Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
40
 
deb dunyoda nimalar sodir boʻlayotganiga qiziqmasligim kerakmi? 
– Balki. 
U xoʻrsindi. 
–  Balki  sen  haqdirsan.  Ehtimol,  bu  narsalar  meni  qiziqtirmasligi 
kerakdir. Bari bir ular 
qanday yakun topishini koʻrishga ulgurmasam. 
Lekin buni tushuntirish qiyin, Mich. Hozir oʻzim azob chekayotganim 
uchun 
boshqa 
azoblanayotganlarning 
dardini 
oldingidan-da 
yaxshiroq  his  qilaman.  Yaqinda  televizordan  Bosniyada  koʻchani 
yugurib  kesib  oʻtayotgan  odamlar  oʻqqa  tutilganini,  oʻldirilganini 
koʻrsatishdi.  Begunoh  qurbonlarni  koʻrib,  koʻzimga  yosh  keldi.  Ular 
chekayotgan azob-
uqubatlarni oʻz boshimdan kechirayotgandek his 
qildim.  U  odamlarning  hech  birini  tanimayman.  Ammo…  Qanday 
tushuntirsam  ekan?  Me
ni...ular  bilan  qandaydir  rishta  bogʻlab 
turgandek tuyuladi. 
Uning  koʻzlari  namlandi,  men  esa  mavzuni  oʻzgartirishga  urindim, 
biroq u yuzini artib, qoʻlini siltadi. 
– Salga yigʻlaydigan boʻlib qolganman, — dedi u. — Eʼtibor berma. 
“Taajjub”  ichimda  oʻylayman  men.  Oʻzim  yangiliklar  sohasida 
ishlardim.  Oʻlganlar  haqidagi  voqealarni  yoritardim.  Motam 
tutayotgan  oila  aʼzolari  bilan  suhbatlashardim.  Hatto  dafn 
marosimlarida  ham  ishtirok  etardim.  Lekin  hech  yigʻlamagandim. 
Morri  esa  dunyoning  narigi  yarmida  yashayotgan  insonlarning 
azoblanishini  koʻrib  koʻz-yosh  toʻkayotgandi.  Qiziq,  odam  umri 
oxirlaganda  shu  holatga  tushib  qolarmikan?  Balki  oʻlim  oxir-oqibat 
mutlaqo  begonalarni  ham  bir-
biriga  achinib,  koʻz-yosh  toʻkadigan 
qilib qoʻyuvchi ulkan langarchoʻpdir. 
Morri sochiqchaga burnini qoqdi. 
– Sen bu narsani toʻgʻri tushunasan, a? Erkaklar ham yigʻlashini? 
– Albatta, — deb, javob qaytardim tezda. 
U jilmaydi. 
–  Eh, Mich, men bilan koʻngli boʻsh  insonga aylanasan. Kuni kelib, 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
41
 
yigʻlash normal holat ekanini isbotlayman senga. 
– Ha, ha, — dedim men. 
– Ha, ha, — dedi u ham. 
Ikkimiz ham kulib yubordik, chunki Morrining yigirma yilcha oldin shu 
gapni  koʻp  takrorlash  odati  bor  edi.  Asosan,  seshanba  kunlari. 
Aslida, seshanba har doim birgalikda oʻtkazadigan kunimiz boʻlgan. 
Morrining  men  qatnashgan  darslari  seshanbada  boʻlardi,  uning 
qabul  soatlari  seshanba  kunlariga  belgilangandi,  va  nihoyat,  men 
Morri  tavsiya  qilgan  mavzuda  diplom  ishimni  yozayotganimda  ham 
boshidanoq Morri bilan seshanba kunlari goh uning kabinetida, goh 
universitet  oshxonasida,  gohida  esa  Perlman  Xoll  korpusining 
zinapoyalarida birga oʻtirib mavzu ustida ishlardik. 
Shu  sababli  hovlisida  qizil  zarang  daraxti  qad  koʻtargan  uydagi 
uchrashuvlarimizni  ham  seshanbadan  boshqa  kuni  oʻtkazib 
boʻlmaydigandek  tuyulardi.  Ketishga  hozirlanayotib,  Morriga  shu 
haqida eslatdim. 
– Biz seshanba odamlarimiz, — dedi u. 
– Seshanba odamlari, — takrorladim men. 
Morri jilmaydi. 
–  Mich,  sen  oʻzim  tanimagan  insonlar  haqida  ham  qaygʻurishim 
toʻgʻrisida  soʻraganding.  Lekin  shu  xastalik  tufayli  oʻzim  anglab 
yetgan eng muhim narsa nimaligini aytaymi? 
– Nima ekan? 
– Hayotda eng muhim narsa bu — oʻzgalarga mehr ulashish va uni 
oʻzing ham qabul qilishni oʻrganish. 
Uning ovozi pasayib, shivirlab gapini davom ettirdi. 
– Mehrni qabul qila  bilish. Oʻzimizni mehr-muhabbatga noloyiq deb 
oʻylaymiz;  unga  qalbimizni  ochsak,  oʻta  koʻngilchan  boʻlib  qolamiz 
deb oʻylaymiz. Ammo Levin ismli bir dono kishi toʻgʻri aytgan: “Mehr-
muhabbat 
— bu yagona oqilona amal”. 
Taʼsirli  chiqishi  uchun  bir  oz  tin  olib,  keyin  yana  takrorladi:  “Mehr-


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
42
 
muhabbat 
— bu yagona oqilona amal”. 
Men  odobli  talaba  kabi  bosh  irgʻab,  tasdiqladim  va  u  beholgina 
nafas chiqardi. Men uni bagʻrimga bosish uchun egildim. Keyin esa 
oʻzimga  xos  boʻlmagan  ishni  qilib,  uning  yuzidan  oʻpib  qoʻydim. 
Uning  siyraklashib  borayotgan  soqol  moʻylari  yuzimga  botib, 
bemajol qoʻllarini qoʻllarimga tegganini his qildim. 
– Demak, keyingi seshanba kelasan, a? — shivirlab soʻradi u. 
U  sinfga  kirib,  bir  soʻz  aytmasdan  kursisiga  borib  oʻtiradi.  Indamay 
bizga  qaraydi,  biz  unga  qaraymiz.  Avvaliga  bir-ikki  burchakdan 
qiqirlab  kulgan  ovoz  eshitiladi,  biroq  Morri  faqat  yelkasini  uchirib 
qoʻyadi,  xolos.  Oxir-oqibat,  sinfni  chuqur  sukunat  egallaydi  va  biz 
eng  past  tovushlarni  ham  ilgʻay  boshlaymiz:  xona  burchagidagi 
is
itish  radiatorining  gʻuvullashi,  baqaloq  talabalardan  birining 
pishillab nafas olishi. 
Baʼzilarimiz asabiylasha boshlaymiz. Qachon u biror gap aytarkan? 
Tipirchilab,  qoʻl  soatlarimizni  tekshiramiz.  Baʼzi  talabalar  oʻzlarini 
bularning  barchasidan  yuqoriroq  turadigandek  tutib,  derazadan 
tashqarini  tomosha  qiladi.  Oʻn  besh  daqiqacha  davom  etgan 
jimjitlikdan soʻng Morri pichirlab, sukunatni buzadi. 
– Bu yerda nima boʻlyapti? 
Sekin-
asta  Morri  koʻzlaganidek  sukunatning  inson  munosabatlariga 
taʼsirini  muhokama  qila  boshlaymiz.  Nega  jimjitlikdan  xijolat 
chekamiz? Shovqin-suron bizga qanday tasalli beradi? 
Sukunat  menga  xalal  bermaydi.  Doʻstlarim  bilan  tinimsiz 
chugʻurlashsam-da, 
odamlar 
oldida 
his-
tuygʻularim 
haqida 
gapirishdan  tortinaman,  ayniqsa,  ular  kursdoshim  b
oʻlmasa.  Agar 
darsda shu talab qilinsa, men soatlab jimjitlikda oʻtirishim mumkin. 
Sinfdan chiqayotganimda Morri meni toʻxtatadi. 
– Bugun kam gapirding, — deydi u. 
– Bilmasam. Qoʻshimcha qilishga arzirli fikr kelmadi. 
– Menimcha, senda qoʻshimcha qilishga fikrlar koʻp. Rostini aytsam, 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
43
 
menga yoshligida sen kabi oʻylarini ichida saqlashni xush koʻrgan bir 
kishini eslatasan, Mich. 
– Kimni? 
– Meni. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin