Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
39
aravachasida
hojatxonagacha
surib
borar,
keyin
turishga
yordamlashib, tuvakka hojatini chiqarguncha suyab turardi. Har
safar hojatxonadan qaytganda sillasi qurigani koʻrinib turardi.
– Ted Koppelga yaqin orada kimdir orqamni ham artib qoʻyishiga
toʻgʻri
kelishini aytganim, esingdami? — soʻradi u.
Men kuldim. Bunday gaplar osonlikcha esdan chiqmaydi.
– Xullas, oʻsha kun yaqinlashyapti. Shu narsa meni xavotirga soladi.
– Nega?
– Chunki bu qaramlikning yaqqol belgisi. Kimdir tagingni artib
qoʻyishi. Lekin buni ustida ishlayapman. Shu jarayondan ham zavq
olishga urinyapman.
– Zavq olishga?
– Ha. Bundoq oʻylab qarasam, yana bolalikka qaytish imkonim bor
ekan.
– Bu jarayonga oʻzgacha nigoh bilan qarash.
– Endi hayotga oʻzgacha nigoh bilan boqishga majburman. Tan
olaylik: bozor-
oʻcharga chiqolmayman, toʻlovlarni amalga oshirish
uchun bankka borolmayman, chiqindilarni tashlab kelishga ham
yaramayman. Ammo shu yerda qolgan kunlarimni sanab, hayotda
oʻzim uchun muhim deb oʻylagan narsalarimni kuzatib oʻtirish
qoʻlimdan keladi. Buning uchun menda sabab ham bor, vaqtim ham
bemalol.
– Demak, — dedim men ham javobimda uning sinik kayfiyatini aks
ettirib,
— hayot mazmunini topishning siri uydagi chiqindilarni
tashqariga chiqarmaslikda ekan-da?
Uning gaplarimdan kulganini koʻrib yengil tortdim.
Konni ovqatdan boʻshagan idishlarni olib chiqib ketarkan, koʻzim
gazetalar toʻplamiga tushdi. Ular men kelishimdan oldin oʻqilgani
koʻrinib turardi.
– Yangiliklarni kuzatib borasizmi? — soʻradim men.
– Ha, — dedi Morri. — Bu senga gʻalati tuyulyaptimi? Oʻlyapman