Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
30
Unga nima deyishni bilmasdim.
– Bilasizmi...Oldindan biror narsa deb boʻlmaydi, — dedim
kalovlanib.
Morri
koʻzlarini yumdi.
– Men bilaman, Mich. Lekin sen qoʻrqma. Yaxshi umr kechirdim,
oʻlim haqligini esa hammamiz bilamiz. Yana toʻrt-besh oycha vaqtim
qolgan boʻlsa kerak.
– Qoʻysangiz-chi, — dedim asabiylashib, — Hech kim anigʻini
bilmaydi…
– Men bilaman, – mayin ovozda javob qaytardi Morri. — Buni
aniqlash mumkin boʻlgan kichik test ham bor. Menga shifokor
koʻrsatgandi.
– Test?
– Bir necha marta nafas ol.
Uning aytganini bajardim.
– Yana bir marta nafas ol, faqat bu safar nafas chiqarayotganingda
yana nafas olishdan oldin ulgurganingcha sana.
Nafas
chiqarar ekanman, tez sanay boshladim.
– Bir, ikki, uch, toʻrt, besh, olti, yetti, sakkiz…
Nafasim tugashidan avval yetmishgacha sanashga ulgurdim.
– Yaxshi, — dedi Morri. — Oʻpkang sogʻlom. Endi meni kuzat.
U
nafas oldi va past, qaltiroq ovozda sanay boshladi.
– Bir, ikki, uch, toʻrt, besh, olti, yetti, sakkiz, toʻqqiz, oʻn, oʻn bir, oʻn
ikki, oʻn uch, oʻn toʻrt, oʻn besh, oʻn olti, oʻn yetti, oʻn sakkiz…
Shundan soʻng toʻxtab, yutoqib nafas oldi.
– Shifokor birinchi marta bu mashqni qilishimni soʻraganida, yigirma
uchgacha sanagan edim. Hozir esa oʻn sakkizgacha.
U koʻzini yumdi va bosh chayqadi:
– Yonilgʻi bakim deyarli boʻshab qolgan.
Asablarim taranglashganidan sonimga mushtladim. Koʻrganlarim bir
kun uchun yetarli edi.