MB jadvalini biror maydonga nisbatan tartiblash uchun Instrumentlar panelidan “Sortirovka po vozrastaniyu” buyrug’i beriladi. YOzuvlar shu maydondagi ma’lumotlar bo’yicha o’sish tartibida joylashadi.
Microsoft Accessda shakllar (formalar).
Ma’lumotlarni kiritishda formadan foydalanish ko’p qulayliklarni beradi. Accessda yaratilgan har bir forma ma’lumotlarni kiritish uchun maxsus maydonlar, Oddiy tanlash tugmachalari va buyruq tugmachalarini o’z ichiga oladi.
MB oynasi obektlar panelidan Formы (Forms) bo’limi ishchi rejimga o’tkaziladi. Kerakli jadval yoki zapros tanlanadi.
MB oynasi instrumentlar panelidan Sozdat (New) buyrug’i beriladi.
Forma tuzishni bir necha usulda bajarish mumkin. Lekin master yordamida forma tuzish eng oddiy usul bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi.
Tayyorlangan formani mavjud ma’lumotlarni ko’rishda ishlatish mumkin.
Forma strukturasi bo’limlardan tashkil topgan bo’lib, har bir bo’lim o’z ichiga boshqarish elementlarini oladi. Eng oddiy forma bo’limlari bilan tanishish uchun Master yordamida tuzilgan formani Konstruktor rajimida ko’rish mumkin. Buning uchun Accessning boshqarish panelidan Vid buyrug’ini berish kerak. Bu holda forma strukturasida uchta bo’lim ko’rinadi: forma sarlavhasi; ma’lumotlar maydoni; forma izohi. Ma’lumotlar maydoni boshqarish elementlarini o’z ichiga oladi.
Elementlar panelida sarlavhani tuzish uchun maxsus boshqarish elementi mavjud bo’lib unga “Nadpis” deyiladi. Agar bu boshqarish elementi sichqonchada bir marta chiqillatilsa, formaning sarlavhasi pastida matn kiritish ramkasi paydo bo’ladi. Unda istalgan matn kiritish mumkin.
Forma tuzishda Access foydalanuvchiga formaning bir qator usullarini taklif etadi:
Konstruktor - mustaqil ravishda yangi forma tuzish.
Master - tanlangan maydonlar asosida avtomatik ravishda formalar tuzish.
Avtoforma ustun ko’rinishda - maydonlarni bitta ustunga joylashtirgan holda avtomatik ravishda forma tuzish.
Avtoforma lentasimon - maydonlarni avtomatik lentasimon ravishda joylashtirgan holda forma tuzish.
Avtoforma jadvalli - maydonlardan avtomatik ravishda jadval shaklda forma tuzish.