REJA:
Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Movarounnahrning boshqaruvi tuzumi.
Markaziy va mahalliy boshqaruv.
Chingizxon «Yaso»lari .
Kebekxon islohotlari.
Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida jinoyat va jazo masalalari.
Chig‘atoy ulusining tashkil topishi XII asrning boshlariga kelib, qadimgi turklar bilan qo‘shni yashab kelgan mo‘g‘ul- tatarlar tarqoq urug‘larni birlashtirib, o‘zaro nizolarga barxam berishdi. Temuchin (Chingizxon) (1206-1227) boshchiligidagi harbiy –demokratik tuzumdagi markazlashgan turk-mo‘g‘ul davlati tashkil topdi. Uning bosh kenti Qoraqurum shahri edi. 1219 yilning sentyabrida O‘tror, 1220 yil fevralida Buxoro, martida Samarqand Chingizxon tomonidan egallandi. 1221 yil butun O‘rta Osiyo mo‘g‘ullar hukmronligiga bo‘ysundirilgan.
Chingizxon o‘z jamiyatida odat huquqlaridan tashqari o‘zining qattiq jazolari bilan ajralib turuvchi qonunlar to‘plami Yaso (yoso)ni taqdim etdi. 1206 yildan esa qurultoyni tashkil qildi. qurultoy ikki masala: 1. Davlatning oliy boshlig‘i. 2. Yaso qonun-lari hamda unga amal qilishning nazorat qilish masalasini hal qildi. “qurultoy” asli turkcha so‘z bo‘lib, umumxalq yig‘ini ma’nosini anglatgan. Temuchin (Chingizxon) qurultoyni karnay- surnaylar bilan jarchilar yordamida chaqirgan. qo‘shinni o‘ng qanoti (barongor), so‘l qanoti (jangovor)ga bo‘lingan. Oq rangdagi Tugi maydonida to‘qqiz bor yuqoriga ko‘tarilib, u butun mo‘g‘ullarning buyuk xoqoni (buyuk xoni) qilib saylangan. hamda unga Chingizxon unvoni berilgan. Chingizxon unvoni bir qancha ma’nolarni anglatadi. Mirzo Ulug‘bek bu haqida “shohlar shohi” degan ma’noda desa, ingliz olimi Bosvort turkiycha “Dengizxon” so‘zining talafuzidir deydi. Mo‘g‘ul udumlariga ko‘ra, Temuchinga bu unvonni Keucha ismli Tab- tangr laqabli, shaman berib, bu so‘z shamanlar sig‘inadigan ruxlardan birining nomini bildirishini va bu so‘z “xonlar xoni” degan ma’no anglatishini aytishadi. Asosiysi Temuchin o‘zidan oldin o‘tgan qoraxoniylar xonining buyuk xon yoki xonlar xoniga teng kelgani uchun ham barcha mo‘g‘ullar bajarishi shart bo‘lgan “Yoso qonunlari-ni” e’lon qilgan. “Shaboshou” yoki “Yoso qonunlari” deb ataluvchi bu to‘plam, uyg‘ur yozuvida yozilgan, muxrlanib davlat xazinasiga topshi-rilgan. Barcha sultonlar va xonlar unga bo‘ysunishi shart bo‘lgan. quriltoylarda bu qonunlar o‘qib turilgan. Chingizxon “yaso”ga amal qilish ustidan nazorat qilishni katta o‘g‘li Chig‘atoyga topshirgan. Bu qonunlar Turkistonda mo‘g‘ullar hukmronligi tugatilgandan so‘ng ham qisman ta’sir etib turgan.
Davlat tepasida oliy hukmdor xon turgan. Chingizxon o‘ziga tegishli yerlarni 4 ta ulusga bo‘lib, katta o‘g‘li Jo‘jiga
Irtish daryosining Sirdaryoning quyi oqimigacha nargi tomonini;
qoshg‘or, Yettisuv, Movarounnahr ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyga;
Farbiy Mo‘g‘uliston va Tarbag‘atoy o‘lkasi O‘g‘adoyxonga;
Shimoliy Mo‘g‘uliston kenja o‘g‘il Tuluyga bo‘lib berilgan.
Oltin O‘rdaga asos solingan. Chig‘atoy ulusini Maxmud Yalavoch boshqargan, keyinchalik u Xitoyga hokim etib tayinlangan. harbiy hokimiyat aholini ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq yig‘ish ishlari, dorug‘a-chi va “tamg‘achi” deb ataluvchi mug‘ul amirlari qo‘lida bo‘lgan.
Chingizxonning o‘g‘illari o‘zlariga tegishli joylarda- uluslar-da keng huquqlarga ega bo‘lishgan. Ular viloyatlarni beklarini o‘zla-ri tayinlar va vazifasidan ozod qilishgan. Oliy sud hokimiyatini ham o‘zlari amalga oshirgan. Mo‘g‘ullar davrida harbiy qo‘shin alo-hida o‘rin tutib, u o‘nliklar, yuzliklar, mingliklar tarzida tashkil topgan. 1206 yilda mo‘g‘ullar qurultoyida qabul qilingan “Chingiz-xon yusunlari” yoki “Yaso qonunlari” nomi bilan ataluvchi huquqiy qoidalar to‘plami 33 qismdan iborat bo‘lib, O‘zbekiston hududida ham amal qilgan. Unda jinoyat va jazo, harbiy qismlarni boshqarish va ularda qat’iy tartib-intizomni joriy qilish, oila va nikoh, mulk masalalariga e’tibor berilgan.
Yusunlarga binoan, suv va olovni haqoratlash, sutni yerga to‘kish, asirdagilarga yordam ko‘rsatish, qulni egasiga qaytarmaslik, qo‘riqlash uchun topshirilgan makonni qarovsiz qoldirish, yolg‘on gapirish va guvohlik berish, xoinlik, harbiy intizomni buzish kabilar og‘ir jinoyat hisoblangan. Bunday xatti-harakatlar uchun o‘lim jazosi belgilangan.
Mol o‘g‘rilari molni to‘qqiz barobar qilib egasiga qaytarish, agar mablag‘i bo‘lmasa, bolalarini qul sifatida berishi kerak edi. Agar bolalari ham bo‘lmasa, o‘lim jazosiga hukm etilgan.
Chingizxon yusunlarida harbiy qo‘shinning tashkiliy ishlari va vazifalari, unga hukmronlik qilish, harbiy intizom, uni buzganlik uchun javobgarlik haqidagi qoidalar o‘rin olgan. O‘nta jangchi 10 boshiga, yuzta jangchi yuzboshiga o‘nta yuzboshi mingboshiga o‘nta ming-boshi tumanboshiga bir necha tumanboshlar noyonga, ikki-uch noyon esa bosh qo‘mondonga bo‘ysungan. Barcha jangchilar bir-biriga kafil bo‘lib, bir jangchi yoki bir necha jangchining aybi uchun o‘nlik a’zolari javobgarlikka tortilgan, asosiy jazo-o‘lim hisoblangan.
“Yusun”larda barcha dinlarga erkinlik berish, dindorlarni va ruxoniylarni soliqlardan ozod qilish urush vaqtlarida ayollar gunohidan kechish, imtiyozlar, ov qilish tartiblari ham o‘rin olgan.
Movarounnahrda mo‘g‘ullar hukmronligi davridagi huquq manbalaridan biri - bu Chig‘atoy xoni Kebekxon (1318-1326 yy) davrida pul va ma’muriy islohotlar o‘tkazilishi haqidagi farmonlaridir. Kebekxonning pul islohoti o‘tkazish haqidagi farmoniga ko‘ra, pul muomalasidagi tartibsizliklarga chek qo‘yish maqsadida Eron va Oltin O‘rdada bo‘lgani kabi kumush dinorlar va dirxamlar joriy qilgan, bir dinorning og‘irligi ikki misqol (bir misqol 4,64 gr.) dirxamning og‘irligi 1/3 misqol qilib belgilangan. Yangi pul birligi tarixda “kepakiy” nomi bilan mashhur bo‘ldi. Bir dinor kepakiy ikki misqol, bir dirxam kepakiy esa 3/1 misqolga teng bo‘lgan.
Ma’muriy islohotlariga binoan, ikki tomonlama idora tizimiga; bir tomondan mamlakat hokimi va ikkinchi tomondan shahar hokimlari tomonidan boshqarilishiga barham berilgan.
Ma’muriy islohotlariga ko‘ra, mamlakat Buxoro va Samarqand viloyatlari tumanlarga, Farg‘ona va Sharqiy Turkistonda “orchin”ga ya’ni poytaxt atrofi nohiyalariga bo‘lindi.
Boshqaruvning yagona tizimi joriy qilingan. Mamlakatdagi mayda xonlik va beklar saqlanib qolingan va ular tumanlarga bo‘lingan. Shahar hokimlari tuman boshliqlarining noiblariga aylantirilgan. Chingizxon demak, yasoni tuzishdan maqsadi markazlashgan mo‘g‘ul davlatini tuzish va uni mustahkamlashdan iborat edi. Unda davlat huquqi, harbiy qurilish, dalat boshqaruvi, beklar, noyondar va amaldorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga oid qoidalar, jinoyat, grajdanlik, sud yuritish, jazo va uning turlariga oid qoidalar metall taxtalarga o‘yib yozilgan. Shulardan 33 parchasi Chingizxonning davlat, harbiy va jinoyat huquqi bo‘yicha: 27 nutqi biliklar tarzida qolgan. Jazo: agar mo‘g‘ul tatar urug‘idan bo‘lgan kishi yaso qoidasini 1 marta buzsa, unga ijtimoiy jazo so‘z bilan tanbeh berish; 2-chi marta buzsa, bilikka asosan, jazoga tortish, 3-chi marotaba esa uzoq Boljin Suljurga surgun qilingan, shundan keyin ham buzsa, oyog‘iga kunda urib qorong‘i qamoqxonada saqlangan.
Agar qarz olgan kishi o‘z vaqtida qarzini qaytarmasa, qaytarishni imkoniyati bo‘lmasa, bolalari qarzdor holatiga tushgan. Jazo ijtimoiy va milliy tengsizlikka asoslangan: bir begunoh mo‘g‘ul-ning o‘limi uchun xun bahosi 40 tangaga (kumushga) teng bo‘lsa, xitoy-likning o‘limi uchun bir eshakning bahosi belgilangan. Ayg‘oqchilik, aldamchilik, soxta guvohlik, tabiatni ifloslantirgani uchun, pora-xo‘rlik, fohishalik uchun ham o‘lim jazosi berilgan.
Mol-mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlar o‘g‘rilik uchun o‘g‘ir-langan narsaning 3-9 baravarigacha jarima to‘latilgan, to‘lay olmasa, 7-700 tagacha qamchi urish bilan jazolangan va katta miqdordagi o‘g‘rilik uchun esa – o‘lim jazosi berilgan.
Yorg‘u va yaso qoidalariga uluslar xonlar qattiq amal qilishgan.
Sud ishlari markazda bevosita xon noibining huzurida uning nazorati ostida olib borilgan. Mo‘g‘ullarga taalluqli ishlarda sud yuritish yasoga asoslangan edi. Diniy ishlar shariat huquqi asosida yorg‘uchilar (sud’yalar) tomonidan hal etilgan. Sudyalar yorg‘uchilar obro‘li, e’tiborli kishilardan tayinlangan. Sud funktsiyasi kundalik ish bo‘lgan.
Chig‘atoy ulusida yer solig‘i 10/1 hajmida belgilangan. Oliy mansabdorla soliq to‘lashdan ozod etilgan edi. Chorvador xo‘jalik-lardan ko‘pchur solig‘i olinardi.
Yana bir soliq targ‘u deb atalgan, u hunarmandlar, savdogarlar-dan olingan. Ishlab chiqarilgan va sotilgan molning 30/1 ulushi hajmida bo‘lgan. Mahalliy xalq tuz solig‘i, jon va kumush solig‘i to‘lagan. Noiblarga barot (ijara yorlig‘i), payza berganlar.
O‘zbekiston davlati va huquqi tarixida XIX asrning 60-yillarini «yangi davr»ning boshlanishi deb atash mumkin. Bu bevosita Turkiston o‘lkasini, jumladan O‘zbekiston hududini chor qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, Chor qo‘shinlari birin ketin Oqmachit (qizil O‘rda) To‘qmoq, Pishkek, Avliyo ota (Jambul), Turkiston va Chimkentni bosib oldi. Bosib olingan hududlarda 1865 yilda Turkiston viloyati tashkil qilindi. Toshkent, Niyozbek, Xo‘jand, O‘ra-tepa, Jizzax qal’arini bosib olinib, 1867 yil 4 iyulda Turkiston general-gubernatorligi, keyin-chalik Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi. Gubernatorlikning markazi qilib Toshkent shahri belgilandi. Gubernatorlikda markazi Toshkent bo‘lgan Sirdaryo, markzi Verniy (Alma-ota) bo‘lgan Yettisuv viloyatlari tashkil qilindi. 1868 yilning may oyiga kelib Samar-qand, Kattaqo‘rg‘on, Zirbuloq chor qo‘shinlari tomonidan egallanadi va Zarafshon okrugi tashkil etildi.
Shu yilning yoz oylarida Buxoro amirligi bosib olindi. Buxo-ro amirligi bilan Rossiya imperiyasi o‘rtasida Sulx shartnomasi imzolandi. Mazkur shartnomaga ko‘ra Buxoro amirligi Rossiyaning vassali ekanligi, unga 500 ming so‘m urush tavoni to‘lashi, chet ellar bilan mustaqil siyosiy aloqalar o‘rnatish huquqidan mahrum edi. Samarqand va Kattaqo‘rg‘on viloyatlarini Rossiyaga berish haqida kelishib olingan.
1870 yilga kelib chor qo‘shinlari Shaxrisabz, Kitob, Kizil Arvatni, 1873 yilga kelib esa Xazarasp, Xiva va Chandir qal’alarni bosib olganlar. 1873 yil avgust oyida Rossiya imperiyasi bilan Xiva xonligi o‘rtasida tuzilgan Sulh shartnomasiga ko‘ra, Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylangan.
U mustaqil tashqi siyosiy aloqalar o‘rnatish huquqidan mahrum bo‘ldi va Rossiyaga 2 mln. 200 ming so‘m tovon to‘lash majburiyatini olgan. Xonlik poytaxtiga yaqin joyda Petr-Aleksandrovskiy qo‘rg‘oni tashkil etilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.
1875 yilga kelib Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, Namangan chor qo‘shinlari tomonidan bosib olingan. 1876 yilda Qo‘qon xonligi tugatilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan Farg‘ona viloyati tashkil qilingan.
Chor hukumatining puxta o‘ylab, aniq reja asosida izchillik bilan olib borgan mustamlakachilik siyosati tufayli O‘rta Osiyo Rossiyaning xom ashyo manbaiga va tayyor mahsulotlar bozoriga" aylantirilgan. Dastlabki davrdayoq o‘lkadagi oltin, neft, ko‘mir va boshqa yer osti qazilma boyliklarini qidirib topish ishlarini qizitib yuborishgan. O‘rta Osiyo tillasi, paxtasi, qorako‘li, pillasi, turli quruq va xo‘l mevasi Rossiya san’atining asosiy xom ashyosiga aylangan.
Turkistonda mustamlaka va boshqaruv idoralari, huquq tizimining shakllanigan bosqichma-bosqich amalga oshirilgan. Turkiston viloyatini boshqarish, hududda chor hukumatining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirish jarayonida shakllangan munosabatlarni tartibga solishning huquqiy zamini sifatida 1865 yilning 6 avgustida Rossiya imperatori tomonidan tasdiqlangan «Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi Muvaqqat Nizom» xizmat qildi. «Muvaqqat Nizomga» binoan, viloyatda harbiy xalq boshqaruvining amalga oshirish vakolati harbiy gubernatorga berilgan bo‘lib, u o‘z vakolatini o‘z yordamchilari va devonga tayangan holda amalga oshirar edi. Bu davrda chor ma’murlariga o‘lkani muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan harbiy qo‘shinni barcha kerak bo‘lgan narsalar bilan ta’minlash; mahalliy ma’murlar faoliyatini nazorat qilish yuklatilgan edi. Perovskiy, Turkiston, Chimkent, Avliyo ota va To‘qmoq uezdlari boshliqlari joylardagi hokimiyatni amalga oshirar edi. Ular viloyat harbiy xalq boshqarmasiga bo‘ysunganlar. Mahalliy ma’murlarga o‘zlari boshqarayotgan hududlardan o‘tadigan karvonlar xavfsiz-ligini ta’minlash; o‘rmonlarni muhofaza qilish choralarini ko‘rish; sugorish inshootlarini yaroqli holat va saqlash, qirg‘izlar bilan o‘zbeklarning suvdan foydalanishlari bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni bartaraf qilish; soliqlar yig‘ishni tashkil qilish; yuqori boshliqlar ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida to‘g‘ri bajarilishini nazorat etish; soliqlar va majburiyatlar miqdori taqsimlanishi bilan bog‘liq aholining noroziliklari va shikoyatlarini yuqori boshliqlarga yetkazish; sudda ishlarning to‘g‘ri qurilishini kuzatish kabi vakolatlar berilgan edi.
Umuman olganda, dastlabki davrlarda Turkistonda tashkil etilgan mustamlaka boshqaruvi mahkamasi unchalik katta bo‘lmagan. Keyinchalik esa, keng ko‘lamda olib borilgan bosqinchilik harakat-lari natijasida Turkiston viloyatining hududlarining kengayti-rilishi, bir tomondan, ikkinchi tomondan esa, mahalliy xalqlarning istebdodiga qarshi noroziligining kun sayin kuchayib borishi, mustamlaka boshqaruvi idoralari tizimini yanada takomillashtirish, Turkistonliklarni itoatda tutib turish uchun zarur tartib-intizomni joriy qilishni taqozo qilgan. Bu muammoni hal qilishda maxsus komissiyani 1867 yilda ishlab chiqqan «Yettisuv va Sirdaryo viloyatlaridagi boshqarish haqidagi Nizom» loyihasi huquqiy asos sifatida xizmat qildi. Nizom loyihasi rasman davlat boshligi tomonidan tasdiqlanmagan bo‘lsada, to 1886 yilgacha Turkiston o‘lkasida amal qilgan.
«Nizom» loyihasiga binoan, harbiy xalq boshqaruvi bo‘yicha Turkiston o‘lkasini boshlig‘i - general-gubernatori imperiya harbiy vaziriga bo‘ysunardi, uning boshqaruv sohasidagi huquqiy maqomi esa, imperiyaning boshqa qismlari gubernalari boshliqlarining huquqiy maqomiga tenglashtirilgan. Unga qo‘shni davlatlar bilan diplomatik aloqalar olib borish, yerdan va yetishtirilgan hosildan olinadigan soliqlar, soliq yiguvchilarga beriladigan pochta va telegraf boshqarmasi bilan kelishilgan holda aloqa xizmatidan foydalanganlik uchun, harbiy harakatlar vaqtida yuklarni tashigani uchun to‘lanadigan haq miqdorini, o‘lkani boshqarishga ajratilgan mablaglar doirasida harbiy xalq boshqaruvining turli yo‘nalish-lari bo‘yicha xarajatlarni belgilash, o‘lkadagi o‘quv yurtlarga homiylik qilish, sudlarning chiqargan hukmlarini tasdiqlash kabi vakolatlar berilgan.
Hisob-kitob bo‘yicha va yozishmalarni tashkil qilish ishlari Turkiston general-gubernatori Kantselyariyasi (Devonxona)da jamlangan bo‘lib, unda dastlab 18 ta xodim xizmat qilgan bo‘lsa, keyinchalik qurilish qo‘mitasi, tog‘ ishlari bo‘limi, kimyo laboratoriyasi, Turkiston jamoatchilik kutubxonasi va muzeyi, «Turkiston vedo-mostlari» ro‘znomasi tahririyati va harbiy xalq boshqaruvi bosma-xonasining tashkil etilishi munosabati bilan xodimlar soni 1882 yilda 49 kishiga yetgan. «Nizom» loyihasi bo‘yicha harbiy va fuqarolik hokimiyati viloyatlarda harbiy gubernator qo‘lida to‘plangan bo‘lib, uning fuqarolik boshqaruvi sohasidagi huquqlari saltanat viloyat boshliqlarining vakolatlarini belgilovchi umumiy qoidalar bilan, harbiy sohadagi huquqlari esa Turkiston harbiy okrugi haqidagi «Nizom» bilan belgilangan edi.
Harbiy gubernator huzurida viloyat boshqarmasi bo‘lib, uni harbiy gubernator yordamchisi boshqarar edi. Viloyat boshqarmasida farmoyish beruvchi, xo‘jalik ishlari va sud bo‘lim-lari bo‘lib, harbiy gubernator lozim topgan barcha masalalar bosh-qarmaning majlisida muhokama qilib, u bo‘yicha tegishli qaror qabul qilar edi. 1865 yildagi sudlov ishlari haqidagi «qoidalar»ga binoan viloyat boshqarmasi mirovoy sudlar vakolatiga kirmaydigan qiymati 2000 so‘mdan ortiq fuqarolik ishlarini ko‘rib hal qilar; tijorat sudi vazifasini o‘tar; xizmat vazifasini bajarish bilan bog‘liq jinoiy ishlarni ko‘rib, hukm chiqarar; mirovoy sudlar qurultoyi sifatida jinoyat va grajdanlik ishlari bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qilardi.
«Nizom» loyihasi bo‘yicha viloyatlar ma’muriy-hududiy jiha-tidan uezdlarga bo‘lingan bo‘lib, ular ma’muriy va politsiya hoki-miyatini amalga oshiruvchi uezd boshlig‘i tomonidan boshqarilardi. Unga uezdda osoyishtalik, tartib-intizomni va xavfsizlikni ta’minlash choralarini qurish, mahalliy ma’murlar faoliyatini, volost (bo‘lis) va pul yig‘imlarini o‘tkazilishini, xalq sudyalari (biy va qozilar) faoliyatini, davlat va mahalliy soliqlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida undirilishi, yo‘llar, ko‘priklar yaroqligini, maktablar ochish va ularni obodonlashtirish, ishlarini nazorat qilish vakolatlari berilgan va savdo sanoat tarmoqlarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulayliklar yaratish vazifasi yuklatilgan edi. Har bir uezd boshlig‘i huzurida boshqarma tashkil qilingan bo‘lib unda o‘rta hisobda sakkiz nafar zobit xizmat qilardi. Bo‘lislarni boshqarish o‘tovlar vakillari tomonidan aylanadigan starshinalarga (oqsoqollarga) yuklatilgan. O‘troq aholi yashaydigan joylarda aholisi nufuzli va huquqiy maqomi jihatidan bo‘lisga, tenglashtirilgan oqso-qolliklar tashkil qilindi. Ularni boshqarish xalq yig‘inlarida saylanadigan oqsoqollarga yuklatildi. Oqsoqollar bo‘lislar va ovullarning boshliqlariga o‘zlari boshqaradigan hududlarda ma’mu-riy va politsiya hokimiyatini amalga oshirish vakolati berildi. O‘troq aholining jamoa xo‘jaligini boshqarish undiriladigan soliqlarni belgilash ishlarini amalga oshirish uchun shaharlar va qishloqlarda xo‘jalik ishlari bo‘yicha jamoatchilik ishlari asosida ishlaydigan boshqarmalar tuzildi. Bu boshqarmaning a’zolari aholi tomonidan saylangan. Ko‘chmanchi xalqdan undiriladigan soliqni o‘tovlar va ovullar o‘rtasida taqsimlash va ularni undirishni amalga oshirish bo‘lis boshliqlari va rus ma’murlari nazorati ostida ish ko‘ruvchi bo‘lis aholisi tomonidan saylanadigan vakillarga yuklatilgan.
1867 yildagi «Nizom» loyihasida Toshkentdan boshqa shahar-larda boshqaruv idorasini tashkil etish ko‘zda tutilmagan edi. Loyi-haga binoan shaharlar va kattaroq aholi yashaydigan joylar dahalarga bo‘linib, ularni har qaysi oqsoqol tomonidan boshqarilgan.
1867 yilgi «Nizom» loyihasida Turkiston o‘lkasida sud hokimiyatini amalga oshirish masalasi ham o‘z aksini topgan edi. Unda ko‘chmanchi va o‘troq, rus aholisi uchun aloxdoda sud organlarini tashkil qilish kerak edi. Loyihada ko‘chmanchi aholi uchun har bir bo‘lisda 4-8 nafar biylar saylash ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu lavozimga 25 yoshga to‘lgan muqaddam sudlanmagan, tergov qilinmayotgan kishi aholi tomonidan uch yil muddatga saylanishi mumkin edi. «Nizom» loyihasida biylar uch turga bo‘linadi;
100 so‘mgacha (besh ot yoki 50 qo‘y) qiymatga ega bo‘lgan ishlarni ko‘ruvchi, da’volashuvchi tomonlar tomonidan tanlanadigan bitta yoki bir nechta biylar qiymati qanchaligidan qat’iy nazar, barcha ishlarni ko‘radigan qiymati, 1000 so‘mgacha da’volarni ko‘rib, uzil-kesil hal qiladigan vaqti-vaqti bilan chaqiriladigan volost biylari qurultoyi;
Rus sudlari
1. Uezd sudlari, qiymati 2000 so‘mgacha bo‘lgan nizolarni ko‘rgan sudyalari Uezd gubernator tomonidan tayinlangan, ularni faoliya-tini nazorat qilish viloyat boshqarmalariga yuklatilgan.
harbiy sud komissiyalari;
Viloyat sud boshqarmalari. harbiy xalq boshqaruvini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning jinoiy ishlarini ko‘rgan (1864y. Sud tuzukriga asosan).
Dostları ilə paylaş: |