilari 
paydo 
boʻlmadimikan  deb  uni  zimdan  koʻzdan  kechiraman.  Barmoqlari 
qalam  ushlash  yoki  koʻzoynagini  tutib  turish  kabi  vazifalarni  yaxshi 
bajarayotgandi,  lekin  u  qoʻllarini  koʻkragidan  yuqoriga  koʻtara 
olmasdi. U kundan kunga oshxona va mehmonxonada kamroq vaqt 
oʻtkazib, koʻproq kabinetidagi yostiqlar, yopinchiqlar va qurib qolgan 
oyoqlari uchun maxsus yasalgan penoplast tirgaklar bilan yasatilgan 
yumshoq  kresloda  yotardi.  Uning  yonida  qoʻngʻiroqcha  turardi  va 
yostiqni toʻgʻrilab qoʻyish yoki, uning tili bilan aytganda, “tashqariga 
chiqib  kelish”  zarur  boʻlganda,  qoʻngʻiroqni  chalib,  shaxsiy 
qarovchilari armiyasidagilardan biri 
– Konni, Toni, Berta yoki Eymini 
yordamga  chaqirardi.  Morri  uchun  qoʻngʻiroqni  koʻtarish  har  doim 
ham  oson  kechmasdi  va  buni  uddalay  olmagan  paytlari  oʻzidan 
hafsalasi pir boʻlardi. 
Morridan “oʻzingizga achinasizmi?” deb soʻradim. 
–  Baʼzan,  ertalablari,  –  javob  berdi  u,  –  odatda  aynan  shu  vaqtda 
motam tutaman. Uygʻonib, butun tanamni paypaslayman: qoʻllarim, 
barmoqlarim  va  boshqa  nimaiki  aʼzolarim  ishlayotgan  boʻlsa, 
hammasini  q
imirlatib koʻraman va ishdan chiqqan tana aʼzolarimga 
aza  tutaman.  Oʻlim  meni  sekin-asta,  makkorona  yoʻl  bilan  mahv 
etayotganidan  chuqur  qaygʻuga  botaman.  Keyin  esa  birdaniga 
zorlanishni toʻxtataman. 
– Shunday osongina-ya? 
– Yigʻlagim kelsa, yaxshigina yigʻlab olaman. Lekin keyin diqqatimni 
meni hali tark etmagan ijobiy narsalarga qarataman. Mendan xabar 
olgani  kelayotgan  odamlarga.  Ulardan  eshitadigan  hikoyalarga. 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin