Ms access dasturida jadvallar, formalar, so’rovlar va hisobotlar


Microsoft Accessda so’rovlar yaratish va uning axamiyati



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə4/14
tarix20.09.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#145421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
6-amaliy ish

Microsoft Accessda so’rovlar yaratish va uning axamiyati


Access o’zida bir necha so’rov vositalarini mujassamlashtirganki, bu vositalar yordamida MB dan berilgan so’rovnoma asosida javoblar olish mumkin. MB dan kerakli ma’lumotlarni ajratib olishda Zapros ob’ekti muhim o’rin tutadi.
Filtrlar yordamida ham ma’lumotlarni ajratib olish mumkin. Zapros ob’ekti so’rovlarni saqlash va ularni qayta ishlatish imkonini beradi.
Access Zapros ob’ekti ikki xil so’rovnoma tayyorlash usuliga ega:

Master yordamida MBga so’rovnoma qadamba-qadam bajariladi. To’rtta master so’rovnoma tuzish vositasi mavjud.

  • oddiy so’rovnoma (Query Wizard);

  • kesishuvchi oddiy so’rovnoma (Crosstab Query Wizard);

  • qaytaruvchi so’rovnoma (Find Duplicate Query Wizard);

  • qarashlisiz yozuvlar (Find Unmatched Query Wizard).

Konstruktor yordamida faqat so’rovnoma tuzishdan tashqari uni modifikatsiya qilish (takomillashtirish) ham mumkin.

Master yordamida so’rovnoma tayyorlash.


Oddiy so’rovnoma tayyorlash uchun quyidagi ketma-ketliklar bajariladi: 1.MB oynasining obektlar panelidan Zaprosы (Queries) ob’ekti ishga tushiriladi.

  1. Instrumentlar panelidan «Sozdat» (New) buyrug’i beriladi. Ekranda yangi so’rov (New Query) nomli muloqot darchasi chiqadi.

  2. Muloqot darchaning o’ng qismidagi ro’yhatdan Oddiy so’rovnoma (Query Wirazd) rejimi tanlanib, Ok tugmasi bosiladi. Oddiy so’rovnoma oynasi chiqadi.

  3. Oynadagi Tablitsы/Zaprosы (Table/Queries) dan kerakli jadval nomi tanlanadi. Tanlangan jadval maydonlari “Dostupnыe polya” oynasida chiqadi.

  4. “Dostupnыe polya” oynasidagi maydonlar ro’yhatidan keraklilarini ko’rsatib, sichqoncha tugmasini ikki marta chiqillatish bilan o’ng darchaga ko’chiriladi (yoki bir nechasini ajratib birdaniga chiqillatish kerak bo’ladi).



  1. Ketma-ket Daleye buyrug’i beriladi.

  2. "Gotovo" buyrug’i beriladi va ajratilgan maydonlar bo’yicha so’rov ma’lumotlar jadvali (blankasi) chiqadi.

  3. So’rovnoma oynasidan chiqilib, uning nomi beriladi va yozib chiqiladi. So’rovnoma blankasi jadvali ustunlarida maydon nomlari berilgan bo’lib, satrlarida quyidagilar beriladi:

    • maydon nomi (pole);

    • jadval nomi (imya tablitsы);

    • tartiblash (sortirovka);

    • ekranga chiqarish (vыvod na ekran);

    • ajratib olish sharti (usloviye otbora);

    • yoki (ili).

Ajratib olish sharti va yoki (ili) qatorlarida shartlar berish mumkin. Masalan, faqat familiyalar ichidan “Axmedov” familiyalarni ajratib olish kerak bo’lsa, familiya maydonining ajratish sharti qatoriga “Axmedov” so’zi yozib qo’yiladi. Agar maydonlar raqamli bo’lsa, shartlarda >,<,= belgilarini ishlatish mumkin. Masalan, >1. Unda faqat shu ustundagi 1 dan katta bo’lgan yozuvlarni ajratadi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin