Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
45
Agar seshanba boʻlsa, senga. Chunki biz seshanba odamlarimiz.
Men jilmaydim. Seshanba odamlari.
– Mich, shundan ortiq oʻzimga achinishim mumkin emas. Har tong
oz-ozdan, bir-
ikki tomchi koʻz-yosh toʻkaman, boʻldi.
Men tonglari soatlab oʻz qadriga achinib oʻtiradigan tanishlarimni
yodga olaman. Oʻzingga achinishning kunlik miqdoriga cheklov
qoʻyish qanchalar foydali boʻlardi. Bir necha daqiqa koʻz yosh
toʻkasan, keyin yana kundalik hayotingni davom ettiraverasan. Agar
shunday dahshatli xastalikka chalingan Morri buni uddalayotgan
boʻlsa…
– Xastaligimni dahshatli deb hisoblasanggina, u dahshat soladi, –
dedi Morri.
– Jismim qovjirab, yoʻq boʻlib ketayotganini kuzatish
dahshatli. Boshqa tomondan, u menga hamma bilan xayrlashish
uchun vaqt berayotgani quvonarli,
– jilmaydi u. – Hamma ham
menchalik omadli emas.
Men uni diqqat bilan kuzatdim: oʻrnidan turish, yuvinish va hatto
shimini koʻtarib qoʻyishni ham eplolmaydi. Shumi omad? Nahotki u
buni chindan ham omad deb bilsa?
Tanaffus paytida
– Morri hojatxonaga chiqqanida, uning kursisi
yonida yotgan Boston gazetasini varaqladim. Unda bir kichik
shaharcha
da ikki nafar oʻsmir qiz ular bilan doʻstlashgan yetmish
uch yoshli qariyani qiynab oʻldirib, keyin uning uy-vagonida
doʻstlariga bazm uyushtirib, murdani kelganlarga koʻz-koʻz qilib,
qilgan ishlaridan maqtangani haqidagi maqolaga koʻzim tushdi.
Boshqa maq
olada bir erkak unga telekoʻrsatuv orqali sevgi izhor
qilgan gey kishini oʻldirgani va tez orada uning ishi sudda koʻrilishi
haqida hikoya qilingandi.
Gazetani joyiga qoʻydim. Har doimgidek yuzidan tabassum
arimaydigan Morrini xonaga surib olib kirishdi, K
onni uni koʻtarib,
nogironlar aravachasidan yumshoq kresloga oʻtqazib qoʻyish uchun
egildi.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
46
– Istasangiz, men oʻtqazib qoʻyaman? – dedim men.
Oraga bir lahza
jimlik choʻkdi, nega toʻsatdan bunday taklif
bildirganimni oʻzim ham bilmasdim. Biroq Morri Konniga qaradi va:
– Qanday qilishni unga koʻrsatib yuborasanmi? – deb soʻradi.
– Albatta, – javob qildi Konni.
Uning koʻrsatmalariga amal qilgan holda ikki qoʻlimni Morrining
qoʻltiqlari ostidan oʻtkazib birlashtirdim va katta bolorni tagidan
ushlab koʻtargandek uni oʻzimga tortdim. Keyin esa qaddimni tiklab,
uni koʻtardim. Odatda biror kishini koʻtarganingizda, ularning
yiqilmaslik uchun qoʻllari bilan boʻyningizdan quchoqlab olishini
kutasiz, ammo Morri bunday qilolmasdi. U jonsiz yukdek tuyulardi,
uni koʻtarganimda boshi ohista yelkamga urildi, tanasi oʻta yumshoq
ulkan nondek shalvirab qolgandi.
– Aaaahhh, – sekin ingradi Morri.
– Tutib turibman sizni, tutib turibman, – dedim men.
Uni mana shunday bagʻrimga bosib, tutib turganimda, qalbimda
uygʻongan his-tuygʻularni taʼriflab berolmayman. Uning soʻlib
borayotgan tanasida oʻlim urugʻlari nish urayotganini his qildim. Uni
kursiga yotqizib, yostiqni boshiga toʻgʻrilab qoʻyar ekanman, achchiq
haqiqatni
– vaqtimiz tugab borayotganini angladim.
Nimadir qilishim shart edi.
1978-yil, universitetda uchinchi kurs talabasiman. Disko musiqasi va
“Rokki” filmi rosa urf boʻlgan paytlar. Brandeysda jamiyatshunoslik
fanidan
Morrining “Guruhlardagi jarayon” nomli noodatiy darsida
oʻtiribmiz.
Har
hafta
guruhimizdagi
talabalarning
oʻzaro
munosabatlarini oʻrganamiz, ular jahl, rashk va eʼtiborga qanday
javob bildirishlarini kuzatamiz. Biz
– odam qiyofasidagi tajriba
kalamushlari
miz. Aksariyat hollarda birortamiz yigʻlab yuboramiz.
Men jamiyatshunoslik darslariga “taʼsirchan va koʻngilchan” deb
nom qoʻyib olganman. Morri meni teran fikrli boʻlishga chaqiradi.
Shu kuni Morri biz uchun mashq tayyorlab qoʻyganini aytadi.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
47
Oʻrnimizdan turib, bir kursdoshimizga orqa burishimiz va u bizni tutib
qolishiga ishonib, ortga yiqilishimiz soʻraladi. Koʻpchilik ichida
oʻngʻaysizlanadi, orqaga bir-ikki dyuym ogʻib, keyin yiqilishdan oʻzini
toʻxtatib qoladi. Xijolat ichida kulamiz. Va nihoyat, ozgʻin, kamgap,
qora sochli, deyarli har doim baliqchinikidek keng oq jemferlar kiyib
yuradigan qiz qoʻllarini koʻksiga chalishtirib, koʻzlarini yumgancha
oʻzini orqaga tashlaydi, xuddi Lipton choyi reklamasidagi model qiz
oʻzini suvga tashlagandek.
Bir soniya
u yerga gursillab tushadigandek tuyuladi menga. Soʻnggi
lahzalarda sherigi uning boshi va yelkalaridan tutib qolib, yuqoriga
itaradi.
– Uxxxx, – baqirib yuboradi bir nechta talaba. Baʼzilar qarsak
chaladi. Morri tabassum qiladi.
– Koʻrdingmi, – deydi u qizga, – sen koʻzingni yumding.
Boshqalardan farqing shunda edi. Baʼzida koʻzimiz bilan koʻrib
turgan narsalarimizga ishonolmaymiz, shunda ichki tuygʻularimizga
suyanishga toʻgʻri keladi. Oʻzgalar sizga ishonishini xohlasangiz,
oʻzingiz ham ularga ishona olishingizni his qilishingiz kerak:
koʻzingizni chirt yumuq boʻlsa ham, hatto qulayotgan paytingizda
ham.
Dostları ilə paylaş: |