MS Access dasturida jadvallar, formalar, so’rovlar va hisobotlar.
Ma’lumki, ma’lumotlar bazasi (MB) tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Hozirgi kunga kelib bir necha turdagi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) yaratilganki ular o’z dasturlash tillariga ham ega bo’lib, ular yordamida ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritish imkoni mavjud. Ularga Clipper, Paradox, FoxPro, Oracle, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Bu MBBT ichida Access eng sodda va foydanuvchi uchun qulay bo’lgan, Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dasturdir. Microsoft Access MBBT relyatsion modellar asosiga qurilgan bo’lib, unda tuziladigan MB jadvallar ko’rinishida aks etadi.
MS Accessning asosiy ob’ektlari
Access MBBT oynasi oddiy bo’lib, bu oynada yana dastur ishlatadigan yettita ob’ekt oynalarini ishlatish mumkin.
Tablitsa - ma’lumotlar bazasining asosiy ob’ekti. Unda ma’lumotlar jadval ko’rinishida saqlanadi.
Zapros - baza ma’lumotlarini qayta ishlash uchun maxsus struktura. Zapros orqali ma’lumotlarga so’rovlar tayyorlanadi va qayta ishlanadi.
Forma - bazaga yangi ma’lumotlarni kiritish yoki mavjud ma’lumotlarni ekranda ko’rsatish va ularni taxrirlashni ta’minlaydi.
Otchet - baza ma’lumotlarini kerakli formada chop etishni ta’minlaydi. Stranitsы - ma’lumotlar bazasini Internetga joylashtirishda Web sahifalarini yaratish uchun ishlatiladi.
Makros - makrokomanda to’plami bo’lib baza operatsiyalarini birlashtirishda ishlatiladi.
Modul - protsedura dasturlar to’plami. Bu standart protseduralar Vizual Basic tilida yozilgan bo’lib ularni dasturchi kengaytirish imkoniyatiga ega.
MBni loyihalash predmet sohasini tavsiflash asosida amalga oshiriladi. MB uchun zarur bo’lgan bu tavsiflash predmet sohasini ifodalovchi ob’ekt va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Ma’lumotlar bazasini yaratish uchun avvalambor uning strukturasini ishlab chiqish zarur. Buning uchun MBda maydonning quyidagi elementlarini aniqlash kerak bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: |