Motiv va ehtiyojning ta'riflari, ularning tasnifi. Reja: Kirish. Motiv va motivatsiya I. Bob


Motivatsiya haqida psixologlarning fikrlari



Yüklə 48,65 Kb.
səhifə3/10
tarix20.11.2023
ölçüsü48,65 Kb.
#164328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Motiv va ehtiyojning ta

2.2. Motivatsiya haqida psixologlarning fikrlari

Ko’pchilik psixologlar fikricha, motivatsiya muammosi shaxs psixologiyasining markaziy muammosidir. Shaxs psixologik tuzilishining butunligi, xulq-atvor va uni harakatga keltiruvchi kuchlar o’rtasidagi aloqadorlik motivatsiya muammosini o’rganishda tizimli yondashuvni qo’llash uchun keng imkoniyat yaratib yeradi.


Xorij psixologlaridan neofreydistlar hisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilar tomonidan ilgari surilgan motiv va motivatsiya borasidagi nazariyalarga asosiy e'tiborni qaratamiz. A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch uning faoliyati maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo’llari manbai hisoblanadi. Xornining ta'kidlashicha, inson xulqi motivatsiyasini boshqa motivlar yordamida aniqlash mumkin. Jumladan, birlamchi bezovtalanish atrof-muhitga nisbatan dushmanlik hissini tug’diradi, xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni boshqa odamlar tomonidan baholash va o’z-o’zini baholashga nisbatan ichki intilishini vujudga keltiradi. E.Fromm ham o’z qarashlarida libido masalasiga katta e'tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan muammo inson xulqi jabhalarida ijtimoiy va psixologik omillarning o’zaro ta'sir o’tkazish jarayonidir.
Geshtalt psixologiya maktabi namoyondalari uchun motivatsiya o’ziga xos talqinga ega bo’lib, uning mohiyatini eksperimental tarzda o’rganishga nisbatan intilish yuqori ko’rsatkichga ega ekanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. K.Levin (1890-1947) motivlarni eksperimental o’rganish metodikasini ishlab chiqib, ularni mutlaqo mustaqil holat sharoitida tushuntirishga harakat qilgan va bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan. Geshtalt psixologiya maktabining namoyondalariga obraz tushunchasi qanchalik o’ta ahamiyatli bo’lsa, K.Levinning maydon nazariyasi uchun motiv kategoriyasi xuddi shunday muhim ahamiyat kasb etadi. Obraz va motiv o’zaro aloqasiz hukm surishi ta'kidlanadi, motivatsiyani amalga oshiruvchi vaziyatning predmetli ma'noviy mazmuni esa inkor qilinadi.
K.Levin motivni quyidagicha ifodalaydi: motiv - muayyan muvaffaqiyatli mikrointervalda shaxsning bevosita yaqqol muhit bilan munosabatlaridan kelib chiquvchi voqelikdir. Uning mazkur nazariyasida insonda har xil ma'no anglatuvchi ikkita motivasion o’zgarish hukm surishi tan olinadi. Geshtalt psixologlarning asarlarida shunday qolatlar ham mavjudki, ularda xulq motivatsiyasi muammolari shaxsning muhim xususiyatlarini tahlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat G.Olport konsepsiyasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Uningcha, eng muhim jihat bu inson xulqini o’zgarish sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi motivlar omillarini tekshirishlari ham alohida ahamiyatga ega ekanligini anglab yetish qiyin emas.
Rus psixologlari orasida V.G.Aseevning tadqiqotlarida motivasion tizim masalasi ancha chuqur o’rganilgan. Uning fikricha, inson motivasion sohasining ontogenetik taraqqiyoti davomida bu soha tizimli rivojlanishga nisbatan moyillikni namoyon etadi. Bu moyillik V.G.Aseev ko’rsatishicha, stixiyali shakllanuvchi,
undovchi kuchlarning kattaroq motivasion birliklarni o’zaro qo’shilib hosil qilishda namoyon bo’ladi. Motivasion tizimning birligi sifatida V.G.Aseev undovchi kuchlarni qayd etadi. Bu tushuncha doirasiga u motiv, ehtiyoj, qiziqish, intilish, maqsad, ideal, mayl, motivasion ustanovka va boshqalarni kiritadi. Shunday qilib, V.G.Aseev turli motivasion hodisalar, mayl turlari o’rtasida tizimli munosabat mavjud deb hisoblaydi. Demak, bunday yondashuvda motivasion tizim komponenti mayl bo’lib hisoblanadi.
V.G.Aseev shaxs motivasion sohasining tuzilishi muammosiga ham katta e'tibor beradi. Uning qayd etishicha, inson motivasion sohasining tuzilishi quyidagi xususiyatlarga ega: situasion va impulsiv undovchilarning yonma-yon
joylashganligi, shaxsiy mayllarning mazmun va dinamik sifatlariga ko’ra bir-biriga yaqinligi. Bu xususiyatlar motivatsiyaning tizimli sifatlarini o’rganishda katta ahamiyatga ega.
Ayrim tadqiqotchilar masalan, V.E.Chudnovskiy, V.I.Kovalev motivlar tizimi va shaxs yo’nalishi o’rtasida aloqadorlik mavjudligini qayd etmoqda. P.T.Yakobson esa xulq-atvor motivatsiyasi muayyan qadriyatlar tizimlari bilan bog’liqligini ta'kidlab, motivlarni shaxs qadriyatlari orientatsiyasiga tobe birliklar sifatida o’rganishni taklif etadi. Uning fikricha, bunday izlanish ijtimoiy psixologik yo’nalishda amalga oshirilishi kerak.
Motivlar tizimi tushunchasiga berilgan ancha keng ta'riflarni adabiyotlarda uchratish mumkin. Jumladan, V.S.Morozovning qayd etishicha, "Shaxs motivlar tizimini uning sub'ektiv ehtiyojlari, maqsadlari, g’oyalari, qarashlari, tasavvurlari shuningdek, intilishlari, shakllari va boshqalar tashkil etadi". Bunday ta'rifda "tizim" tushunchasi qanday ma'noda qo’llanilayotgani ancha noma'lum. Uni aniqlashtirish talab etiladi.
Yuqorida tilga olingan muammolar bilan shaxs motivasion sohasining darajaviy tuzilishi muammosi bevosita bog’liq. Psixik hodisalarning darajaviy tuzilishi g’oyasi psixologiyada keng tarqalgan va tadbiq etib kelinmoqda va bu bejiz emas, zero darajali tuzilish haqidagi tasavvurlar turli psixik hodisalarning muayyan tizimga keltirilgan modellarini hosil qilish imkoniyatini beradi. Shaxs motivasion sohasida o’z darajasi va murakkabligiga ko’ra turlicha bo’lgan motivasion hodisalarning mavjudligi darajaviy tuzilishi haqidagi g’oyalarning bu yo’nalishda ham samarali qo’llash uchun sharoit yaratadi.
Inson motivasion sohasining ierarxik darajaviy tuzilishi masalasi motivatsiya bilan bog’liq eng o’tkir va keskin bahslarga sabab bo’luvchi muammolardan biridir. hozirgacha alohida olingan motivasion hodisalarning ierarxik tuzilishi ehtiyojlar ierarxiyasi va boshqalar tadqiq etib kelingan. Ammo barcha motivasion hodisalarning yagona ierarxik tuzilishi haqidagi masala etarlicha o’rganilmagan.
Rus psixologlari orasida motivlar ierarxiyasi masalasi A.N.Leontev, L.I.Bojovich va boshqalar tomonidan o’rganilgan. A.N.Leontev XX asrning 40- yillarida maktabgacha yosh davrida shaxs shakllana boshlashini ta'kidlar ekan, bu jarayon bolada motivlar ierarxiyasi tarkib topishi bilan bog’liqligini uqtirgan edi. A.N.Leontev fikricha, sub'ektning tashqi olam bilan birga munosabatlari kengayib borgan sayin motivlarning o’zaro solishtirilishi yuz beradi, buning oqibatida esa ular o’rtasida ierarxik munosabatlar shakllanadi. Motivlar ierarxiyasi olimning
fikriga ko’ra, motivlar funksiyalari bilan belgilanadi. Boshqacha qilib, aytganda ierarxiyada yuqori o’rinni, ma'no hosil qiluvchi funksiyani bajaradigan motivlar quyi o’rinni esa stimul motiv egallaydi. Demak, A.N.Leontev motivlar funksiyasining ikki darajasini: ma'no hosil qiluvchi va stimul darajalarini ajratadi. Ammo A.N.Leontev o’z nazariyasida motivlar ierarxiyasining shakllanish jarayonida shaxsning sub'ektiv, faol roli qanday bo’lishini ko’rib chiqmaydi.
L.I.Bojovich tadqiqotlarida, shuningdek, ayrim boshqa ilmiy izlanishlarda motivlar ierarxiyasining shakllanishi dominant motivlarning hosil bo’lishi bilan bog’lanadi. Har xil yosh bosqichlarida turli motivlar dominantlik qiladi. Ayrim motivlarning ustunlik qilishi shaxsning yo’nalishini belgilab beradi. Bunday yo’nalish shaxs motivlari o’rtasida nafaqat subordinasion, balki koordinasion munosabatlar ham hukm surishini taqozolaydi.
Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’z-o’zini qanday tutishi egallagan mavqei ham sababsiz o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada "motiv", "motivatsiya" tushunchalari ishlatiladi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tushunishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya'ni holati, harakat egasining sub'ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar); b) tashqi sabablar - faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari, ya'ni bular aynan aniq holatlarni keltirib chiqarishga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.
Har qanday motivlarning asosida shaxsning ehtiyojlari yotadi, ya'ni maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar bo’ladi va aynan ularning tabiat va zaruriyatiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Masalan, talabaning o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qizuquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma'lum bir davrida, masalan, boqcha yoshidan boshlab qondirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o’quv qurollari, ma'lum ta'lim maskanida tashkil etilgan shart-sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o’zi bola uchun motiv o’rnini bosadi.
Rus olimi R.Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur qiladi.
Umuman har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo’lish mumkin.

  1. Biologik ehtiyojlar - fiziologik, jinsiy moslashuv ehtiyojlari.

  2. Ijtimoiy ehtiyojlar - bu mehnat qilish bilan estetik va ahloqiy, ma'naviy ehtiyojlar.

Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo’lgani bilan shu narsani unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo’ladi, ya'ni ular o’sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog’liq bo’ladi.

Yüklə 48,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin